O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 0.61 Mb.
bet17/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

UNLILAR TASNIFI
O'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo'ladigan faqat un (ovoz)dan iborat va bo'g'in hosil qiladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Ovoz (un) paychalarining titrashidan bo'g'iz bo'shlig'ida sof ovoz yuzaga keladi. Unlilami talaffuz qilganda og'iz bo'shlig'i ochiq bo'ladi, asosiy vazifani esa ovoz paychalari, til va lablar bajaradi.
Tilimizda 6 ta unli fonema bor: a, o, e, o‘, u, i.
Un paychalarining ritmik tebranishi bilan hosil bo'ladigan ovoz og'iz bo'shlig'i rezonatori ta’sirida u yoki bu tovushga aylanadi. Unli tovushning shakllanishi tilning va lablarning harakat-holatiga bog'liq.
Lablar har olti tovushning shakllanishida turli darajada qatnashadi: faol qatnashsa, ya'ni lablar doira shaklini olib cho'chchaysa, bunday unli tovush lablangan tovush deyiladi; lablar faol qatnashmasa, ya'ni doira shaklini olmasa, cho'chchaymasa, bun­day unli lablanmagan unli deyiladi. Yuqoridagi belgi asosida unli tovushlardan i, e, a lablanmagan, u, o`, o lablangan tovushlar deyiladi. Har ikki qator tovushlarda lablarning holati o'zaro farqli. Lablanmagan tovushlarda lablar odatdagi holatini i tovushida saqlaydi, e, a tovushlarida lablar yon tomonlarga harakatlanib, turli darajada kengayadi. Lablangan tovushlarda ham lablarning doira shaklini olib cho'chchayishi turli darajada bo'ladi: u tovushida eng kuchli darajada, o‘ tovushida o'rtacha, o to­vushida esa kuchsiz darajada bo'ladi. Shuni hisobga olib o tovushi lablashgan, yarim lablangan tovush deyiladi, bunda lablashgan deyish bilan lablanish kuchsiz darajada voqe bo'lishi ta’kidlanadi.
Unli tovushlarning shakllanishida tilning ikki yo'nalishdagi - yotiq yo'nalishdagi (gorizontal) harakat-holati va tik yo'nalishdagi (vertikal) harakat-holati xizmat qiladi.
Tilning yotiq yo'nalishdagi harakat-holati deganda tilning old (tishlar va lablar) to­monga yoki orqa (tishlardan uzoqlashish) tomonga harakatlanishi tushuniladi. Birinchi tur harakat bilan shakllanadigan unlilar old qator unlilar, ikkinchi tur harakat bilan shakllanadigan unlilar orqa qator unlilar deyiladi. Bu tavsif asosida i, e, a unlilari old qator unlilar, u, o', o unlilari orqa qator unlilar hisoblanadi.
Tilning tik yo'nalishdagi (vertikai) harakat-holati deganda tilning pastki jag' bilan birgalikda pastga tomon tushishi-tushmasligi tushuniladi. Til pastga qancha tushsa, til bilan ustki jag' oralig'i shuncha kengayadi. Unli tovush til pastga kuchli darajada tushganda shakllansa, keng unli deyiladi, til pastga tushmasa, o'z odatdagi holatida bo'lsa, tor unli deyiladi, tilning pastga tushishi o'rtacha bo'lsa, o‘rta-keng (o'rta- tor) unli deyiladi. Bunda og'izning ochilishi ham hisobga olinadi. Bu tasnif asosida i, u quyi tor unli, e, o‘ o'rta-keng (o'rta-tor) unli, a, o quyi keng unli deyiladi. Eslatma: i, u tor unlilar, a, o keng unlilar deb ham ataladi
Unlilarning qisqacha tasnifi:
1. Lablarning ishtirokiga ko'ra:
1) lablangan unlilar: u, o'. Bu jihatdan o unlisi oraliq holatda qoladi.
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
2. Tilning gorizontal harakatiga ko'ra:
1) old qator unlilar: i, e, a;
2) orqa qator unlilar: u, o', o.
Og'izning ochilish darajasi belgisiga ko'ra (tilning vertikai harakatiga ko'ra) esa uch darajaga bo'linadi:
1) tor unlilar (til o'rtasining tanglayga tomon yuqori ko'tarilishi natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun yuqori ko'tarilish yoki yuqori tor ham deyiladi): u, i;
2) o'rta tor yoki o'rta keng unlilar: e, o';
3) quyi keng unlilar (quyi ko'tarilish yoki quyi tor): a, o.

Og'izning ochilish darajasi (Tilning vertikai harakati)ga ko'ra

Tilning gorizontal harakati va lablarning ishtirokiga ko'ra

Old qator
Lablanmagan unlilar

Orqa qator Lablangan unlilar

Yuqori tor unlilar

i

u

O'rta keng unlilar

e

o'

Quyi keng unlilar

a

0




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling