O’zbe kiston respublikasi raqamli


Kompyuterlarning asosiy ko’rsatkichlari


Download 96.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana09.11.2023
Hajmi96.05 Kb.
#1759556
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
feruza1

Kompyuterlarning asosiy ko’rsatkichlari 
 
Ish unumdorligi bu kompyuterning ishlash tezligi ko’rsatgichidir. Ilgari bu 
parametr sekundiga bajariladigan operasiyalar (oper/sek.) soni bilan o’lchangan. Biroq 
keyinroq turi bo’yicha turli buyruqlarning turli tezliklarda bajarilishini hisobga olib ish 
unumdorligini ikki asosiy baholash turlari qabul qilindi. MIPS (Million Instruction Per 
Second) baholash qayd etilgan vergulli sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan 
operasiyalarga mos keladi. MFLOPS (Million of Floating Point Operation Per Second) 
baholash suriladigan vergulli (nuqtali) sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan 
operasiyalarga mos keladi. Ikkinchi baholash ko’p prosessorli tizimlarning 
unumdorligini keskin o’sishiga bog’liq suriluvchi vergulli sonlar uchun GFLOPS 
(sekundiga millard operasiyalar) va TFLOPS (sekundiga trillion operasiyalar) 
variantlarga ega. 
Alohida olingan bir kristalli prosessorlar uchun, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarda 
ish unumdorligi takt chastotasi (kGs, MGs, GGs) orqali baholaniladi. Masalan, 100 
MGs takt chastotali prosessor sekundiga 20 millionta oddiy arifmetik operasiyalarning 
bajarilishini ta’minlaydi. 
Xotira sig’imi. Zamonaviy kompyuterda sig’imi, o’qish/yozish vaqti va 
apparatli ishlatishi bilan farqlanadigan bir necha xotira turlari mavjud. 
Operativ, eng tezkor ishlaydigan xotira ona platada alohida KIS 
ko’rinishida joylashtiriladi va adreslanadigan hotiraning eng tezkor turi 
hisoblanadi. Uning sig’imi Kbayt yoki Mbayt (ming va million bayt) larda 
o’lchanadi. Qattiq magnit disklardagi (vinchester deyiladigan) saqlovchilar sig’imi, 
odatda, gigabaytlarda (milliard bayt) o’lchanadi. 3,5 dyumli ixcham magnit 
diskidagi saqlovchining sig’imi 1,44 Mbaytni tashkil etadi. 
Razryadlilik (mashina so’zining uzunligi) bu kompyuter operasiyalarni 
amalga oshiriladigan standart mashina formatidagi so’zni ikkilik sanoq tizimidagi 
xonalar sonidir. Zamonaviy kompyuterlarda u 32 yoki 64 ikkilik razryadlarni 
tashkil etadi. So’zning uzunligi kompyuterning ko’plab parametrlariga: tezkor 
ishlashiga, hisoblash aniqligiga, xotiraga o’qish yoki yozish tezligiga ta’sir etadi. U 
ayniqsa ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, ildizdan chiqarish kabi ko’p vaqt 
talab qilinadigan operasiyalarni bajarish ishida hisoblash aniqliligini belgilab 


beradi. 

Download 96.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling