O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Ohkim, devona ko‘nglum mubtalo bo‘ldi yana


Download 2.59 Mb.
bet205/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Ohkim, devona ko‘nglum mubtalo bo‘ldi yana,
Bu ko‘ngulning ilkidin jong‘a balo bo'ldi yana.
Mavlononing yoshi to‘qsondan o‘tubdur. Bu matla aningdurkim:
Dilbaro, sensiz tiriklik bir baloi jon cmish
Kim, aning dardi qoshida yuz o‘lum hayron cmish”.
(Alisher Navoiy. MAT. 13-tom, 105-b.)
Majolis un-nafois” yozilayotgan paytda Gadoiy to‘qson yoshda bo‘lgani e’tiborga olinsa, u 806 (1403-1404) yilda tug‘ilgan deb aytish mumkin.
Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn”da iste’dodli turkigo‘y shoirlar Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoyi, Muqimiy, Yaqiniy, Yusuf Amiriy, Lutfiy kabilar to‘g‘risida so‘z yuritganda, Gadoiyni ham zikr etadi (Alis­her Navoiy. MAT.16-tom, 35-36-b).
Gadoiy butun umri davomida Hirotda yashagani uning she’rlaridan sezilib turadi. U naqshbandiya tariqatiga mansub bo‘lgani uchun ham “Gado” taxallusini qo‘llagan. U bir g'azali maqta’ida yozadi:
Agar sen husn elining xonidursen,
Jahonda dog‘i mendek bir Gado yo‘q.
Gadoiy g‘azallarining aksariyati 5 va 7 baytdan iborat.
Gadoiy ijodi yevropa olimlari nigohida. Gadoiy ijodi to‘g‘ris‘da dastlab Muhammad Fuod Ko‘purilizoda ma’lumot bergan. U 1914-y‘l‘ XV-XVI asrlardagi turkigo‘y shoirlar ‘jodiga bag‘ishlangan “IX va X asrlardagi chig‘atoy shoirlari” (bu o'ritida asrlar hijriy yil hisobi bi­lan berilgan) nomli maqolasida Gadoiyni ham yo‘l-yo‘lakay tilga olib o‘tadi. Ko‘purilizoda ham Navoiyning “Majolis un-nafo‘s” va “Muho­kamat ul-lug‘atayn” asarlaridagi ma’lumotlarga tayangan holda so‘z yu- ritgan. Fransuz sharqshunosi E. Bloshe 1932-yili Parijda nashr etilgan turk qo‘lyozmalari katalogida Gadoiy devoni qo‘Iyozmasining XVI asr boshiariga oid noma’lum kotib tomonidan ko‘chirilgan yagona nusxa- si to‘g‘risida xabar bergan edi. Vengriyalik turk о log olim Ya. Ekmann ham Gadoiyning shu katalogdagi qo‘lyozmasi to‘g‘risida ma’lumot ber­gan (“Turk tili va adabiyoti jumali” jumali, 1960, 10—son). Ya. Ekmann mazkur devondan 48 g‘azal, 1 qasida va 1 mustazodni tanlab olib nashr ettiradi. 0‘zbekistonda Gadoiy ijodi yuzasidan birinchilardan bo‘lib E. Rustamov tadqiqot ishlari olib bordi. Filologiya fanlari nomzodi E.Ahmadxo‘jaev tadqiqot olib borish bilan bir qatorda, shoirning dcvo- nini ham 1975-yili nashr qildi.
Gadoiyning devoni qo‘lyozmasi va g‘azallarining mavzu ko‘lami. Gadoiyning devoni qo‘lyozmasi Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo‘lyozma hajmi 66 varaq bo‘lib, shoirning 230 g‘azali, ' qasidasi, 1 mustazodi va 5 to‘rtlikdan iborat. Devondagi Gadoiy merosi-

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling