O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


-modda. Televideniye va radioeshittirishlar davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda


Download 0.61 Mb.
bet8/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

16-modda. Televideniye va radioeshittirishlar davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda. Pochta-telegraf jo'natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko'ra boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg'alari, ish qog'ozlarining matnlari davlat tilida bo'ladi. O'zbekiston Respubiikasi hududida joy- lashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo'shma korxonalarning, shuningdek, milliy madaniy jamiyatlar va markazlarning muhrlari, tamg'alari, ish qog'ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda. Lavhalar, e'lonlar, narxnomalar va boshqa ko'rgazmali hamda og'zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tariimasi berilishi mumkin.
21 -modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo'riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi.
22-modda. Respublikaning ma'muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko'chalar va geografik obyektlarining nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda. O'zbekiston Respubiikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o'zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda. O'zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.


O'ZBEK TILINING TARAQQIYOTI HAQIDA
Tildagi o'zgarish tilning ichki taraqqiyot qonunlari asosida to'xtovsiz o'zgarib, boyib boradi:
1. Eski o'zbek tilida tushum kelishigi ~g‘, -g‘, -g, -ig qo'shimchalari vositasida ham berilgan: Kun to'nug' qurutti (Kun to'nni quritdi). Biliglik keraklik so'zug so'zlayur (Bilimli kerakli so'zni so'zlaydi).
2. Jo'nalish kelishigi -ru, karu, -qaru, -g'aru qo'shimchalari orqali berilgan: abru - uyga, tabaru - tomonga, artoaru - orqaga, og'iz g'aru - og'iz tomonga, sub- unoaru - suving tomonga.
3. Hozirgi tilimizda meniki, Ahmadniki egalik qo'shimchalari mavjud. Eski tilimizda esa maning turur, Ahmadning turur kabi usul bilan egalik ma’nosi ifodalangan.
4. XV asrgacha eski o'zbek tilida -duk, -duq shaklidagi sifatdosh yasovchilar bo'lgan: Ochilgyk kun. Ishladuk ish (Ochilgan kun. Ishlanadigan ish).
5. Shart fe’lining -sa shakli eski o'zbek tilida -sar shaklida qo'llangan: borsar, kelsar kabi.
6. So'zlarda zamon o'tishi bilan ba'zi fonetik o'zgarishlar ham yuz berdi: adaq - oyoq, adgu - ezgu, ochun - dunyo, osig‘ - foyda.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling