O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (M.Muinzoda tarjimasi)
- (Ergash Ochil tarjimasi
(M.Muinzoda tarjimasi) Quyidagi ruboiy ham, yuqoridagi singari, dunyoviy ishqning mad- hiyasi bo‘lib jaranglaydi. Shoir psixologik parallelizmdan va o‘xshatish san’atidan foydalanib, chin oshiqning va ma’shuqaning obrazini yaratadi: Laylo yuzi kabi lola sahro bo‘ylab kulib turar, Majnun ko‘zi kabi bulut qon yoshini qilur daryo. Oqar suvdan kelmoqdalar har soatda gulob hidi, Mening yorim ariq ichra gul yuzini yuvmish go‘yo
(M.Muinzoda tarjimasi) Rudakiyning qit’alari chuqur falsafiy-didaktik mazmunga egaligi bilan ajralib turadi. Uning qit’alaridagi inson bu olamda tom ma’noda mar- dona harakat qiladigan, boshqalarga kerak bo‘lganda tirgak bo‘ladigan, yordamini ayamaydigan zotdir. Uning qahramoni insonlarga yordam berishni o‘zining burchi deb biladi. Quyidagi qit’aga murojaat etaylik: 0‘z nafsini mag‘Iub etolgan marddir, G‘iybatdan uzoq-uzoq ketolgan marddir, Nomard tepib o‘tar yiqilganlami Ojiz kishilar qo‘lin tutolgan marddir. (Ergash Ochil tarjimasi) Qit’a mohiyatan Pahlavon Mahmud ruboyilaridagi javonmard- laming faoliyatini eslatadi. Zotan, javonmardlar garchi filday kuchli bo‘lsalar ham, o‘zlarini chumoliday ojiz qilib ko‘rsatardilar. Demak, Rudakiyning ijodida javonmardlikning ilk kurtaklari bor deb aytish uchun asoslar bor. Quyidagi qit’a ham, yuqoridagisi kabi, didaktik mazmun ifodalab, bu hayotda inson umr kechirar ekan, har bir odamning hayotda o‘z o‘mi bor, odam bu olamga kelib, hayot maktabidan samarali saboq olishi kerak, degan o‘gitni ilgari suradi. Ayni paytda bu qit’a “hayot - muallim- dir” degan oddiy haqiqatni odamlarga yana bir bor eslatadi: Zamon menga juda qimmat nasihat etdi, Agar bilsang, zamon to‘la nasihat erur. Dedi: o‘zdan balandroqni ko‘rib g‘am yema, Ko‘p kishi bor, sen bo‘lishni orzu qilur. (M.Muinzoda tarjimasi) “Qarilikdan shikoyat” qasidasida shoiming yoshlikda hayotda top- gan quvonchu shodliklari, yoshlik davrining go‘zalliklari va madhi, ha- yot go‘zalliklaridan quvonish kuylanadi. Shu bilar barobar, qasidaning nomiga binoan, shoir keksaygan chog‘larida duchor bo'lgan azob-uqu- batlariyu dardu alamlari o‘z ifodasini topgan. Aytish mumkinki, maz- kur qasida Rudakiyning tarijmai holidir. “Durri g‘alton” (dumaloq dur), “charog‘i tobon” (yop-yopug‘ chiroq), “durri marjon” (marjon duri), “tongdagi cho'lpon” bo'lgan tishning to'kilishi shoiming hayotda zavq- lanib, badastir yashaganining alomatini ifoda etsa, quyidagi baytlar shoiming nafaqat jismonan qarilik azoblariga giriftor bo‘lganini, balki ma’naviy tomondan ham parokanda bo‘lgan hayotini ifoda etadi: Yuzim tekisligi atlas kabi zamon o‘tdi, Mening sochim u zamonda qaroyu qatron edi. Chunonchi shuncha go'zallik aziz mehmon ekan, Qaytmagay yana, besh-olti kunga mehmon edi. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling