O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- NUTQIY FAOLIYAT
FONETIKA
Tilshunoslikning tovush tizimini o'rganuvchi bo'limi fonetika deb nomlanadi. Fonetika (grekcha phone - “tovush”) nutq tovushlarining paydo bo'lishini, ularning turiarini, tasnifini, nutq jarayonidagi o'zgarishlarini izchil o'rganadi. Nutqiy jarayon bilan bevosita bog'liq bo'lgan bo'g'in, urg'u, ohang kabi hodisalami, shuningdek adabiy tilning talaffuz me'yorlarini o'rganish ham fonetikaning vazifasiga kiradi. Fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so'zlash va harflar vositasida yozish orqali bayon qilamiz. So'zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz nutq hisoblanadi. Nutq ikki yo'l bilan amalga oshiriladi. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq og'zaki nutq, harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutqdir. Nutq tovushi og'zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo'lakka bo'linmay- digan qismidir. Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi. Bir tovush bir harf bilan ham, ikki harf bilan ham ifodalanishi mumkin: v, a, e, o harflari bir tovushni ifodalasa, ch, sh, ng singarilarda ikki harf bir tovushni ifodalaydi. Fonetika og'zaki nutqning tovush tizimini o'rgansa, grafika yozma nutqning harflar tizimini o'rganadigan bo`limdir. NUTQIY FAOLIYAT Har bir shaxs ma’lum bir jamiyat vakili hisoblanadi. Jamiyat a'zolari o'zaro doimo aloqada bo'ladilar. Biri obyektiv olamda o'z sezgi a'zolari orqali his etgan ma’lum narsa va hodisa haqida boshqalarga tovush to'lqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. Axborot uzatuvchi so'zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi. Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umumlashgan obrazini so'zlovchi uzatgan tovush signallarinieshitish sezgi a'zosi yordamida markaziy asab sistemasida tiklaydi. So'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi ana shunday axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi. Nutqiy faoliyat yozma ravishda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ham nutqiy jarayon qatnashchilari ikki guruhga bo'linadi. Xat yo'llovchi shartli ravishda so'zlovchi, uni qabul qiluvchi (o'quvchi) esa tinglovchi hisoblanadi. Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisoblanuvchi til yordamida yuzaga chiqadi. Ana shuni e’tiborga olgan holda mashhur shveytsariyalik olim Ferdinand de Sosyur nutqiy faoliyatining til va notq zidlanishi asosida amalga oshishini ta’kidlaydi hamda tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini farqlaydi. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi. Hali voqelanmagan imkoniyat tarzjdagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobarxizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi-til, shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo'iishi, voqelanishi nutqdir. Til va nutq Umumiylik- xususiylik, Inkoniyat- voqelik, Mohiyat- hodisa, zidlanishini o'zida namoyon etib, bir-biriga zjdlanadi va bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o'z ifodasini topadi. Til umumiylik, imkoniyat, mohiyat kabi xususiyatlarga ega bo'lsa, nutq xususiylik, voqelik, hodisa kabi xususiyatlarga ega. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin; 1. Til aloqa materiali bo'lsa, nutq aloqa shaklidir. 2. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi. 3. Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog'liq holda uzoq bo'ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og'zaki nutq so'zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin. 4. Til nisbatan turg'un, barqaror bo'lsa, nutq doim harakatda, o'zgaruvchan hodisa sanaladi; 5. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida bo'lishi mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling