O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Beruniy foydalangan tamoyillar va manbalar


Download 2.59 Mb.
bet48/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Beruniy foydalangan tamoyillar va manbalar. Bemniy bir vo- qeadan ikkinchisiga, bir dalildan birdaniga boshqasiga o‘tib turadi, ba- yonda bir xillikdan qochadi. Hatto “Geodeziya”, “Qonuni Ma’sudiy”, “Mineralogiya” singari ilmiy asarlarida ham shu yo‘lni tanlaydi: o‘mi- o‘mi bilan qiziqarli voqealardan, hikoyatlardan, o‘zining she’rlaridan keltiradi. Shuningdek, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”da ri­voyat va afsonalar ishlatishda ham shunday yo‘l tutadi. Bemniy ilmiy asarlar tamoyilidan chekinayotganini biladi. Ammo bu usul kitobxonni asarga olib kirishda, asar mazmuniga va mohiyatiga jalb qilishda muhim vosita ekanini biladi. Bu haqda Beruniyning o‘zi shunday deydi: “Garc- hi biz [bu kitobning] ba’zi joylarida turli fanlarga o‘tib, bayonimizga aloqasi uzoq [masalalarga] kirishib ketsak ham, bu gapni cho‘zish va ko‘paytirish maqsadida emas, balki o‘quvchini zeriktirmaslik uchundir. Chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. [O‘quvchi] fandan fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi, birini ko‘rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u kishi «har bir yangi narsada lazzatbor» deyilganidek, ulami [ko‘rishga] qiziqadi va ko'zdan kechirishni istaydi” (Beruniy. Yuqoridagi asar, 105-b.)
Beruniy shundan so‘ng Odam, uning o‘g‘illari va shajarasi haqidagi rivoyatlami jadval shaklida keltiradi. Beruniy uchun ishonchli manba - yahudiylar Tavroti. U Tavrotning uch nusxasini qiyoslab, ular o‘rtasidagi ixtiloflami aniqlaydi. Bular: 1) mualliflar bayonidagi ixtiloflar; 2) diniy kitoblardagi ixtiloflar.
Birinchi inson haqidagi afsonalar dunyo xalqlarining ko‘pida yara- tilgan. Odam va Havo, Mard va Mardona, Malhiy va Malhiyona, Misho va Mishona haqidagi afsonalami Beruniy hikoya qiladi. Birinchi insonni inkor qiluvchilar ham bo'lgan. Beruniy, shomonlaming qarashi shunday bo‘lgan edi, deb yozadi.
Beruniy rivoyatlami asariga kiritganda, albatta, saralash tamoyiliga ham rioya qiladi. Shu bois rivoyatlarga tanqidiy nuqtai nazardan yondas- hadi. Olzi tanlagan tamoyillar asosida o‘zidan oldin o‘tgan olimlaming tarixiy asarlarini qo‘rqmasdan tanqid qiladi. Uning saralash tamoyili shundan iborat ediki, manbalami tahlil qilganda, rostday ko'ringan, le- kin isbotsiz rivoyatlami o‘zi tekshirib ko‘rmaguncha ularga ishonmaydi.
Darvoqe, “isbotsiz rivoyatlar” Beruniyning qarashicha qanday xu- susiyatlarga ega? Beruniyning zukko va sinchkov adabiyotshunos sifa- tidagi xizmatlari ana shu o‘rinlarda ayon bo‘ladi. Buning ustiga, Beru­niy har bir manbaga, dalilga xolis qaraydi. Uning uchun diniy aqidalar to‘siq emas, uning uchun aqlning va bilimdonlikning o‘zi kifoya emas. Bemniyning o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi va amal qilgan tamoyili shuki, u dalillami saralab olish va qiyoslash yo‘lidan ketadi va buni quyida- gicha izohlaydi: “...mendan so'ralgan narsaga yetkazuvchi vositalaming eng muhimi - qadimgi millatlar haqidagi rivoyatlar, о ‘tmish avlodlar to‘g‘risidagi xabarlarni bilishdir (ta’kid bizniki - N.R.j, chunki bular- ning ko‘pchiligi u millatlar avlodidan va ulaming rasmu rusum va qo- idalaridan iboratdir. Aqliy [narsalardan] dalil keltirish, kuzatilgan [nar- salarga] qiyos qilish yo‘li bilan u xabarlami bilib bo'lmaydi. Buni faqat “kitob ahllari” (iudaizmga va xristianlikka, zardushtiylikka e’tiqod qi- luvchiiar-N.R.) va turli din arboblariga, shu [e’tiqodlarga] amal qiluvchi har bir maslak va ishonch egalariga ergashish, ulaming tushunchrlrrini hamisha asos tutish bilan bilinadi. So‘ngra buni ko‘pchilik kishilaming tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko‘rishga im- kon bermaydigan omillardan o‘zni tozalagandan keyin, ulaming isbot uchun keltirgan so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilina­di. Ana shu aytib o‘tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi yo‘l va bunga dog‘ tushiruvchi shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng kuchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib zo‘r mashaqqat cheksak ham, o‘shandan boshqa yo‘l bilan maqsadga erisholmaymiz” (Beruniy. Yuqo- ridagi asar, 40-b.).
Darvoqe, Beruniy aytgan “yomon axloq”, “haqiqatni ko‘rishga im- kon bermaydigan” narsalar nimalardan iborat? Bular, shubhasiz, inson- ning o‘jar xulqi, kaltabinligi, faqat o‘z bilganlariga suyanib qolish, bosh- qalarning fikr-qarashlari, ayniqsa, ishonchli manbalar7 mensimaslikdir.
Beruniy suyangan tamoyillardan biri manbadir. Beruniy bu o‘rinda islom manbalari bilan birga, “kitob ahllari”ning, turli din arboblarining so‘zlari, ular keltirgan rivoyatlaming ishonchliligini ta’kidlamoqda. Chunki yozma manbalarda saqlangan rivoyatlar, qaysi diniy oqimga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, ishonchli. Jumladan, Beruniy yana bir “kitob ahllari” - zardushtiylar davridan davom etib kelgan Mehrjon va Navro‘z bayramlari to‘g‘risida so‘z yuritganda, bu bayramlar bilan bog‘liq rivoyatlaming 0‘rta Osiyodan tashqarida - arablarda joriy eti- lishiga oid qiziq rivoyatlami bayon qiladi. Har ikkala bayramni tarixda podshohlar tomonidan o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlami Beruniy hiko- ya qilar ekan, bu tamoyilni hukmdorlar o‘zgartirishga jur’at qilmaganlari sababiga dalillar keltiradi. Bemniy hukmdorlar tilidan, azaldan davom etib kelgan odatlami o‘zgartirish - xalqlaming o‘tmishdagi udumlariga qarshi borishdir, deydi. Bu haqdagi rivoyatlar orqali Bemniy hamma xalqlar yaratgan udumlar, inonchlar muqaddas va ulami hurmat qilish zarur ekanini uqtiradi. Beruniy bu haqdagi rivoyatlami ishonchli manba- lardan keltiradi. Mana, bir misol:
Abu Bakr as-Suliy76 “Varaqlar kitobi”da bayon etishicha va Ham­za ibn al-Hasan al-Isfahoniyning77 Navro‘z va Mehrgonga (Mehrjon demoqchi - N.R.) tegishli she’rlar haqidagi risolasida tavsif etilishicha, bu tarixning barpo etilish sababi mana bunday bo‘lgan: Al-Mutavakkil78 o‘zining saydgohlaridan birini aylanib yurganda, hali yetilmagan va o‘rib olinmagan ekinzorga ko‘zi tushdi va “Ubaydulloh ibn Yahyo79 xalqdan xiroj yig‘ishni boshlash uchun mendan mxsat so‘rayapti; ko‘rib turibmanki, [hali] ekinlar ko‘karib yotibdi. Odamlar xirojni qayoqdan olib beradi?” dedi. Unga: “Bu odamlarga zarar keltirdi, ular [xirojni vaq- tidan oldin to‘lash uchun] qarz olmoqdalar, vatanlarini tashlab ketyap- tilar, shikoyat va dodu faryodlari ko‘payib ketdi”, deb javob berishdi. Al-Mutavakkil: “Bu narsa mening davrimda paydo bo‘ldimi yoki ilgari- dan shunday bo‘lganmi?” deb so‘ragandi: “Yo‘q, balki Eron podshohlari Navro‘z vaqtida xiroj talab qilishni joriy etib, arab podshohlariga yo‘l ko‘rsatdilar. Ana shunga asoslanib bizda ham talab qilinadi”, deb javob berishdi. Al-Mutavakkil mubadni80 chaqirib, unga: “Bu to‘g‘rida gap ko‘paydi, men eronliklar rasmu rusumidan nariga o‘tolmayman. Ular ehsonli, xalqparvar bo‘la turib, qanday qilib fuqarodan [bevaqt] xiroj olishga boshladilar? Nima uchun g‘alla va ekinlar yetilmagan shunday vaqtda xiroj talab etishga ruxsat berganlar?” dedi. Shunda mubad: “Ular talabni Navro‘z vaqtida boshlasalar ham, xiroj g‘allalar yetilgan vaqt­da kelar edi”, deb javob berdi. Al-Mutavakkil: “Bu qanday bo‘lar edi?” deb so‘radi. Shu vaqt mubad unga eron yillarining holini, miqdorini va qo‘shimchaga ehtiyojini bayon etdi. Keyin voqeani tushuntirib, eronliklar yillariga qo‘shimcha qo‘shar edilar, islom [dini kirib] kelgach, bu bekor qilindi va bu xalqqa zarar keltirdi. Dehqonlar Hishom ibn Abdulmalik zamonida Xolid al-Qasriy81 82 huzuriga yig‘ilib, bu voqeani bayon etdilar va undan Navro‘zni bir oy keyinga surishni so‘radilar. Xolid qabul etma- di va bu haqda Hishomga xat yozib, xatida: “Bu ish Xudoyi Taoloning “Nasiy - [keyinga surish] kofirlikni orttirishdir”, degan so‘zidan sanal- masa deb qo'rqaman”, deb xabar berdi. Ar-Rashid davri kelgach, odam- lar Yahyo ibn Xolid ibn Barmaq57 huzuriga yig‘ilishib, undan Navro‘zni ikki oy keyinga surishni so‘radilar. Yahyo shunday qilmoqchi bo‘ldi, lekin dushmanlari bu haqda gap ko‘tarib: “U majusiylikka yopishyapti”, dedilar. Yahyo o‘z qaroridan qaytdi va ish [eski] holicha qoldi (Beruniy. Yuqoridagi asar, 67-68-b.).
Keltirilgan rivoyat islom dinining 0‘rta Osiyoda ilk yoyila boshla­gan davriga va hukmdorlar bu o‘lkadagi azaliy bayramlarning mohiya- tini anglab olishga intilgan davrlarni aks ettiradi. Bu rivoyatni Beruniy birlamchi manbadan - milodiy IX asrga oid tarixiy asardan olgan (asar muallifi Abu Bakr as-Suliy 946-yili vafot etgan). Xo‘sh, bu rivoyatni qaysi davrga oid deb qaraymiz? XI asrga oid rivoyat deb qarash ke- rak. Chunki Beruniy birlamchi manbadan olgan bo'lsa ham, XI asrdagi - G‘aznaviylar davridagi tarixiy voqealarga aniqlik kiritish uchun qadim zamonlarda paydo bo‘lgan rivoyatdan foydalangan.
Beruniy bu kabi tarixiy rivoyatlami keltirar ekan, hujjatlilik, tarixiy voqealarga urg‘u berish asosiy o‘rin egallaydi. Agar diqqat bilan e’tibor berilsa, yil hisobi munosabati bilan keltirilgan bu rivoyatlarda ma’lum bir izchillik ko‘zga tashlanadi. Bemniy rivoyatlami asariga olib kirishda, ulardan hujjat sifatida foydalanishda shunday yo‘l tutadiki, rivoyatlar- ning hududi, davri o‘z-o‘zidan guruhlarga bo‘linib qoladi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling