1-mashq. O'qing. Matnda ajratib ko'rsatilgan so'zlarning ma’nosini izohlang va ma'noni farqiash uchun xizmat qilayotgan fonemalami aniqlang.
Ko'p so'zlab topmadim ochunda bir naf.
Ko'zlangan bu naf ham so'z ko'pidan daf.
So'zlamoqdan, o'g'lim, seni ko'zladim.
Ba’zan so'zim tuzlab, o'zim bo'zladim.
Kumushsiz boshingga tushsa vumush ham,
So'zimdan keladi yombi, kumush ham. (Yusuf Xos Hojib)
2-mashq. Bitta fonemasiga ko'ra farqlanadigan so'zlarni aniqlang.
Ko'z, pona, sin, tong, to'ra, tolmoq, botmoq, ber, bayt, bd'z, sotmoq, xona, tin, bong, solmoq, so'ra, so'z, ko'ra, jo'ra, to'lmoq, shira, so'na, totmoq, to'z, ter, qo'ra, din, to'r, qir, sir, siz, kun, poda, shona, qiz, xoda, ko'l, chiz, bo'y, tur, sher, bormoq, sochmoq, qotmoq, chin, dong, tonmoq, so'ri, xo'ra, qin, xola, g'o'ra, qayt, shoda, qara, ko'r, tiz, to'r, tor, shar, qolmoq, payt.
MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:
I fonemasi qanday so'zlarda u ga monand aytiladi?
I fonemasi qanday so'zlarda bilinar-bilinmas aytiladi?
Tushib, uchinchi, tug'ildi so'zlarida nima uchun i fonemasi u ga monand aytiladi?
Bilim, bilan, sira, biroq so'zlarida i fonemasi nima uchun bilinar-bilinmas aytiladi?
Qiliq, qiziq so'zlarida i fonemasining uga yaqin talaffuz stilish sabablarini ayting.
Tushib, bilim, qiliq so'zlaridagi i fonemasi uchun umumiy bo'lgan xususiyatlar qaysilar?
Tovush deb nimaga aytiladi?
Fonemaga ta’rif bering.
Qanday so'zlarda o' unlisi torroq aytiladi?
O' unlisi kengroq talaffuz etiladigan so'zlarni ayting.
Ruscha-baynalmilal so'zlarda o unlisi qachon i ga yaqin talaffuz qilinadi?
O unlisi a tarzida va o‘ tarzida aytiladigan so'zlarga misol ayting.
Tovush nutq birligi sifatida qanday xususiyatlarga ega?
Fonema til birligi sifatida qanday xususiyatlarga ega?
Ikki va undan ortiq ma’noli birliklami bir-biriga zidlash orqali aniqlanadigan birlik qaysi?
Do'stlaringiz bilan baham: |