O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet45/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

(Sh.Shomuhamedov tarjimasi)
«Shohnoma» oltmish ming baytga yaqin ulkan asar. Bu dostonda ellik podsholikdan iborat to‘rt sulolaning - Peshdodiylar, Kayoniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar sulolalarining to‘rt ming yillik tarixi berilgan.
Peshdodiylar sulolasining hukmronligi Qayumarsdan boshlanadi va so‘ngra Hushang, Tahmuras, Jamshid, Zahhok, Faridun, Manuchehr, Zol kabi o‘n bir hukmdor davom ettiradi. Kayoniylar sulolasi Kaykovus hukmronligidan boshlanadi va Iskandar hukmronligi bilan tugaydi. Bu sulolani o‘nta hukmdor boshqargan (ba’zi manbalarda Iskandar Kayo- niylarga emas, Ashkoniylar sulolasiga mansub deb qaraladi). Ashkoniy­lar sulolasi esa Doro hukmronligidan boshlanib, Arduvon binni Yalosh hukmronligigacha davom etadi va, Navoiyning aytishicha, «tarix ahli orasida bu tabaqa dag‘i salotin tartibida bag‘oyat muxolifat ko‘ptur (Ta- rixchi olimlar orasida bu sulola sultonlari tartibida qarama-qarshi fikr- lar ko‘p)». Navoiyning tadqiq etishiga qaraganda, Ashkoniylar sulolasi Ashk binni Dorodan boshlangan va davlatni jami o‘n beshta hukmdor bi- rin-ketm boshqargan. So‘nggi - Sosoniylar sulolasi hukmdorligi Ardas- her hukmronligidan boshlanib, Yazdigird hukmronligigacha davom etdi.
Doston muqaddimasi Ollohga hamd bilan boshlanib, «Aql vasfida bir necha so‘z» bobiga o‘tadi. Bu bobda Firdavsiy inson aql-zakovatini ulug‘laydi, Olloh ato etgan oliy idrok - bu aql ekani, kishiga aqli rah- namo bo‘lishi lozimligi, aks holda inson umrini afsus-nadomat bilan o‘tkazishi haqida o‘git beradi. Shu bilan birga, insoniyatni aql bilan ish tutishga, donolardan ibrat olishga da’vat etadi:
Hamisha aqlingni rahnamo etgil,
Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.
Yo‘l izla donolar suxani tomon,
Dono so‘zin takror etib, kez jahon
(Sh.Shomuhamedov tarjimasi)
Muqaddimadan so‘ng dostonni uch qismga boMsh mumkin. Doston afsonaviy qism, qahramonlik eposi va tarixiy bo‘limlardan iborat bo‘lib, qadim zamonlardan to arablar istilosiga qadar bo'lgan Eron tarixini qam- rab oladi. «Shohnoma»ning asosiy g‘oyasi ona Vatanni jondan sevish- ga da’vat, bosqinchilarga qarshi kurashish uchun mamlakatda birlik va yakdillikni targ‘ib qilishdan iboratdir. Bu asar, asosan, Eron va Turon xalqlari o‘rtasidagi kurash voqealariga bag‘ishlangani bilan emas, bal- ki Qayumars, Hushang, Jamshid, Kovai ohangar, Zahhok kabi bir qator afsonaviy va tarixiy obrazlar orqali yer yuzida yaratilgan barcha narsa- lar insoniyat uchun ekanini, hukmdorlar o‘z qo‘l ostidagi insonlaming manfaati uchun mas’ulligini aytmoqchi bo‘lgan edi. Shuningdek, hukm- dorlaming takabburligi, xalqqa o‘tkazgan zulmi oxir-oqibat mamlakat vayronagarchiligiga va toj-taxtning qulashiga sabab bo‘lishiga ishora qiladi. Jumladan, Qayumars afsonasiga e’tibor beraylik. Qayumars - yer yuzidagi birinchi podshoh, u o‘ziga hashamatli saroy qurmadi, balki manzilini tog‘ ichiga o‘mashtirdi; serhasham, qimmatli liboslar kiymadi, balki yolbars terisini chopon qilib kiyardi. Ayni zamonda:
U boshlab insonni qildi parvarish,
Yangilandi kiyim-kechak va yemish...
Ne turli jondor bor olamda, bari
Orom istab kelar Qayumars sari.
Odamlar egilib o‘par taxtini,
Barchasi shu taxtdan topar baxtini...
Keyingi voqealar Qayumarsning o‘g‘li Siyomak va nabirasi Hu­shang bilan bog‘liq kechadi. Qayumars jamiki insoniyatga orom bergan bo‘lsa ham, yer yuzida hali yovuzlik bor edi. Yovuzlik timsoli dev Axri- man Siyomakni o‘ldiradi. Endi Qayumarsning qo‘shini lashakrboshisiz qoldi. 0‘g‘lining o‘limidan dunyo ko‘ziga tor ko‘ringan Qayumars bir yil aza tutdi. Bir yildan so‘ng Ollohdan shunday payg‘om keladi: «Endi sen dev Axraman to‘dasining kulini ko‘kka sovur, kimning dilida o‘ch olo- vi bo‘lsa, sen suv sepib o‘chir». Qayumars ham, yomonlaming boshiga yomonlik yog‘ilsin, deb ont ichdi. Qayumars nabirasiga - Siyomakning o‘g‘li Xushangga lashkarga bosh bo‘lib dev Axrimanga qarshi yurish qilishni maslahat berdi. Xushang va bobosi Qayumars jangga lashkami ergashtirib, birga jo ‘nadilar. Xushang Axrimanni tutib, «tuproqqa uning boshini qordi». Shu voqeadan keyin Qayumarsning umri ham nihoyasiga yetdi. U o‘ttiz yil podshoh bo‘lgan edi.
Abu Rayhon Beruniy Qayumars afsonasini quyidagicha bayon qi- ladi:
Tangri Axramanning ishi xususida hayron bo'lib, peshanasi terladi. U temi sidirib tashlagan edi, undan Qayumars paydo bo‘ldi. Tangri uni Axramanga qarshi yubordi, u Axramanni yengib minib oldi va lining ustida olamni aylantirishga tushdi. Nihoyat, Axraman Qayumarsdan eng yomon ko‘radigan va eng qo‘rqinchli narsasini so'radi. Qayumars unga jahannam darvozasiga yetganda qattiq qo'rqishini aytdi. Axraman jahannam darvozasiga yetgach, hiyla qilib o‘ynoqlay boshladi, oxiriyo Qayumars uning ustidan yiqilib tushdi. Axraman uning ustiga chiqib oldi va Qayumarsdan: «Qaysi tomoningdan yeyishga boshlay?» deb so'radi. Qayumars o‘zining aytganiga Axramanning muxolif bo‘lishini bilib: «Oyoq tomonimdan yeyishga boshlagin! Olam husnini bir muddat ko‘rib turay», - dedi. Axraman uni bosh tomonidan yeyishga boshlab, moyagiga va erlik urug‘i idishi turadigan joyga yetganda, undan ikki tomchi erlik suvi yerda tomdi-da, yerdan ikki tup rovoch ko‘karib chiqdi. Rovochlar o‘rtasidan Misho va Mishona tug‘ildi. Bu ikkisi eronliklar nazdida Odam va Havo o‘mida bo‘lib, ulami Malhiy va Malhiyona ham deydilar. Xo- razm otashparastlari ulami Mard va Mardona deb ataydilar74.
Ko'rinib turibdiki, Qayumars haqidagi ikki afsona tamomila bir- biridan farq qiladi. Zotan, afsonalar turli joylarda har xil mazmun o‘zgarishlariga uchrashi tabiiy. Ammo har ikki afsonada ham Qayumars yer yuziga ezgulikni olib kelgan afsonaviy obrazdir.
«Shohnoma»dagi yorqin obrazlardan biri Jamshiddir. Jamshid yetti yuz yil hukmronlik qildi. Firdavsiy Jamshid qilgan xayrli ishlami mufas- sal bayon qilib, barcha yaxshilik amalga oshib, davlat barqaror, xalq bax- tiyor, hamma shod-xurram yashar edi, deb tasvirlaydi. Bir kuni Jamshid jamiki odamlami yig‘ib, ularga shunday dedi:
Jahonda hunar mendan boshlanadi,
Shohlik taxti mendan nomdomi ko‘rmagan,
Jahonni men yaxshilik bilan bezadim,
Men qanday xohlagan bo‘lsam, shunday boylik paydo bo‘ldi.
Hamma narsani men yaratganman, bilingiz,
Meni dunyoni yaratuvchi deb tanish kerak.
Bu xitobga odamlar bir so‘z deya olmadi. Xalq g‘ala-g‘ovur qilib, har tomonga tarqalib ketdi. Shohning atrofidagi kishilar turli tomonga yoyilib ketdilar. 0‘zini Xudo deb faraz qilgan podshoh yo‘qlikka yuz tutdi. Jamshidning o‘zini Xudo deb e’lon qilgani uni manmanligi, o‘ziga behad bino qo‘yib yuborganligi tufayli kelib chiqqani ko'rsatiladi.75
Jamshid haqidagi afsona «Avesto»da ham bor. Tabariy, Beruniy, Navoiylar ham Jamshid to‘g‘risida mufassal ma’lumot berganlar.
Savol va topshiriqlar

  1. “Ilk uyg‘onish davri” tushunchasi nimani anglatadi?

  2. Xorazmiy tabiiy fanlarga oid qanday asarlar yaratdi?

  3. Ahmad Farg‘oniyning yaratgan ilmiy asarlari haqida so‘zlab be­ring.

  4. Forobiyning musiqa va she’r san’atiga oid asarlari haqida so‘zlab bering.

  5. Ibn Sinoning badiiy adabiyotga oid qanday asarlari bor?

  6. Rudakiy 0‘rta Osiyo adabiyotida qaysi janrlarda ko‘p ijod qildi?

  7. Rudakiyning ruboyilaridan birini tahlil qiling.

  8. Firdavsiy yaratgan adabiy muhit haqida so‘zlang.

  9. “Shohnoma” asarining mundarijasi haqida qisqacha aytib bering.


Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling