O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


Download 0.61 Mb.
bet14/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Fonetika uchun tovushning qaysi belgilari muhim?
2. Fonologiya uchun tovushning qaysi belgilari muhim?
3. Qanday belgilarga birlashtiruvchi belgilar deyiladi?
4. Qanday belgilarga zidlovchi belgilar deyiladi?
5. K va g tovushlarining birlashtiruvchi belgilarini ayting.
6. K va g tovushlari uchun qaysi belgi farqlovchi belgi hisoblanadi?
7. Fonetika uchun k va g tovushlarining qaysi belgilari muhim? Nima uchun?
8. Fonologiya uchun k va g tovushlarining qaysi belgilari muhim? Nima uchun?
9. Akustik belgisiga ko'ra farqlanuvchi ikkita tovush juftligini ayting.
10. Hosil bo'lish o`rni va hosil bo'lish usuliga ko'ra birlashtiruvchi, faqat akustik belgisiga ko'ra farqlanuvchi tovush juftligini ayting.
11. G van ng tovushlari uchun qaysil beigilar birlashtiruvchi, qaysi belgi farqlanuvchi belgi bo'ladi?
12. L va h tovushlarining birlashtiruvchi belgisini ayting.
13. D va n tovushlarining farqlovchi belgisini ayting.
14. Zag‘izg‘on so'zidagi undosh tovushlar qaysi jihatiga ko'ra birlashtiruvchi belgiga ega?
15. Marmar, malol so'zlarining undosh tovushlari uchun qaysi beigilar birlashtiruvchi beigilar, qaysi beigilar farqlovchi beigilar hisoblanadi?


TOVUSH VA FONEMA
Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanish fan uchun juda muhim bo'lgan xususiylik va umumiylik munosabatini aks ettiradi.
Biz nutqiy jarayonda bevosita tovushlami eshitamiz. Masalan, i tovushini olaylik. U, avvalo, har bir shaxsning o'ziga xos talaffuzini o'zida namoyon qiladi. Shu bilan birga, so'zlarning tarkibida yondosh tovushlar ta’siriga beriladi. Masalan,. tushib so'zining ikkinchi bo'g'inidagi i birinchi bo'g'indagi u ning ta’sirida u to- vushiga yaqin talaffuz qilinadi. Bilan, tilim, sira so'zlari tarkibida esa l va r dan oldin kelgani uchun bilinar-bilinmas aytiladi. Qiliq, qiziq kabi so'zlar tarkibida til orqa tovush ta’sirida u ga yaqin talaffuz etiladi. Bundan tashqari, unga so'zlovchining qaysi shevaga mansublik belgisi qo'shiladi. Xullas, nutq jarayonida xilma-xil ko'rinishga ega bo'ladi. Shunga qaramay, ularning hammasida takrorlanadigan umumiy jihatlar bor: torlik belgisi va lablanmaganlik belgisi. Shu belgilari bilan a ga, o ga, u ga zidlanadi. Ana shu birlashtiruvchi beigilar ma’lum xususiylikni umumiyliklarga birlashtirishga yordam beradi. Umumiylik so'zlovchi va tinglovchilar xotirasida mavjud bo'ladi. Shuning uchun bu umumiylik turlicha talaffuz qilinishiga qaramay, so'zlovchi va tinglovchilar o'rtasida bir xil tushunishga olib keladi.
Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog'imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo'lakka bo'linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi.
Bevosita kuzatishda bir necha tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi, so'z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish hamda farqiash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatidan boshqa mayda bo'lakka bo'Hnmaydigan eng kichik til birligj fonemadir.
Fonemalar so'zlarni moddiy jihatdan shakllantiradi. Masalan, bosh so'zini uchta tovush: b, o, sh tovushlari moddiy jihatdan shakllantirgan. Yoki besh so'zini uchta tovush: b, e, sh tovushlari moddiy jihatdan shakllantirgan. Bosh va besh so'zlaridagi fonemalarning moddiy jihatdan o'zgarishi yangi ma'noli so'zni yuzaga keltirgan, Fonemalar tizimi o'zgargan sari so'zlarning ma’nosi o'zgarib boradi. Ma’noni farqlashda fonema asos bo'lib qoladi. Ma'noni farqlashda fonemalarning muayyan o`rni ham ahamiyatli sanaladi. Masalan, n, o, k fonemalarining nok va kon kabi 2 xil tartibi boshqa-boshqa ma’nolami ifodalashga xizmat qiladi; kno yoki nko tartibi esa ma’no ifodalamaydi, shuning uchun ular tilda qo'llanmaydi.
Bir fonema bir necha tovushlar orqali ro'yobga chiqadi. Masalan, ko'l, jo'ra, bo'ri, mo'tabar so'zlarida o' unlisi torroq- ro'mol, xo'roz, qo'ri so'zlarida esa kengroq aytiladi. Yoki o unlisi ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda va urg'u olgan bo'g'indan oldin kelsa, talaffuzda a tarzida aytiladi: motor > mator, vodorod > vadarod kabi; urg'usiz bo'ginda va urg'u olgan bo'g'indan keyin kelsa, i ga monand aytiladi: rektor > rektir, termos > termis kabi; urg'uli bo'g'inda kelsa, o' ga monand aytiladi: tonna > to'nna; boks > bo‘ks kabi.
Fonemalami sanash mumkin. Ular cheksiz ko'rinishlarga ega bo'ladi. Bu esa to­vushlar miqdorining cheksiz ekanini ko'rsatadi. Fonemalar ikki va undan ortiq ma'noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqianadi.
fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo'lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko'rinishi fon (allafon) yoki tovush hisoblanadi. Demak, fonema til birligi sifatida umumiylik, imkoniyat, mohiyat kabi xususiyatlarga ega; tovush esa nutq birligi sifatida xususiylik, vo- qelik, hodisa kabi xususiyatlarga ega.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling