O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


Download 0.61 Mb.
bet19/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Unli fonemalarga ta’rif bering.

  2. Unlilar talaffuzida qaysi nutq a’zolari asosiy vazifani bajaradi?

  3. O'zbek tilida mavjud bo'lgan unli fonemalar qaysilar?

  4. Qaysi unli fonema lablarning ishtirokiga ko'ra oraliq holatda bo'ladi?

  5. Lablangan unlilar qaysilar?

  6. Lablanmagan unlilami sanang.

  7. Unlilar og'izning ochilish darajasiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?

  8. Yuqori tor, lablanmagan unli qaysi?

  9. O'rta keng, lablangan unli qaysi?

  10. Quyi keng unlilami ayting.

  11. Quyi keng, lablanmagan unli qaysi?

  12. Bolalar so'zidagi unlilar qaysi xususiyatiga ko'ra bir guruhga mansub?

  13. Lablangan unlilar yonma-yon kelgan so'zlarga misol keltiring.

  14. Soat, saodat, maorif so'zlarida qanday unlilar yonma-yon kelgan?

  15. Doim, shior, said so'zlarida qanday unlilar yonma-yon kelgan?

  16. Tor unlilar qaysilar?

  17. Old qator unlilami ayting.

  18. Orqa qator unlilami ayting.

  19. Tutun, kulgi, muqim so'zlaridagi unlilar qaysi xususiyatiga ko'ra bir guruhga mansub?

  20. Og'izning ochilish darajasiga ko'ra birlashtiruvchi, lablarning ishtirokiga ko'ra farqlanuvchi belgiga ega unlilarga misol keltiring.



UNDOSHLAR TASN IFI
O'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shlig'ining ma’lum bir joyida yoki bo'g'izda to'siqqa uchrashidan hosil bo'ladigan, shovqin ishtirok etadigan va bo'g'in hosil qilolmaydigan fonemalarga undosh fonemalar deyiladi.
Undosh tovushlarning hosil bo'lishida bo'g'iz bo'shlig'i, og'iz bo'shlig'i va til muhim ahamiyatga ega. O'pkadan chiqayotgan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to'siqlarga duch keladi. Buning oqibatida esa undosh tovushlarning hosil bo'lishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratlladi. Ba'zi hollarda unga jarang ham qo'shiladi.
Tilimizda 24 ta undosh fonema bor: b, v, g, d, dj, z, j, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng.
Uchta undosh tovush yozuvda harf birikmasi bilan ifodalanadi: sh, ch, ng. Bunday tovushlar qatnashgan so'zlarda harflar soni bilan tovushlar soni bir xil emas. Masalan, tosh so'zida uchta tovush (t, o, sh) va to'rtta harf mavjud (t, o, s, h). Soch, tong so'zlarida ham uchta tovush, to'rtta harf mavjud.
Bu undosh tovushlardan bittasi - ng yozuvda maxsus beigilar bilan berilmaydi. Shu sababli ng harf birikmasi qaysi o'rinda bir tovushni, qaysi o'rinda ikkita tovushni ifodalashi yozuvda aks etmaydi. Buni quyidagicha aniqlash mumkin:-
1) Dengiz, ko'ngil, singil, tong, tanga, yangi, yanga, zang, tanglay, manglay, shudring, bodring, dangasa kabi o'zbekcha so'zlarda ng bitta to­vushni ifodalaydi. Eslab qoling: ng o'zbekcha so'zlarda so'z asosining o'rtasi va oxirida kelganda har daim bir tovushni ifodalaydi. Bunday so'zlarda tovushlar soni bilan harflar soni teng emas: dengiz so'zida 5 ta tovush: d, e, ng, i, z va 6 ta harf: d, e, n, g, i, z bor.
Ingliz, kongress, shtanga kabi ruscha-baynalmilal so'zlarda ng ikkita to­vushni ifodalaydi. Bunday so'zlarda tovushlar soni bilan harflar soni teng: ingliz so'zi­da 6 ta tovush va 6 ta harf mavjud.
2) Singan, yongan, menga, nonga kabi so'zlar o'zbekcha so'z bo'lsa ham, n undoshi asos tarkibida, g undoshi qo'shimcha tarkibida kelgani uchun alohida to­vushlami ifodalaydi: sin - asos, gan - qo'shimcha. Bunday so'zlarda ham tovushlar soni bilan harflar soni bir xil: menga so'zida 5 ta tovush va 5 ta harf mavjud.
Tilimizda mavjud tovushlardan ikkitasi o'zlashma, ya'ni boshqa tillardan kirib kelgan hisoblanadi: j va f (jirafa, vijdon, fan, futbol kabi). O'zbek tili tovushlar tizimiga turkiy til sifatida sirg'aluvchi j tovushi xos bo'lmagan, eroniy til egalari bilan uzoq muddat birga yashash, doimiy muloqotda bo'lish natijasida bu tovush ajdar, mujda, gijda kabi til birliklari tarkibida o'zbek tiliga qabul qilingan, keyinchalik rus tili orqali o'zlashgan so'zlar tarkibida o'zbek tiliga kirib kelgan. F tovushi ham o'zlashtirma tovush; qadim­gi turkiy tilda bunday tovush bo'lmagan; o'zbek tiliga bu tovush avvallari arab, fors tlllaridan o'zlashtirilgan so'zlar tarkibida, keyinchalik rus tilidan o'zlashtirilgan so'zlar tarkibida kirib kelgan.
O'zbekcha so'zlarda uchraydigan til oldi, jarangli, portlovchi undosh j (jo'ja, Jahon, jiyda kabi) va o'zbek tiliga rus tili hamda arab tili orqali o'zlashgan so'zlarda uchraydigan til oldi, jarangli, sirg'aluvchi undosh dj (vijdon, ajdar, jumal, jirafa kabi) tovushlari uchun alifbomizda bitta harf ajratilgan. Bu tovushlar bir-biridan faqat hosil bo'lish usuliga ko'ra, ya’ni portlovchi yoki sirg'aluvchiligiga ko'ra farqlanadi.
Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi:
I. Hosil bo'lish o'rniga ko'ra:
1. Lab undoshlari: Talaffuzda lab ishtirok etgan tovushlar lab tovushlari deyiladi. Lab tovushlariga b, p, m, f, v undoshlari kiradi. Ular ikkiga bo'linadi:
1) lab-lab undoshlari: m, p, Jb;
2) lab-tish undoshlari: v, f.
2. Til undoshlari. Tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bo'lgan tovushlarga til tovushlari deyiladi. Til tovushlariga t, d, s, z, ch, y, ng, q, g‘, x undoshlari kiradi. Til qismlarining harakatiga ko'ra til undoshlari 4 ga bo'linadi:
1) til oldi undoshlari: t, d, s, z, ch, j, sh, I, r, n;
2) til o'rta undoshi: y;
3) til orqa undoshlari: g, k, ng
4) chuqur til orqa tovushlari: q, g‘, x.
3. Bo'g'iz undoshi. O'pkadan chiqayotgan havoning bo'g'izda qisilishidan hosil bo'lgan tovush bo'g'iz undoshidir. Bo'g'iz tovushiga h undoshi kiradi.
II. Hosil bo`lish usuliga ko'ra:
1. Portlovchilar ikki nutq a’zosining jipslashuvi natijasida o'pkadan chiqayotgan havo oqimining zarb bilan portlab o'tishidan hosil bo'ladi: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng.
2. Sirg'aluvchilar ikki nutq a’zosining o'zaro jipslashmasidan, bir-biriga yaqin- lashishi natijasida havo oqimining ular orasidan ishqalanib-sirg'aiib chiqishidan hosil bo'ladi: v, f, z, s, y, r, l, sh, g‘, x, h, dj.
3. Qorishiq ikki usul asosida - to'la bo'lmagan portlash va undan keyin sirg'alish natijasida hosil bo'ladi: ch.
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra:
1. Jarangli undoshlar tarkibida shovqin bilan birga ma'lum darajada ovoz ham ishtirok etadi: b, v, g, z, j, y, g‘, l, m, n, ng, r.
2. Jarangsiz undoshlar ovoz mutlaqo qatnashmaydigan, faqat shovqindangina iborat bo'lgan tovushlardir: p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h.
Shuningdek, ular tarkibiga ko'ra sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtiroki­ga ko'ra sonorlar va shovqinlilar deb ham tasniflanadi. Qorishiq undoshlar bitta: ch. Qolgan barcha undoshlar esa tarkibiga ko'ra sof undoshlar hisoblanadi. Sonor (ovozdor)lar esa beshta: l, m, n, ng, r. Bularning ichidan l - yon tovush, r - titroq tovush. To'siqqa uchragan havoning burun orqali o'tishidan hosil bo'lgan tovushlar bu­run tovushlaridv. Burun tovushlariga m, n, ng undoshlari kiradi. Mana shu beshta undoshlar(l, m, n, ng, r)dan boshqalari esa shovqinli undoshlar sanaladi.
Bilib oling: Tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra quyidagicha darajalanib boradi: unlilar (faqat ovozdan iborat tovushlar) —► ovozdor(sonor)lar (ovoz shovqindan ustun bo'lgan tovushlar) —► jaranglilar (shovqin ovozdan ustun bo'lgan tovushlar) —> jarangsizlar (faqat shovqindan iborat tovushlar).
O'zbek tilida 8 ta jarangli undosh tovush jarangsiz juftiga ega. Buni quyidagi jadval orqali ham ifodalash mumkin:

Jaranglilar

b

v

d

j

dj

z

G

g'

y

i

m

n

r

ng-

-

-

jarangsizlar

p

f

t

ch

sh

s

K

q

-

-

-

-

-

-

x

h

Undoshlarga quyidagicha tavsif beriladi: b - hosil bo'lish o'rniga ko'ra lab undoshi, lab-lab; hosil bo'lish usuliga ko'ra portlovchi; ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra Jarangli, shovqinli; tarkibiga ko'ra sof. Yoki m - hosil bo'lish o'rniga ko'ra lab undoshi, lab-lab; hosil bo'lish usuliga ko'ra portlovchi; ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra jarangli, sonor; tarkibiga ko'ra sof.





Hosil bo'lish o'rniga ko'ra

Lab undoshlari

Til undoshlari

Bo`giz undoshi

Lab-
Lab

Lab-
tish

Til oldi

Til o`rta

Til orqa

Chuqur til orqa

Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra

Jarangli

Jarangsiz

Jarangli

Jarangsiz

Jarangli

Jarangsiz

Jarangli

Jarangli

Jarangsiz

Jarangli

Jarangsiz

Jarangsiz

Hosil bo'lish usuliga ko'ra





































Portlovchilar

b,
m

P







d,
n,
j

t




g,
ng

k




q




Sirg'aluvchilar







v

f

z,
l,
r,
dj

s,
sh

y







g`

x

h

Qorishiq-affrikat
















ch



















Undoshlarni yod olishda quyidagicha o'rganish qulay:



  1. Portlovchi undoshlar: b, m, p, a, n, j, t, g, ng, k, q

  2. Jarangli, portlovchi undoshlar: b, m, d, n, j, g, ng

  3. Jarangsiz, portlovchi undoshlar: p, t, k, q

  4. Portlovchi, shovqinli undoshlar: b, p, d, j, t, g, k, q

  5. Jarangli, portlovchi, shovqinli undoshlar: b, d, j, g

  6. Jarangli, portlovchi, sonorlar: m, n, ng

  7. Sirg'aluvchi undoshlar: v, f, z, s, dj, sh, I, r, y, g‘, x, h

  8. Jarangli, sirg'aluvchi undoshlar: v, z, dj, I, r, y, g'

  9. Jarangsiz, sirg'aluvchi undoshlar: f, s, sh, x, h

  10. Sirg'aluvchi, shovqinli undoshlar: v, f, z, s, dj, sh, y, g‘, x, h

  11. Jarangli, sirg'aluvchi, shovqinli undoshlar: v, z, dj, y, g'

  12. Jarangli, sirg'aluvchi, sonorlar: I, r

  13. Lab-lab, portlovchi undoshlar: b, m, p

  14. Lab-lab, jarangli, portlovchi undoshlar: b, m

  15. Lab-lab, jarangli, portlovchi, shovqinli undosh: b

  16. Lab-lab, jarangli, portlovchi, sonor: m

  17. Lab-lab, jarangsiz, portlovchi, shovqinli: p

  18. Lab-tish, sirg'aluvchi, shovqinli undoshlar: v, f

  19. Lab-tish, jarangli, sirg'aluvchi, shovqinli undosh: v

  20. Lab-tish, jarangsiz, sirg'aluvchi, shovqinli undosh: f

  21. Til oldi undoshlar: d, t, n, j, z, s, dj, sh, I, r, ch

  22. Til oldi, portlovchi undoshlar: d, t, n, j

  23. Til oldi, jarangli, portlovchi undoshlar: d, n, j

  24. Til oldi, jarangsiz, portlovchi undosh: t

  25. Til oldi, jarangli, portlovchi, shovqinli undoshlar: d, j

  26. Til oldi, jarangli, portlovchi, sonor: n

  27. Til oldi, portlovchi, shovqinli undoshlar: d, t, j

  28. Til oldi, sirg'aluvchi undoshlar: z, s, dj, sh, l, r

  29. Til oldi, jarangli, sirg'aluvchi undoshlar: z, dj, I, r

  30. Til oldi, jarangli, sirg'aluvchi, shovqinli undoshlar: z, dj

  31. Til oldi, jarangli, sirg'aluvchi, sonorlar: I, r

  32. Til oldi, jarangsiz, sirg'aluvchi undoshlar: s, sh

  33. Til oldi, sirg'aluvchi, shovqinli undoshlar: z, s, dj, sh

  34. Til oldi, jarangsiz, qorishiq, shovqinli undosh: ch

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


1-mashq. So'zlarni daftaringizga ko'chirib yozing va ular o'rtasidagi farqlarni aytib bering.
Bob-bop, bol-pol, besh-pesh, barcha-parcha,dala-tala, dil-til, dur-tur, oz-os, eg-ek, mard-mart.
2-mashq. Tez aytishlarni mashq qiling. Qaysi tovushga ta’kid tusha- yotganini toping va shu tovushga ta’rif bering.
Turg'un turib tarozida turp tortdi. O'zim uzum uzdim. Sharif Sha- rofatni sharaflab she’r o'qidi. Qayiqqa ayiq chiqdimi, qayiq qirg'oqqa chiqdimi?
3-mashq. Gaplarni ko'chirib yozing. Undosh tovushlarning imlosiga diqqat qiling.
1. Obod va ozod Vatan bizniki. 2. Daraxtni yer ko'kartiradi, odamni - el. 3. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo'l. 4. Sayoq yursang, tayoq y§y§sn. 5. Do'stsiz boshim - tuzsiz oshim. 6. Sog'lom tanda sog' aql.
4-mashq Nuqtalar o'rniga x yoki h harflaridan mosini qo'yib ko'chiring.
..ushyor, sa..iy, ma...sulot, ...ulosa, ...arakat, ...urmatli, ...ukm, ...ozir- javob, ta...t, sa...na, ...ayol, ...ar kim, ...ech qachon.
5- mashq. O'qing. Undosh tovushlarning imlosiga diqqat qiling.
1. Falak-palak, faqir-paqir, sof-sop, tuf-tup, to'fon-to'pon. 2. Juma, jurnal, jirafa, jonsarak, hayajon, jajji, g'ijjak. 3. Ong, tong, bong, hang- mang, ko'ngil, singil, dengiz, kelingiz. 4. G'ujg'on, og'a, tog'a, ag'dar- moq.
6-mashq. Gaplarni o'qing. Nuqtalar o'rniga quyida berilgan so'zlar- dan mosini qo'yib ko'chiring.
...bir o'lar, nomard - ming. Og'zi kuygan ...ni ham puflab ichadi. ... shamol esdi. Sakkizinchi ... - onamlarning bayrami. Onangni ...ingda tutsang, singlingni ...da tut.... soat sakkiz yarimda boshlanadi. Oynaga ... ketdi.
So'zlar: mard, mart, qatiq, qattiq, kift, kaft, dars, darz.
7-mashq. So'zlarni izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Barmoq-bormoq, da’vo-davo, sa’va-sava, yod-yot, odim-odam.
8-mashq. So'zlarni o'qing. Ularning o'rtasidagi farqlarni aniqlang.
azm-azim xalos-xolos urush-urish
ahl-ahil sut-sud paxta-puxta
9-mashq. H va x tovushlari ishlatilgan xalq maqollarini o'qing, ularning ishlatilish o'rinlariga alohida diqqat qiling.
1. Hunarli er xor bo'lmas, do’st-dushmanga zor bo'lmas. 2. Har kallada harxayol. 3. Xalq meniki dema, sen xalqnikisan. 4. Xayrli ishning kechi yo'q.
10-mashq. Nuqtalar o'rniga h yoki x harflaridan mosini qo'yib, so'zlarni daftaringizga yozing va ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing.
...ullas, osh...ona, ...ayolparast, ...indiston, a...loq, ...oi-a...vol, ...alokat, e...timol, ...ushyorlik, ...atti-...arakat, ...alqparvar, mu...lis, ...abar, podsho...
11-mashq. Quyida xato berilgan so'zlarni imlo qoidalariga mos ravishda daftaringizga ko'chiring.
Bahil, hasis, xasad, gox-goh, habar, mexnatkash, xovuz, xosil, xuquq, xiylakor, hato, hokkey, ho'roz.
12-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli undosh toVushlarni qo'ying, ularning talaffuzi va imlosi o'rtasidagi farqlarni tushuntirib bering.
Tala..., dar...chil, nomar..., bar..., makta..., balan..., pas..., i...timoiy, ma...ba, ta...dimot, ofto..., farzan...
13-mashq. Berilgan so'zlarga qavs ichidagi tovushlar juftligidan mos keladiganini qo'yib ko'chiring.
(z-s)siz yo'qoldi, tu(z-s)ini o'zgartirmoq, ko'(z-s)ini davolamoq, (u(z-s)iz ovqat, «Mati(z-s)» avtomobili, afsu(z-s) qilmoq.
14-mashq. Berilgan gaplar ichidan xato yozilgan so'zlarni toping, ulami Imlo qoidalariga mos ravishda to'g'rilab, daftaringizga ko'chirib yozing.
Ertalap turganda, albatta, yuz-qo'lni yuvish keray. So'ng narsalami tartipga keltirip, ota-onasiga, oila a’zolariga salom berish lozim.
Qizlar nonushta tayyorlashta onasiga yordam bersa, juda ma’qul ish bo'ladi.
Nonushta tugagach, kattalarning ruxsati blan maktapga jo'nash ma'qul.
15-mashq. Quyidagi so'zlarni daftaringizga yozing. Q undoshining talaf­fuzi va imlosiga e’tibor bering.
Qaynoq, taroq, qishloq, sanoq, taqdim, taqsimot, qiziq, u yoq-bu yoq, o'roq, qo'rqoq, qo'shiq, maqsad, qumloq, o'tloq, buloq, so'roq, sovuq.
16-mashq. Nuqtalar o'rniga g yoki k harfini qo'yib, gaplami ko'chiring. Ularning talaffuzi va imlosidagi farqlarni aytib bering.
Dushmanni ta...-tu...i bilan yo'qotib yubordi. 2. Tuflisining ta... charmi yeyilib ketibdi. 3. Matoga bar ..simon gullar chizilgan edi. 4. Pa...-pa... ana bo'yi bor, yetti qavat to'ni bor.
17-mashq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni jo'nalish kelishigi hamda egalik qo'shimchasi bilan qo'llab ko'chiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
1. Kun chiqar tomonda katta o'choq. qozonda sho'rva qaynab turibdi. (Ertakdan) 2. Hammamiz bir piyola-bir piyola bua'i chiqib turgan sutdan ichdik. (O'. Umarbekov) 3.Topgan bir dasta gul keltiradi, topmagan - bir boa' piyoz. (Maqol) 4. TTgl yarasi bitadi, til yarasi bitmas. (Maqol) 5. So'zning onasi - quloq. suvning onasi - buloq. (Maqol)
18-mashq. Gaplami o'qing. M va b, n va b undoshlari yonma-yon kelgan so'zlarni toping. Ularning so'z turkumini, bu undoshlarning o'zak yoki qo'shim- chalar tarkibida kelayotganini aniqlang.
1. Qorong'ida turtingan holda Otinbibi paydo bo'ldi. (Oybek) 2. Axir, u biror marta bo'lsin yoniga kelganmi, ovqat berganmi, iltifot ko'rsat- ganmi? (Rauf Tolib) 3. Bugun ham Julqunboydan eshitamizmi? - deb so'raydilar dadam. (Hakim Nazir)
19-mashq. Nuqtalar o'rniga x yoki h harflaridan talab qilinganini qo'yib ko'chiring.
Kechga borib, No‘...atpolvon o`rnidan turib, u yoq-bu yoqqa pildirab yura boshlabdi. (Mirza Karim) 2. Ogo...lik - davr talabi. 3. Bolalarim, ...alol va ...aromning farqiga boringlar, - derdilar bobom. (Gazetadan) 4. Alifboda 26 ta ...arf va 3 ta ...arfiar birikmasi bor. 4. Ro...at kelinoyi cho'pchakka usta, ajoyib gapdon ...otin.
20-mashq. Quyida berilgan so'zlarni o'qing. F tovushining talaffuzi va im­losini izohlang.
Fidoyi, shafqat, xufton, taraf, iftixor, fitobar, daftar, fazo, toifa, urf, faxr, ifoda, jafokash, telegraf, saf, tanaffus, tufli.
21-mashq. Berilgan ikki harfdan zarurini qo'yib, so'zlarni ko'chiring.
Tara(f-p), a(v-f)tomobil, sha(v-f)qat,
o(v-f)qat, a(f-v)zal, na(f-p)as,
inso(f-p), ka(p-f)tar, (p-f)aqat,
(p-f)ilik har(f-p)i
22-mashq. Avval ng undoshi ishtirok etgan so'zlarni, keyin alohida n va g tovushlari yonma-yon ishtirok etgan so'zlarni ko'chiring.
Menga, unga, ingramoq, kenglik, mingashmoq, dengiz, tanga,' jiringlamoq, ko'ngil, alanga, sening, tonggi, tungi, dangasa, singii, don­ga, jonga.
23-mashq. Gaplami ko'chiring, ng undoshi bo'lgan so'zlarni topib, ostiga chizing.
1. Ukam minib«saman oti»ni, «qilich» ushlab chiqibdi«jang»ga. (E. Vohidov) 2.Torga tor dunyo, kengga keng dunyo. (Maqol) 3. Qo'liga uch tanga berib, bolani rozi qilib jo'natibdi. 4. Ish ishtaha ochar, dangasa Ishdan qochar. (Maqol)
24-mashq. Gapdagi tovushlarning talaffuzi va imlosiga e’tibor bering.
Hayo, muruvvat, sadoqat, tavoze, mehnat, saxiylik, nomus, vafodorlik va adolat Insonga baxt-saodat keltiradi.
25-mashq. So'zlarning talaffuzi va yozilishiga e'tibor bering.
Obod, adab, fabrika, maqsad, to'qson, burun, xayol, xalq, tadbir, ruxsat, ijtimoiy, Iztirob.
26-mashq. Gaplarni ko'chirib yozing. Undosh tovushlarning talaffuzi va yozilishi­ga diqqat qiling.
Har kimga ozor bera ko'rma - dunyo barchaga barobardir. Tamagirlik - ofat. Tamagirlik bilan adolat bir-biriga ziddir. Boylikka hirs qo'yish - joduning sirtmog'iga tushib qolish bilan barobar. Vaqt - keskir qilichdir. U hech narsaga qaramay shart o'tadi-ketadi, sen esa voyvoylagancha qolaverasan. Rostlikning mevasi totli, natijasi esa samaralidir. Xushfe'l bo'lish yaxshi odat. Kishining fe’l-atvori o'zini begona qiladi, o'zgani xesh.
27-mashq. She'riy parchada qatnashgan undosh fonemalami hosil bo'lish o`rni- ga ko'ra tasniflab, namunadagidek yozing.
Namuna: dunyo so'zida 2 ta til oldi (d, n) va 1 ta til o'rta (y) undosh bor.
Dunyo bilar mehnatsiz bir damimiz yo'q,
Erkinlikdan balandroq bir g’amimiz yo'q,
Eshitsinlar, hech kimsadan kamimiz yo'q,
Sizdan qolgan zuryodmiz mard, yovqur, bobo.
Siz tuzgan ul tuzuklami o'qib kun-tun,
Tiklanarmiz, yechimlarni topgay tugun,
Bo'lmagaymiz hech kimsaga qaram, zabun,
O'zbek bugun o'z-o'zini tanir, bobo.
Avliyolar alqagan el emish a’lo,
So'zi butun, tizzasi tik, ko'ksi samo,
Muzaffarlik ko'rib o'tgan bir avliyo - O'zingizsiz, Sohibqiron Temur bobo.
(Zamira Ro ziyeva)
28-mashq. She'riy parchada qatnashgan undosh fonemalami hosil bo'lish usuli­ga ko'ra tasniflab, namunadagidek yozing.
Namuna: ayol so'zida 2 ta sirg'aluvchi undosh (y, l) qatnashgan.
Ayol - tig', toshlarni mumdek tilguvchi,
Ayol - nur, qalblarni yoqib ketguvchi,
Quyoshga bas kelar bitta kulgichi,
Ayol omon bo'lsa, dunyo go‘zaldir.
Ona - u, bag'rida millat beshigi,
Qalbida yopilmas qadr eshigi,
Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i,
Ayol omon bo'lsa, dunyo go'zaldir.
(Mahmud Toir)
29-mashq. She'riy parchada qatnashgan undosh fonemalami ovoz va shovqin­ning ishtirokiga ko'ra tasniflab, namunadagidek yozing.
Namuna: meniso'zida 2 ta jarangli, sonor tovush (m, n) ishtirok etgan.
Meni bilsang, Qo'ng'irotning og'asi,
Boshimda botir yigitning jig'asi.
Yoz bo'lsa yaylovim Amu yoqasi,
Meni bilsang, Qo'ng'irot elning to'rasi.
Ko'kqamish ko'lidan suqsur uchirdim,
Suqsumi izlagan lochin bo'laman.
Bog'larim zumraddan, changalim po'lat,
Qo'ng'irotdan qo'yilgan shunqor bo'laman.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling