O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Jahonda keng tarqaigan til oilalari quyidagilar


Download 0.61 Mb.
bet4/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

Jahonda keng tarqaigan til oilalari quyidagilar:
1. Hind-yevropa tillari oilasi. Bu oilaga slavyan guruhi (belorus, rus, ukrain, chex, Slovak, polyak, makedon, serb, xorvat, sloven tillari), german guruhi (ingliz, nemis, shved, norveg, dat, island, golland tillari), roman guruhi (fransuz, ispan, Portugal, italyan, rumin, moldavan tillari), boltiq guruhi (litva, latish, latgal tillari), eron guruhi (fors, afg'on, osetin, kurd, tojik va boshqa tillar), hind guruhi (hind, urdu, bengal, panjob, gujarat kabi tillar) kiradi.
2. Oltoy tillar oilasi. Bu oilaga turk, mo'g'ul, manjur, yapon, koreys va boshqa til tarmoqlari kiradi. Turkiy tillar tarmog'i esa, o'z navbatida, quyidagi guruhlarga bo'linadi: o'g'uz guruhi (turkman, gagauz, ozarbayjon, turk, qrim tatar va bolqon turklari tillari), qipchoq guruhi (qo`rniq, qarayim, balkar, tatar, boshqird, no'g'ay, qoraqalpoq, qozoq tillari, o'zbeklarning qipchoq lahjasi), qarluq-uyg'ur guruhi (o'zbek va yangi uyg'ur tillari), uyg'ur-o'g'uz guruhi (tuva, tofalar, yoqut, xakas, shor, sariq uyg'ur va boshqa tillar), qirg'iz-qipchoq guruhi (qirg'iz va oltoy tillari) kiradi.
3. Fin-ugor tillar oilasi. Bu oilaga fin guruhi (fin, eston, karel, komiziryan, komi-permyak, udmurt, mariy, mord va boshqa tillar), ugor guruhi (venger, mansiy, xantiy) tillari kiradi.
4. Som-xom tillari oilasi. Bu til oilasiga semit (yoki som) tillari guruhi (arab, axmar, xarari, oysor, ivrit), qushit tillari guruhi (galla, somali, saho, beja), berber tillari guruhi (kobil, shilx, rif, tamazist), chad-xom tillari guruhi (xause, kotoko, angas, karekare, sura, chuzgu, mubi va boshqa tillar), arab guruhi (qadimgi arab) tillari kiradi.
5. Kavkaz tillari oilasi. Bu til oilasiga g'arbiy guruh (abxaz, abazin, kabardin, ubix tillari), nax guruhi (chechen, ingush, batsbiy tillari), dog'iston guruhi (avar, dargin, lezgin, lak, karatin, gunzib va boshqa tillar), janubiy guruh (megrel, chan, gruzin, kartaliy, svan, guriy va boshqa tillar) kiradi. .:>.
Xitoy-tibet tillari oilasi. Bu oilaga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungan, tay, laos, chjuan, vyetnam tillari), tibet-birma guruhi (tibet, birma tillari) kiradi.
Mazkur til oilalaridan tashqari dravid, malay-polinez, avstraliya, papua, afrika kabi til oilalari ham mavjud.
Tillarni oilalarga birlashtirish, har bir oilaning tarmoq, guruh va guruhchalarini aniqlash tillarning kelib chiqish tasnifi deb ataladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling