O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet52/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Qo ‘shiq terminini Yusuf “ashula” ma’nosida emas, balki qadimgi turkiy yozma va og‘zaki adabiyotning tuzilishida asosiy qismlar bo‘lgan kantilen ma’nosidagi adabiy termin sifatida qo‘llagan. Bu terminda, yuqorida aytganimizday, “Qutadg‘u bilig”ning tuzilishi o‘z aksini top- gan. Har bir fasl va bu fasllarda qo‘yilgan masala yakuniga yetib, har bir faslga nisbatan Yusuf qo Shiq terminini ishlatgan. Asardagi har bir qo‘shiqning tuzilishi va tarkibini aniq tasawur qilish uchun “Elig xoqon O‘gdulmishga pand berishini aytadi” bobiga murojaat qilaylik.
Mazkur fasl, ya’ni qo 'shiqmng boshlanmasi elig va O‘gdulmishning ilk bor suhbatidan hamda eligning 0‘gdulmishga tasallisidan boshlana- di. Bu bobning boshlanmasidan - eligning 0‘gdulmishga bergan nasi- hatidan keyin voqealar rivoji boshlanadi. Bobdagi voqealar rivoji -ota- si Oyto‘ldi vafotidan oldin eligga yozgan nomasini 0‘gdulmish eligga bergandan keyin, elig Oyto‘ldini eslaydi, undan minnatdorligini izhor qiladi, uning haqiga duo qiladi, 0‘gdulmish elig xizmatiga kiradi, u ota- sining pand-nasihatlariga rioya qilib, baxtiyor bo‘lib, eligning ishonchini va hurmatini qozona boradi, elig turli savollar bilan 0‘gdulmishning bili- mini sinab ko‘radi, elig 0 ‘gdulmishga pand berib, odamgarchilik yuksak fazilat va shu fazilatga qat’iy rioya qil, deb o‘git beradi, beklar o‘zlariga yaqin tutadigan odamning iqboli haqida so‘z ketadi, elig 0‘gdulmishga ishonch bildirib, o‘ziga vazir qilib oladi, 0‘gdulmish aql-zakovati bilan eligga xizmatga kirishadi va h.
Bu singari pand-nasihatlar bitta qo ‘shiqda mujassamlashgan. Bu faslda keltirilgan to‘rtlik Yusufning ijodidan bo‘lib, elig va 0‘gdulmish o‘rtasidagi suhbatga yakun yasayotganday bo‘ladi. 0‘gdulmishni elig o‘z xizmatiga olar ekan, uning otasi Oyto‘ldi va 0‘gdulmishning o‘zi kabi zakovatli odamlar nihoyatda kam ekanidan Yusuf afsus chekadi va quyidagi to'rtligini keltiradi:
Yurig’li korurman yarag’lisi yoq,
Yarag’li bulunsa yurig’lisi yoq.
Qalin bod qarabash yumitti okush,
Talimda tilasa tosulg’usi yoq.
(Yuruvchilami (ko‘plab) ko‘raman, yaraydigan yo‘q, Yaroqlisi topilsa-chi, u yurmaydi (umri qisqa bo‘ladi). Talay xizmatkor va qullar ko‘plab yig‘ildi, Shu ko‘pchilik ichidan axtarsang, foydalisi yo‘q.)
Fasl so‘ngida 0‘gdulmishning aql-zakovati, kechayu kunduz qilgan xizmatlari tufayli elig ko‘p tashvishlardan xoli bo‘lgani, mashaqqatlari arigani, eligning yuklari yengillashib, xalqqa ko‘p manfaat yetkazadigan bo‘lgani bayon qilinadit.
Yusuf qo ‘shiq janri qoidalariga rioya qilgan holda, o‘zidan oldin o‘tgan donishmandlaming yoki shoirlaming o‘gitlaridan istifoda etadi va faslning umumiy mazmuniga singdirib yuboradi. Qo ‘shiq janrining ta- lablari ham shunday - shoir faqat bosh qahramonlar elig va 0‘gdulmish haqida emas, balki o‘tmishdagi salaflarini, tarixiy yoki afsonaviy qahra­monlar haqidagi voqealardan ham biron yo‘sinda foydalanadi, Qo‘shiqni yakunlash uchun bu singari voqealar muhim vazifa bajaradi.
Mana shu voqealardan so‘ng qo ‘shiq bir mustaqil asar singari ya- kunlanadi. Qo‘shiq janriga xos bu xususiyat qolgan hamma qo‘shiqlarda ham o‘z ifodasini topadi.
“Qutadg‘u bilig” yo‘nalishi va maqsadiga ko‘ra, didaktik asar. O‘z davrining, turli toifa odamlaming komil, sog‘lom va illatlardan xoli ja- miyat bo‘lishi uchun yo‘l-yo‘riq ko'rsatadigan pandnoma. Har bir toifa- ga mansub odam - hukmdordan tortib oddiy fuqarogacha go‘zal xulqli, rostgo‘y bo‘lishi lozim.
Yusuf hamma toifaga bir xil andazada yondashmaydi. Uning turli toifaga qo‘ygan talablari bir-birini takrorlamaydi. U quyidagi toifalarga tavsif berar ekan, har bir toifaning qiyofasini ham, ichki olamini ham kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalantiradi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling