O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
NUTQ TOVUSHLARINING UCH TOMONI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
NUTQ TOVUSHLARINING UCH TOMONI
Kundalik hayotimizda har xil tovushlami eshitamiz: mashinalar signali, hayvonlarning qichqirig'i, parrandalarning sayrashi, suvning shildirashi va boshqalar. Havo to'lqinlari orqali qulog'imiz bilan eshitiladigan barcha hodisalarga tovush deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar ham ana shunday tovushlar sirasiga kiradi. Har qanday tovush ma’lum tashqi ta’sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil bo'ladi. Masalan, ip yoki simni tarang tortib, uni qo'lingiz bilan chertsangiz, havoni tebratadi va tovush chiqadi. Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo'linadi. Tabiatdagi insondan tashqarida paydo bo'lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi. Nutq a'zolarining harakati natijasida hosil bo'lgan tovushlarga nutq tovushlari deyiladi. Tabiiy tovushlardan inson tovushlarining farqi shundaki, u inson nutq a’zolari harakati yordamida ma ’turn maqsadda ketma-ket talaffuz qilinadi. Bu esa har qanday nutq tovushining uch tomoni mavjud ekanidan dalolat beradi. Tovushning akustik (fizik) tomoni. Har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma'lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo'ladi. Tovushning bu tomoni akustik tomon deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o'rganiladi. Tovush kuchi yoki intensivligi (tezligi) tebranishning shiddatiga bog'liq bo'ladi. Tovush to'lqinining balandlik yoki kenglik ko'lami, ya’ni amplitudasi asosida tovushning kuchi belgilanadi. Nutq tovushining kuchi urg'u bilan bog'liq bo'ladi. Chunki urg'uni yuzaga keltirishda o'pkadan havo kuchli zarb bilan keladi. Urg'u tushgan tovush kuchli, urg'u tushmagan tovush kuchsiz bo'ladi. Tovushning balandligi deb tovushning tebranish miqdoriga bog'liq belgisiga aytiladi. Fizik akustikada eng baland tovushlar ultratovush, eng past tovushlar infratovush deb yuritiladi. Nutq tovushi talaffuzida bir xil vaqt birligida un paychalarining tebranish miqdori qanchalik ko'p bo'lsa, tovush shunchalik baland bo'ladi, aksincha, tebranish miqdori qanchalik oz bo'lsa, tovush shunchalik past bo'ladi. Tovush tembri deb tovushning asosiy ton hamda yordamchi tanning qo'shilishidan hosil bo'ladigan o'ziga xos ohangdoriigi yoki boyoqdortigiga aytiladi. Nutq tovushlarining tembri, asosan, unli tovushlarga xos sifatiy belgilardir. Asosiy ton un tovushlarining tebranishidan yuzaga kelsa, yordamchi ton og'iz bo'shlig'i va burun bo'shlig'ida hosil bo'ladi. Nutq tovushlarining akustik tomoni deganda ularning jarangli yoki jarangsizligi, shovqin yoki ovoz va shovqindan iboratligi nazarda tutiladi. Masalan, b tovushining akustik tomoniga uning jarangliligi hamda ovoz va shovqindan iboratlik xususiyati kiradi. P tovushining akustik tomoniga uning jarangsizligi hamda sof shovqindan iboratlik xususiyati kiradi. Tovushning talaffuz (fiziologik) tomoni. Nutq tovushlari insonning nutq a'zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog'liqlikda o'rganiladi. Nutq apparati o'pka, bo'g'iz, tovush paychalari, og'iz bo'shlig'i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a'zolami o'z ichiga oladi. Nutq tovushlarining fiziologik (talaffuz) jihati nutq a’zolarining faoliyati bilan uzviy bog'liq. Nutq tovushlarning hosil bo'lishi paytidagi harakati va holatiga artikulyatsiya deyiladi. Nutq tovushlarning hosil bo'lish jarayonida ikki holat kuzatiladi: 1) artikulyatsiya o`rni; 2) artikulyatsiya usuli. Nutq tovushlarining hosil bo'lishida qatnashgan nutq a'zosining o'pkadan kelayotgan havo.oqimi kelib urilgan, to'siqqa uchragan qismi artikulyatsiya o'rni hisoblanadi. Masalan, b, p, m tovushlarini hosil qilishda ikki lab faol qatnashgani uchun ular lab-lab undoshlari deyiladi; v, f tovushlarining hosil bo'lishida esa to'siq pastki lab bilan ustki tish orasida bo'lgani uchun ular lab-tish undoshlari deb yuritiladi. Nutq tovushining hosil bo'lishida o'pkadan kelayotgan havoning qay darajada o'tishiga artikulyatsiya usuli deyiladi. Masalan, b, p undoshlari ikki lab orasidagi to'siqdan zarb bilan portlab chiqqani uchun ular portlovchi undoshlar deb yuritiladi; v, f undoshlari lab va tish orqasidagi tirqishdan sirg'alib chiqqani uchun ularga sirg'aluvchi undoshlar deyiladi. Nutq tovushlarining talaffuz tomoni deganda uning qayerda va qanday usulda hosil bo'layotgani e'tiborga olinadi. Masalan, b tovushining talaffuz tomoni deganda uning lab undosh, lab-lab va portlovchi ekanligi xususiyati nazarda tutiladi. Nutq tovushining talaffuz tomoni uning artikulyatsion belgisi ham hisoblanadi. Demak, b tovushining artikulyatsion belgisi uning lab undoshi, lab-lab, portlovchi ekanligidir. Tovushning vazifaviy (lingvistik) tomoni. Nutq tovushlari ma'lum maqsadda talaffuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz etilishidan ma’lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma'nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi. Masalan, soli bilan sholi so'zlari birinchi tovushlari bilan, sot va sut so'zlari o'rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi. Bu tovushning vazifaviy tomoni hisoblanadi. Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagina xosdir. Demak, yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi bo'lsa, ikkinchi va uchinchi belgilar faqat inson tovushlarigagina xosdir. Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: 1) akustik; 2) talaffuz (fiziologiya); 3) vazifaviy tomonlari. Tovushning akustik va fiziologik tomonlami fonetika bo'limi, vazifaviy tomonini esa fonologiya bo'limi o'rganadi. Har qaysi nutq lovushini tavsif qilishda tovushning uch tomoni e'tiborga olinadi. Masalan, k tovushi til o'rtasining yuqori tanglayga tegishi va o'pkadan chiqayotgan havoning bu to'siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo'ladi. Bu tovushning nutq a’zolarining qayerida va qanday yo'l bilan hosil bo'lishi talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iboratligi, jarangsizligi akustik belgisi, k ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa vazifaviy belgisi sanaladi. Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim. Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik (tilshunoslik) belgi deb ham yuritiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling