Va ba’zi munkirlar* meni muttaham qilurlarkim, aql javharin zoyil* qilur ho! uikim, qaziya* akstur va Salmoni Porsida bu vaqtni ko‘rub, mamduh* sifatida aytibtur.
Misra’:
Dil pok tu durri aql ro‘yonad zi qalbi yam
(Scning sof musaffo diling dcngiz qalbida aql durrini o‘stiradi).
Dunyo so‘z javharining sarroflari va lafz aqiqining yomon va yaxs- hisin tanig‘uvchilari mening vasfimda aytibturlar.
Bayt:
Kabo la’lu, kamar la’lu gulu la’l,
Labash ham la’lu, bini la’lu bo‘ la’l.
(Kiyimi la’l (qizil rangda), kamari la’l, bumi la’l, (go‘zal tanidan taralgan hid ham) la’l).
Va rindlar mazhabida men ul mahbubedurmenkim, mening uchun chindin qonlar oqibtur va chindin jonlar chiqibtur. Mening majlisimda goh ayoq boshqa qo‘yo(r)lar va goh bosh ayoqqa. Nazm:
Turubturlar ayoqim o‘pmak uchun,
Surohitek* bori bo‘yini uzotib.
Va meni har ko‘ydakim tilasalar, tobarlar va oshiqlar bu mahalda aytibturlar: Nazm:
Ey valvalayi ishqi tu bor sari ko‘e,
Rindoni sari ko‘yi tu mast az tu ba bo‘e
(Ey ishqing hamma yerga ovoza bo‘lgan, qo‘yningda yurgan rindlar faqat sendan kelgan hidning o‘zidan mast bo‘lmish). (* munkir - inkoretuvchi, tonnu'chi, rad etuuchh; *zoyil\zoil ~ yo‘q qiladigan, о ‘hhiradlgan; * qaoiya — hukm, dacy, masala, gap-sy to; * mamduh — maqlalgan, madh qilingan; * surohiy — uoun by ‘yinll suc ca may idishi, shishasi)
Kinova va yumomi Yusuf Amiriy shunchalik mahorat bilan qo- rishtiradiki, kitobxonda, shubhasiz, kulgu uyg‘otadi. Chog‘ir maqtanib, hatto pahlavon bahodirlardan ham yuz chandon kuchli ekanini aytadi. t'hog‘ir oVini oqlab, sariq yuzlami qizartiradigan vosita ekanini gupurib aytar ekan, bu maqtanchoqlik ostida u fojiaiarga ham sabab bo‘lishini ko'rsatadi - “qizil suv”, ya’ni may har qanday pahlavonlarni ham yi- qitish qudratiga ega ekanini oshkor qiladi. Paymonasi to‘lganlargina ('hog‘imi “gulgun” deb u bilan oshno tutinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |