Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Download 0.6 Mb.
bet48/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

Savol va topshiriqlar:
1. Ertak janrining o‘ziga xos belgilarini aytib bering.
2. O‘zbek ertakchilari va ularning ijrochilik an’analari haqida nimalarni bilasiz?
3. Ertak turlarini sanang, misollar keltiring.
4. Ertaklardagi ramzlar haqida ma’lumot bering. Fikrlaringizni biror ertak tahlili misolida bayon eting.
5. Qardosh xalq ertaklari haqida nimalar bilasiz?


Adabiyotlar:
1. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 2010. – 368 b.
2. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so‘z», 2010.
3. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. T., 2005.
4. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009 yil.
5. Kulsa–gul, yig‘lasa–dur/Ertaklar.–T.,1983
6. Oltin beshik/Ertaklar.–T.,1985
7. Jalolov G‘. O‘zbek xalq ertaklari poetikasi. –T.,1976
8. Eshonqul J. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. – Toshkent: Fan, 2011.
9. Turdimov Sh. Hikmat xazinasi. Toshkent: O‘zbekiston, 2016.
10. Introduction to Folklore. London, 2008. Page7
9-MAVZU. QOʻSHIQ: MEHNAT QO‘SHIQLARI VA TERMALAR


Reja:
1. Qo‘shiq va lirika atamalari haqida ma’lumot.
2. Mehnat qo‘shiqlari, ularning turlari.
3. Termalar va ularning o‘ziga xos xususiyati.


1. Qo‘shiq va lirika atamalari haqida ma’lumot. Qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining lirik turiga kiruvchi eng ommaviy, keng tarqalgan, faol turi hisoblanadi. Xalq lirikasi janrlari uchun ham folklorga xos yetakchi xususiyatlar: og‘zakilik, ommaviylik, an’anaviylik, variantlilik, anonimlik birdek tegishlidir. O‘zbek xalq lirikasi namunalari marosimlar tarkibida va mustaqil ijro etiladigan qo‘shiqlardan iborat bo‘lib, janriy jihatdan: to‘y va motam qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, allalar, termalar, ishqiy-maishiy lirik qo‘shiqlar, bolalar folkloriga ajraladi.
Lirik asarlarda inson hayoti uning turmush lahzalari ta’sirida ko‘nglidan o‘tgan kechinmalari qo‘shiqlarda o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi.
Xalq lirikasi spetsifikasi, poetikasini va ularning xalq marosimlari, urf-odatlarni va alohida ijro jarayonlaridagi o‘rnini, har bir qo‘shiq tarkibidagi badiiy ifoda vositalari: ramz hamda obrazlar tizimi xususida to‘xtalishdan, avval, qo‘shiq, ashula, lirika atamalariga munosabat bildirish lozim.
Ashula atamasi qo‘shiqning biror cholg‘u sozi bilan ijrosi va bevosita qo‘shiq ma’nosida ham qo‘llaniladi. Musiqashunoslar tili bilan aytilsa, ijro jarayonida avjga ega namunalar ashula, avji yo‘qlari esa qo‘shiq deb yuritiladi.
Adabiyotshunoslik va folklorshunoslikda lirika atamasi keng qo‘llanilib kelinadi. Lirika – yunoncha «lira» deb yuritilgan cholg‘u asbobi nomidan olingan bo‘lib, kuylanadigan asarlarni bildiradi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling