O’zbek estrada san’atining shakllanishi
Download 0.71 Mb.
|
Normurodova Mavluda Kurs ishi original
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Yalla» ansambli
Rа'по Sharipova, O'zbekiston teJeradiokompaniyasining Estrada-simfonik orkestrining yakkaxon xonandasi, sifatida faoliyat olib boradi. Xonanda R.Sharipova professional ijrochi sifatida ilk bor O'zbekiston kompozitorlari G'.Qodirovnmg «Ayajonim koyimang» (S.Zunnunova), X.Izomovning «Kim o'zi?» (E.Rahim) Sh.Ramazonovning «Gulchi qiz» (M.Qoriyev) kabi estrada qo'shiqlarini ijro etib tinglovchilar e'tiboriga tushadi. So'ngra u yillar davomida kompozitorlar shoirlar bilan hamkorlikda turli mavzularda rang-barang qo'shiqlar yaratadilar. I.Hamroyevning «Rubobim» (O.Muxtor), Ye.Jivayevning «Dilbarim, dilkashim, dilbarim» (O.Muxtor), E.Shvarstning «Двое журавлей» (A.Faynberg); A.Berlinning «С новым годом» (R.Farhodiy), B.Umidjonovning «Oshiq» (Jomiy), «O, yulduzlar» (M.Qoriyev); D.Saydammovaning «Seni o'ylayman» (M.Muhamedov); D.Ilyosovning «Seni o'ylaganda» (S.Zunnunova), kompozitor E.Qalandarovning 30 dan ortiq qo’shiqlarini ijro etdi.
O'zbekiston teleradiokompaniyasining Estrada-simfonik orkestri ijodiy faoliyati keng ommalashadi. Bir qator xonandalar ijro amaliyotida estrada xonandalari sifatida dovriq qozonadilar. M.Shamayeva, R.Sharipova keyinchalik Pavel Borisov, Nadejda Churadayeva, Ra'no Sobirova, Malika Alimova, Leonid Makeyev, Kozim Qayumov va Shaxboz Nizamutdinov kabi xonandalar samarali faoliyat olib bordilar. Orkestrning birinchi rahbari kompozitor E.Salixov, so'ng Yevgeniy Jivayev, Doni Jyosov, Anor Nazarov va 1996-yiIdan buyon kompozitor Alisher Ikromov rahbarlik qilib kelmoqda. «Yalla» ansambli (VIA) 1970-yiIi tashkil qilindi. i971-yi]ning 9-fevralida «Yalla» vokal-cholgu ansambli o'zining ilk konsert dasturini tomoshabinlarga havola qildi. «Yalla» ansambli repertuarida qayta ishlangan o'zbek xalq qo'shig'i «Yallama-yorim», bastakor Orif (garmon) Toshamatovning «Andijon polkasi» (Sayyor) va yosh kompozitor E.Salixovniiig «Qiz bola» (P.Mo'minj qo'shiqlari tomoshabinlar e'tiborini o'ziga tortdi va xalq orasida keng ommalashdi. Tez orada «Yalla» o'zining yorqin ijrochilik mahorati qiyofasiga, o'ziga xos ijodiy uslubiga ega boladi Ansambl repertuarini boyitlshda qo'shiqning milliy, sharqona bo'iishiga katla e'tibor berganliklari sababli, barcha yoshdagi tornoshabinlar ularning konstert dasturlarini qizg'in olqishlar bilan kutib oldilar, 1972-yili «Yalla» vokal-cholg'u ansambliga Farrux Zokirov badiiy rahbar etib tayinlangandan keyin ansamblning mavqei yanada ortdi. Xalq orasida unutilib yuborilayotgan an'anaviy o'zbek xalq qo'shiqlaridan «Yallama yorim», «Boychechak», «Handalak». «G'ayra-g'ayra», «Qilpillama», «Ganji qorabog4», «Sumalak». «Omonyor», «Torimning siri» (T.To'la) kabi qo'shiqlarga ansamb yangicha yondoshadi va zamonaviy ruhda talqin etadi. F.Zokinyv yaratgan «Andijonga boray dedim», «Men al-Xorazmiy», «Bolalik taronasi» (A.Xo'jayev), «Uchquduq» (Yu.Ertin), «Shahrisabz». «Yurt ishqida yonaman», «Majnuntol», «Sendan go’zali yo'q» kabi original qo'shiqlarni mohirlik bilan ijro etadi. O'zining faoliyat bilan, milliy an'analarni zamonaviy estrada talqinida alohida uslub yaratganligi va ijroda o'rnak bolganligi sababli o'zbek estradasinmg yetakchi jamoasiga aylanadi. 1979-yildan buyon «Yalla» ansamblida O'zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov rahbarligida, O'zbekistonda xizma ko'rsatgan artistlar Aliyev Abbos, To'xtavev Javlon, To’laganov Alisher va musiqa rahbari Qo'ziyev Sarvar kabi yuqori malakal san'atkorlar ijod qilib kelmoqdalar. Yosh kadrlar tayyoriash uchun 1978-yili «O’zbekkonsert» qoshida ikki yillik estrada-sirk san'at studiyasi, Hamza nomidag Toshkent davlat musiqa bilim yurtida estrada bo’limi tashkil etildi. Mazkur estrada bo’limi 1990-yili bilim yurti tarkibidan chiqarildi va maxsus Estrada-stirk bilim yurti tashkil topdi. 1996-yilda O'zbekiston davlat konservatoriyasida estrada fakulteti tashkil qilindi. 1977-yilning ikkinchi yarmida O’zbekiston davlati tomonidan har yili estrada san'ati ijrochiligi bo’yicha ko'rik-tanlov o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Qarorga asosan 1978-yildan boshlab har yili estrada san'ati bo'yicha respubllka tanlovirii o'tkazilib kelinadi. Eng avvalo ovozni erkin va to’liq chiqishini diapazonning o’rta qismida yangratishga erishish lozim. SHundan so’ng diapazoning yuqori tovushlarini kuylashga o’tish mumkin. Ish jarayonida ustozning idroki nihoyatda xushyor bo’lishi, tomoq siqilishi, artikulyatsiyaning noto’g’ri pozitsiyada ekanligi va xususan ovoz toliqishini o’z vaqtida payqab olib zarur choralar ko’rishi shart. Dars jarayonida talabada vokal mashqlarining barcha turlari “M” (yumuq) tovushdagi yopiq lablar bilan ochiq tarzdagi unli tovushlar hamda unli va undosh tovushlar birligida “legato”, “stakkato”, “arpedjio”, intervallar, gammalar, kichik kuylarni (popevka) kuylash va ulardan tegishli malakalar va ko’nikmalar shakllanishi lozim. Ma’lumki, har bir ustoz-o’qituvchi o’zining shaxsiy tarjibasi va nuqtai nazariga tayanib vokal mashqlari orqali ovozni rivojlantirishda xususiy ish uslubiga ega. Ushbu qo’llanmada umumlashtirib berilgan vokal mashqlardan va uslubiy tavsiyalardan unumli foydalanib, o’z ish uslubini takomillashtirish tavsiya etiladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling