O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 0.61 Mb.
bet16/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

FONEMALAR TASNIFI
B va a fonemalarini bir-biriga solishtirsangiz, ular bir qator belgilari bilan farqlan- ganini ko'rasiz. Birinchidan, b fonemasini talaffuz etganda o'pkadan chiqayotgan havo oqimi labning labga tegishidan hosil bo'lgan to'siqqa urilib uni yorib portlab chiqadi. A fonemasini talaffuz qilayotganda esa o'pkadan chiqayotgan havo hech yerda to'siqqa uchramaydi. Demak, fonemalar o'rtasidagi birinchi farqlanish to'siqqa uchrash-uch- ramaslik belgisi ekan.
Ikkinchidan, b fonemasini talaffuz qilganingizda shovqinga ovoz qo'shiladi. A fone­masi esa faqat ovozdan iborat. Ko'rinadiki, b va a lar o'rtasidagi ikkinchi farqlovchi belgi shovqin belgisidir. Bu belgi b da bor, a da yo'q.
Uchinchidan, a so'z ichida kelib bo'g'in hosil qiladi. B esa bunday xususiyatga ega emas. Demak, fonemalami farqiash uchun xizmat qiladigan belgilardan yana biri bog'in hosil qilish-qilmaslikdir.
Fonemalar bir-biridan o'pkadan chiqayotgan havoning og'iz bo'shlig'ida to'siqqa uchrashi yoki uchramaslik belgisiga ko'ra, shovqinga ega yoki egamaslik belgisiga ko'ra hamda bo'g'in hosil qilish-qilmaslik belgisiga ko'ra ikki turli bo'ladi: unli fonemalar va I undosh fonemalar.
Demak, unli va undosh fonemalar bir-biridan
1) fiziologik-artikulyatsion (talaffuz) jihatdan hosil bo'lishda to'siqqa uchrash yoki uchramasligi;
2) akustik jihatdan shovqin belgisi;
3) vazifaviy jihatdan bo'g'in hosil qilish-qilmaslik belgisiga ko'ra farqlanadi.


MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Unli va undosh fonemalarning farqini ayting.

  2. Qaysi fonemalar faqat ovozdan iborat?

  3. Hosil bo'lishda to'siqqa uchraydigan fonemalar qanday nomlanadi?

  4. A fonemasiga xos bo'lgan xususiyatlami ayting.

  5. B fonemasiga xos bo'lgan xususiyatlami ayting.

  6. Qaysi fonemalar bo'g'in hosil qiladi?

  7. Bo'g'in hosil qila olmaydigan fonemalarga 5 ta misol keltiring.

  8. Hosil bo'lishda to'siqqa uchramaydigan fonemalarga misol ayting.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling