O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Aniqlov bog`lovchisi ishlatilgan gapni aniqlang
Download 0.78 Mb.
|
ишланилаётган
- Bu sahifa navigatsiya:
- .Haydah-chaqirish undovlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping.
- 7 .Gumon, noaniqlikni bildiruvchi modal so`zlar berilgan qatorni toping.
1.Aniqlov bog`lovchisi ishlatilgan gapni aniqlang.
A.Yurt obod, chunki mustaqilmiz. B.Shahar va qishloqlarimiz kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. C.Maqsadimiz shuki, doimo tinchlik bo`lsin. D.Siz ham biz bilan borasizmi? 2.Biz-chi, biz nima qilamiz? Yuklamaning ma`no turini aniqlang. A.Tajub yuklamasi B.So`roq yuklamasi C.Ayiruv-chegralov yuklamasi D.Ta`kid yuklamasi 3.Faqat o`rnida keluvchi so`zni toping. A. Xolos B.Shugina C.Nahotki D.Yolg`iz 4.Tovushga xos taqlid so`z qaysi qatorda berilgan? A.Yalt-yult B.Lip-lip C.Qaltur-qultur D.Dir-dir E.Qars-qurs 5.Haydah-chaqirish undovlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping. A.Hoy, ey, eh B.Shov-shuv, gumbur-gumbur, taq-tuq C.Kisht, beh-beh, qurey-qurey D.Sharaq-shuruq, tars-turs, g`o`ng`ir-g`o`ng`ir 6.Otlashgan undov so`z qaysi gap tarkibida berilgan? A.Voy, Umidamisan? B.Eh, yurtimiz qanday go`zal! C.Uzoqdan traktorning tirillagani eshitildi. D.Barglarning shitir-shitiri quloqqa yoqimli eshitilardi. 7.Gumon, noaniqlikni bildiruvchi modal so`zlar berilgan qatorni toping. A.Albatta, shaksiz, shubhasiz B.Demak, binobarin, balki C.Chamasi, ortidan, ehtimol D.Masalan, xullas, haqiqatan 2-topshiriq. Matnni o‘qing. Matndan undov, modal, so‘zlarni topib, izohlang. …Laylak qishlog'ining eng katta boyi Muhsin guppi yotsa ham, tursa ham yeriga yer qo'shishni o'ylardi. Yana bir orzusi dono va hozirjavob odam sifatida dovrug' taratish edi. Shu sababli oldiga Nasriddin Afandi kelib, sizga maslahatim bor, deganda, sevinganidan o'yinga tushib ketgudek bo'ldi. - Xo'sh, xo'sh, - dedi u dik etib turib, salom-alikdan so'ng Nasriddin Afandini o‘tirishga taklif etarkan. - Bilasizmi, mulla aka, - gap boshladi Nasriddin, «mulla aka»ning Muhsin guppiga moydek yoqishini bilib, - men bugun tush ko'rdim. - Xo'sh, xo'sh? - Muhsin guppi unga bir piyola choy uzatdi. - Tushimga otam rahmatli kiribdilar. «Bog'ingdan uch-to'rt qadam yuqoriroqda odamdek keladigan, chorak qismi yerga ko'milgan eski xum bor. Qishlog'ingdan uch-to'rt bechorani topgin, uni suvga to'ldirishsin. Xumga eng oxirgi chelak suvni quygan odamga bog'ingning yarmini xatlab. berasan», dedilar. - Iya, xudoyo tavba qildim! - dedi Muhsin guppi sevinchdan gupillab ketgan yuragini bazo‘r tinchitib. - Taqdir ekan, qanday qilay? - dedi Nasriddin Afandi bechorahol qiyofada. - Ha, endi tushga har balo ham kiraveradi-da, - dedi Muhsin gupp yupatgandek bo‘lib, bo‘lmag'ur narsa uchun hayhotdek bog'ning Yarmidan ajralib o‘tirasizmi? - Yo'q, - dedi Nasriddin qat'iylik bilan. - Otam rahmatlining tirikliklarida so'zlarini ikki qilmasdim, endi ruhlari ozor cheksinmi? - Ofarin! Ofarin! - Muhsin guppi ham sevinchdan, ham hovlidan quruq qolish vahimasidan bir turib yana o'tirdi. - Balli! Yashang! - bu olqishini boyagidan ancha xotirjam aytdi. Chunki darrov reja tuzishga sho'ng'ib, ko'zlari sovuq yiltiray boshlagandi. - Xo'sh, - Nasriddin gapning kashtasini yanada gajakdorroq qildi.Qoshingizga kelishimning boisi, mulla Muhsin aka, siz qishloqning ipidan ignasigacha biladigan obro‘li odamsiz. Men esa yangiman. Xo‘sh, shu xumni to'ldiradigan odamni qayerdan topaman? Menga birov ishonarmidi... Ikkinchi tomondan, juda shov-shuv qilishning ham tarafdori emasman. Otamning aytganlarini bajarib, ko‘nglimni xotirjam qilsam bas. - Juda yaxshi kelibsiz!.. - dedi - yu, shu gapidan so‘ng Muhsin guppini qattiq yo'tal tutdi. Aslida bu yo'tal emas, sevinchdan otilib chiqayotgan kulgisini xaspo'shlovchi soxtalik edi. - Juda to'g'ri va oqilona yo'l, deya Muhsin guppi ko'zyoshlarini artdi. - Ovoza qilish shart emas. Bu savob ishingizni o‘zim uddalab beraman. Gah desam qo‘limga qo‘nadigan ikkita odamim bor. Bechoralar juda kambag'al. Aytaman, o'zim boshida turib, bajarib beraman. A? - Bo'pti, men rozi! Rahmat sizga! - Nasriddin o'rnidan turdi. - Bo'lmasa ishni bugundan qoldirmaylik, mulla aka. Yana otamning arvohi urib yurmasin meni. Kechasi tushimga kirib. - Juda yaxshi! - Muhsin sevinchdan qafasdagi qushday potirlayotgan yuragini qo'li bilan bosdi. Nasriddin ketish taraddudida eshik tomon yurdi-yu, ilkis to'xtadi: Na: aytmoqchi! - dedi u bir narsani hozirgina eslagandek. – Boyagi otam aytgan xumlari hech qachon bog'da turmasdi. Ertalab uyg'onib qarasam, xuddi aytganlaridek, bog'ning o'rtasida chorak bo'yi ko'milib, tippa-tik turibdi! - Yo tavba! - Muhsin yoqa ushladi. Nasriddin Afandi eshagiga mindi-da, iltijo qildi: - Kutaman, mulla aka, xudo xayringizni bersin, shu ishimni tezroq bitirishga yordam bering! Nasriddin ketdi. Muhsin guppi sal uzoqlashishini kutib turdi-da, sevinganidan baqirib yubordi: - Tursunali! Alimsho! Ichkaridan uzun-qisqa bo'lib ikki kishi yugurib chiqdi… Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling