O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN MASHQLAR
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN MASHQLAR
1-mashq. Maqollarni o'qing, i unlisining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling. Vatanni sevmoq iymondandir. 2. Ona yurting omon bo'lsa, rang-u ro'ying somon bo'lmas. 3. Bulbul chamanini sevar, odam - Vatanini. 4. O'z yurtingning qadri o'zga yurtda bilinadi. 5. Qush ham iniga qarab intiladi. 2-mashq. Nuqtalar o'rniga i yoki u harflaridan mosini qo'yib ko'chiring. Bul..n, sov...q, uyq..., kulg..., shov...llamoq, sup...imoq, quv...r, uch...n, qiz...q, ...sl..qlol. 3-mashq. Quyidagi so'zlarnt daftaringizga ko'chirib yozing. E harfining yozilish o'rinlariga diqqatqiling. Erk, ertak, ber, e’lon, yetti, ehtiyot, e’tibor, tole, termoq. 4-mashq. Gaplami o'qing, o‘ unlisining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling. O'ziga boqma, so'ziga boq. O'qigan o'zar, o'qimagan to'zar. O'zga elda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l. O'zini bilmagan o'zgani bilmas. O'zingni er bilsang, o'zgani sher bil. 5-mashq. Nuqtalar o'rnlga i, m harflaridan mosini qo'yib, so'zlarni daflaringizga ko'chiring. Ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing. Kund...z, yuld...zcha, tov...q, tut...n, guv...llamoq, qas..r-qus...r, uchq...n, uch...n, kampirqov...n, chur...llamoq. 6-mashq. So'zlarning qaysi ko'rinishi to'g'ri ekanligini toping va uni daflaringizga yozib oling. Tuyg‘i//tuyg‘u, uyqu//uyqi, chopqi//chopqu, qayg‘i//qayg‘u, tulki//tulku, kulgu//kulgi. 7-mashq. Quyidagi so'zlarni talaffuz qiling va yozing, o'rtadagi farqlarini aytib bering. Bur-bir, tir-tur, qur-qir, dur-dir, sur-sir, ombor-ombur, chopqir-yovqur, surma-sirii, tir- gak-tirsak, mulk-milk. 8-mashq. Nuqtalar o'rniga a yoki o harfini qo'yib yozing. So'zlarni daflaringizga ko'chiring. S...mon, t...mosha, m...bodo, mu...mala, ch...la, aL.qa, buL.q, b...ho, j...hongir, om...n, f...netika, h...mon. 9-mashq. Quyidagi so'zlarda o tovushining a kabi talaffuz qilinishiga e’tibor bering. Yozilishiga diqqat qiling. Okean, zoologiya, zoopark, oynak, okop, obro', orkestr, roman, kovak, joy, kokil, kombayn, konstitutsiya, konsert, kosmonavt. 10-mashq. Quyidagi so'zlarda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni toping. Son - sana, ong - angla, qayna - qaynoq, ishla - ishlov, dumala - dumaloq, bo'ya -bo'yoq. 11-mashq. Gaplami daftaringizga ko'chirib yozing. Unlilar qator kelgan so'zlarni topib, ularning tagiga chizing. Muallimlar ilm-u fan va maorifimiz jonkuyarlari sanaladi. 2. Xushmuomalalik uzoq umr ko'rishning sabablaridan biridir. 3. Qanoatli bo'linglar, bu sizni saodatga eltadi. (Yusuf Xos Hojib) 4. Sharoitga qarab ish ko'raverasan. (M. Murodov) 12-mashq Nuqtalar o`rniga kerakli unli tovushlami qo'ying, so'zlarni daftaringizga ko'chirib yozing va ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing. Z...omagazin, mu.JIif, ta...mil, mu...vin, ge.Jog, d...ira, sho...r, j...iz, ma...sh, mu... mmo, ge...metriya, ...ila, d...imo. 13-mashq. Quyidagi so'zlarni talaffuz qiling. O‘ unlisining talaffuzi va imlosini Izohlang. O'yin, o'jar, o'rdak, o'rta, o'tkir, o'tin, o'sha, o'q, o'choq, o'quvchi, o'rmon. 14-mashq. Quyidagi so'zlarni o'qing va daftaringizga yozing. E unlisining talaffuzi va imlosini izohiang. Egar, egizak, egov, ekologiya, elak, elektr, eng, ertalab, eshik, e’tibor, ehtiyot. 15-mashq. Nuqtalar o'rniga mos keladigan unli tovushlami qo'yib, so'zlarni ko'chiring. So'ng unli tovushlarning aytilishi va imlosini tushuntiring. T...mon, ilm...y, manfa...t, insho...t, sano...t, matbu...t, milli...n, so...t, mudofa..., mill.rd, ukra...n. 16-mashq. Xato yozilgan so'zlarni topib, to'g'rilang. So'ng ularni izohlang. 1. Tabiyat qanday go'zal. 2. O'zbekiston sanooti tinmay rivojlanib bormoqda. 3. Sinfimiz bilan tiyatirga tomoshaga bordik. 4. Uzin yoz kechalarida yuldizlarga termilib yotish insonga zavq bag'ishlaydi. 5. Abu Ali ibn Sino tug'ulgan Afshona qishlog'iga bordik. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling