O’zbek estrada san’atining shakllanishi
Istiqlol yillarida Estrada san’atinng namoyondalari
Download 0.71 Mb.
|
Normurodova Mavluda Kurs ishi original
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOTIR ZOKIROV (1936-1985)
2.2.Istiqlol yillarida Estrada san’atinng namoyondalari
Bugun o’zbek estrada qo’shiqchiligining asoschisi Botir Zokirov tavallud topgan kun. Botir Zokirov hayot bo’lganida ushbu kun 75 yoshga to’lardi. Botir Zokirovning kundaliklarini va Fotima Sharipovaning Zokirovlar sulolasi haqidagi “Abadiyat ibtidosi” kitobi yaratildi. Ta’sirli kitob. Jaholat borligi uchun ham yaxshi insonlarning, buyuk g’oyalarning qanchasi muallifining qalbida armon bo’lib qolib ketadi. Mazkur kitobda Botir Zokirovning kundaligidagi bitiklar havola qilingan. Nazarimda insonlardagi loqaydlik va befarqlik dunyomizni yanada ko’proq to’ldirmoqda, u go’yo zamonaviy san’atimizni aks ettirayotgandek. Tuzsizlik va kaltafahmlik, baxillik va ikkiyuzlamachilik-loqaydlik hukmidagi bosh illatlar mana shular. Iste’dodlilarni yerto’lalarga haydab u tantana qilmoqda, kulmoqda. Kimlarki zaifroq bo’lsa, ular dosh berolmasdan turli yo’llar bilan hayotdan ketayotir. Bir xillarning boshiga ichkilik yetmoqda, boshqa birlari kasbini o’zgartirmoqda, yana bir xillar o’z joniga suiqasd qilsa, to’rtinchi toifa yashash uchun moslashmoqda. Hayotimning qo’shig’in topolsaydim Dunyoda kishilarni olijanob, poklikka e’tib da’vat. Baxilligu tubanlik, xudbinligu riyoga, kurashlarga chorlasa meni u azalu abad. Tilimning soqovligi do’zax o’tidan yomon, U menga shivirlaydi. Yashamagin yaxshisi. Yashashga kuch topganlarga qanday hasad qilaman, Qanday topay men o’sha alam va haq sasini. Inson nega kuyga, qo’shiqqa oshufta? Navo og’ushida goho bor-yo’qligini ham unutib qo’yadi, nega? Kuy-qo’shiqda qanday sehr borki, ko’ngilda mehr uyg’otadi? Botir Zokirovning qo’shiqlarini tinglagan inson mana shu savollar girdobida qoladi. Goh milliy ohangdagi qo’shiqlardagi tug’yon, dardlarni tinglasak, goho arab, eron, hind, livan, meksikacha, italьyancha, suriyacha qo’shiqlarini tinglab mehr-muhabbat u qay millatdan bo’lishidan qat’iy nazar inson qalbiga bir xil dard solishini anglaymiz. O’zbek estrada san’atining asoschisi va yorqin yulduzi, O’zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning jahon musiqa san’atida o’z munosib o’rni bor. Tiniq, mayin, maftunkor ovoz sohibi bo’lgan bu ulug’ san’atkor betakror qo’shiqlari bilan o’ziga haykal qo’yib ketgan insondir. BOTIR ZOKIROV (1936-1985) O’zbek professional estrada san’ati asoschilaridan biri, dunyo tan olgan estrada yulduzi Botir Zokirov Toshkent shaxrida san’atkorlar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Karim Zokirov o’zbek opera san’atining sarbonlaridan biri, onasi SH. Saidova o’zbek xalq qo’shiklari, laparlari va yallalarining ajoyib ijrochisi edi. Umuman Zokirovlar oilasi o’zbek xalqining musiqa madaniyatiga salmoqli xissa qo’shgan sulola sanaladi. Bo- tir Zokirovning bolaligi, yoshligi, san’at muxitida tar- biyalanadi. Uning xotirasi va eshitish kobiliyati juda kuchli edi. Rasm chizishga, shexr yozishga ishkiboz edi. San’atda birinchi ustozlari otasi Karimjon aka, onasi SHoxista opa buldilar. U yoshlikdan qo’shikni dildan sevib kuylash ni odat qildi. Uning birinchi qo’shigi “Kaydasan, seni kutaman” deb atalgan va o’n to’rt yoshida “Majnun” deb nomlangan kartinani chizdi. 1952 yili Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakul’tetiga o’qishga kirdi. O’sha davrda estrada san’atida qaldirg’och sanalgan. “Yoshlik” estrada ansambliga qatnay boshladi. 1958 yilda shu ansambl bazasida O’zbekiston Davlat estrada orkestri tuzildi. Orkestrni tuzishda Botir Zokirov jonbozlik ko’rsatdi. Singlisi Luiza Zokirova bilan ushbu ansamblda ishlay boshladi. Orkestr Botir Zokirovning ijodiy yo’lini kat’iy belgilab berdi. 1957 yilda Moskvada o’tkazilgan o’zbek dekadasida mashhur arab kompozitori Dorish Al-Attoshning “Arab tangosi” qo’shigi birinchi marta yangradi va chaqmoq kabi Botir Zokirov nomini qo’shiksevarlar qalbiga olib kirdi. Bu kutilmagan omad, shuxrat va kelajakka ishonch edi. Bu qo’shiq xonanda dasturining mukaddimasi bo’lib qoldi va minglab nusxada plastinkalar chop etildi. 1959 yilda “Gullar ochilganda” badiiy filmida qahramonlardan birini obrazini yaratadi va qo’shiq ijro etadi. 1963 yilda esa “Seni izlaring” badiiy filmida shoir Turob Tula va kompozitor Ikrom Akbarovning “G’azli qo’shigi” yangradi. Keyinchalik Ikrom Akbarov bilan xamkorlikda “Qaro ko’zligim”, “Yor kel”, “Ey sarbon”, “Seni yo’qlab” singari mashhur qo’shiqlar dunyoga keldi. Botir Zokirovni ayniqsa, Moskvalik tomoshabinlar intiqlik bilan kutishardi. Mashhur kontsert zallarida chiptalar oylab oldindan sotilib bo’lardi. 1966 yili Moskva “Myuzik – xolli” bilan Parijga qilgan ijodiy safari xonandaga chinakamiga jahonshumul shuhrat keltirdi. Jahonga mashhur Olimpiya estrada teatri sahnasida 20 kun davomida kontsertlarda qatnashdi. O’zi sevib ijro etgan qo’shiklari katorida “Dust haqida qo’shiq”, “O’lkam qizi”, “Meni tashlab ketma” singari frantsuzcha qo’shiqlar ham bor edi. Ayniqsa, “Maro bebus” qo’shig’ini tomoshabinlar qaytalab aytdirishdi. Gastrolning so’ngi kunlarida kontsertlarning ikkinchi bo’limida faqat o’zi kuyladi. O’sha paytda Parij gazetalari Botir Zokirovni jahonning mashhur qo’shiqchisi Sharl Aznaur bilan tenglashtirib yozishdi. Oradan yigirma yil o’tib, o’zbekistonlik taniqli adiblardan biri frantsiyadagi safari chog’idagi bo’lgan uchrashuvda: “O’zbeklardan kimlarni bilasizlar-deb so’raganida, “SHoir Alisher Navoiyni, xonanda Botir Zokirovni”, deb javob berishgan ekan. Botir Zokirov turli tillarda qo’shik kuylardi. U boshqa xalqlar qo’shiklarini kuylashdan oldin o’sha xalqning tarixi, turmushi, madaniyati va san’atiga oid xar xil adabiyotlarni o’qib, o’rganardi. SHuning uchun ham ko’pgina xorijiy tillarda aytgan qo’shiqlari unga katta shuxrat olib keldi. Uni xindlar – “xind”, ruslar – “rus”, arablar – “arab”, frantsuzlar –“frantsuz”, deb atashardi. Vaholanki, u o’zbek xonandasi edi. 1972 yilda O’rta Osiyoda birinchi va sobiq ittifoqda uchinchi bo’lgan “Myuzik-xoll” guruhini tuzdi. “Myuzik-xoll” - bu estradaning eng yuksak chuqqisi hisoblanadi. U estrada ansambli, dramatik aktyor, tsirk artistlari, raqs guruhlari singari bir qancha janrlarni o’zida mujassamlashtirgan san’atdir. “Sindbod sayohati”, “SHarq bozori”, “Sharq ertagi”,“Toshkent to’yi” deb nomlangan dasturlari bilan respublikamizning turli shaharlarida, Moskvadagi “Rossiya”dagi “Oktyabr” kontsert zallarida oylab kontsertlar bergan. Botir Zokirov jahonning mashhur ijodkorlari CHingiz Aytmatov, Rasul Hamzatov, Nozim Xikmat, Yuriy Silantev, Iosif Kobzon, Mixail Ulyanov, Sergey Obraztsov, Tamaraxonim singari yozuvchi va san’atkorlar bilan mustahkam do’stlik va ijodiy aloqalar bog’lagan edi. Jahonning birinchi kosmonavta Yuriy Gagarin 1963-yil 31-dekabr kuni “Goluboy Ogonyok” yangi yil bazmida, diktorning “Eng sevimli xonandangiz kim?” degan savoliga: “Mening yaxshi ko’rgan qo’shikchim Botir Zokirov”, deb javob bergan edi. Fazogir Toshkentga kelganida Botir Zokirovni ko’rish istagini bildiradi va u gastrolda bo’lganligi sababli, uyiga kelib onasi SHoxista opani ko’rib ketadi. Botir Zokirov sehrli muyqalam sohibi sifatida o’zidan ko’plab betakror asarlar qoldirdi. “Majnun”, “Oqshom”, “Avtoportret”, “Buxoro manzarasi”, “Saraton”, “Moskva manzaralari”, “Krim manzaralari”, “Yolgizlik”, “Ko’cha”, “Anor pishganda” singari asarlari shular jumlasidandir. Xikoyanavis yozuvchi sifatida “Ona”, “Muysafit”, “Paxlavon”, “Etakchi”, “Tabassum» xikoyalari “SHark yulduzi2, “Guliston” jurnallarida chop etildi. Botir Zokirov o’zbek milliy estrada san’atini rivojlanishini jon dilidan istar edi. U faqat xalqona milliy estrada san’atini tarafdori edi va bu xaqda kuyinib matbuotda fikrlarini bildirar edi. SHu yo’lda tinimsiz izlanar edi. Umrining oxirgi yillarida ukasi F.Zokirov rahbar bo’lgan mashhur “Yalla” ansambli bilan birgalikda ijod kildi. U sahnaga qanday yonib chiqqan bo’lsa, umrini oxirigacha shunday yonib kuyladi. Xamisha har qanday vaziyatda iymoniga, e’tiqodiga, o’zligiga sodiq qoldi. Bu buyuk san’atkor o’zbek estradasiga asos soldi. Yoshlikdan chirmab olgan surunkali kasallik natijasida umri davomida olti marta jarroxlik stoliga yotdi va 49 yoshida olamdan o’tdi. Unga “O’zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berilgan, vafotidan so’ng Prezident I.K.Karimovning Farmoni bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. Uning nomida har yili yosh estrada xonandalarining ko’rik tanlovi o’tkazilib turiladi. Botir Zokirov kompozitorlardan Ikrom Akbarovning "Yor, kel", "Rahno", "Gazli", "Qaydasan", "Seni eslayman", Mutal Burhonovning "Maftun bo’ldim", "Namedonam, chinom dorod", Sayfi Jalilning "Majnun monologi", "Kechalari yulduz sanab", Enmark Solihovning "Kuz keldi yana" va boshqa qo’shiqlarini kuylab xalqimizning estrada sanhatiniga asos solgan va durdonalar bilan boyitgan. Zamonaviy estrada uslubida qayta ishlangan sharqu g’arb navolari sanhatkorning dovrug’ini jahonga yanada kengroq yoydi. Hindcha "Meychale", "Nechun xayolga cho’mding", "Dil orzusi", eroncha "Maro bebus", "Ayriliq qo’shig’i", livancha "Go’zal", meksikacha "Alvido, muhabbat", italьyancha "Yashasin muhabbat", suriyacha "O’tmishimga yig’layman", misrcha "Arab tangosi" kabi qo’shiqlarning har birini asl tilda, benazir ijro talqinida kuylagan. Botir Zokirovning muyqalam sohibi sifatida chizgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik ko’chasi", "CHor Minor" kabi jami 200 dan ortiq rangorang asarlari shinavandalarga yaxshi tanish. Adabiyot va shehriyat sohasida u bir qancha hikoya, ocherk va shehrlar, shuningdek, Ikrom Akbarov tomonidan bastalangan "Sug’d elining qoploni" operasi uchun libretto muallifi bo’lgan. Kinoaktyor sifatida Botir Zokirov yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindrat Tagor ("Olovli yo’llar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlarni yaratishga muvaffaq bo’lgan. Botir Zokirov ijodiga bag’ishlangan "Menga qo’shiq chizib ber", "Aytilmay qolgan qo’shiq", "O’sha, o’tgan kunlar" nomli hujjatli filimlar suratga olingan. Mashhur xonanda o’zbek estrada sanati dovrug’ini sobiq Ittifoq respublikalari, Frantsiya, Avstraliya, Germaniya, Kuba hamda Afrika qithasi mamlakatlarida keng yoydi. Botir va Luiza Zokirovaning dilbar qo’shig’i "Baxt qaydasan?" deb nomlanadi. Zamonaviy tilda aytilganda bu qo’shiq duet hisoblanadi. Botir Zokirov: Baxt qaerdasan, qani sening yorug’ qiyofang, - desa, Luiza Zokirova unga baxt qorli cho’qqilarda, daryolarda, kuylanayotgan qo’shiqlarda deb javob beradi. Qahramon tog’ cho’qqilariga ko’tariladi, daryolardan o’tadi, qo’shiqlar yaratdi- baxt o’zi qaydasan? SHunda Luizaning chuqur va uzoqqa chorlovchi ovozi aks-sado beradi: Men yoningdaman, Bazan qo’shiq yoki biror san’at asar taqdiriga aylanadi. XULOSA O‘zbek san’ati doirasida xalqining musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega, ko‘pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og‘zaki an’anadagi ustozona musiqa san’ati bu haqda guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi O‘zbekiston hududida Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan qadimgi svilizatsiya mavjud bo'lgan. Arxeologiya ma’lumotlari, tasviriy san’at asarlari (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan miniaturalar), sharqshunoslaming yangi tadqiqotlari va, nihoyat, o‘rta asrdagi Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan olimlarning musiqiÿ risolalari taijimasi o‘zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasawur qilishimizga yordam beradi. O‘zbek xalqi ajdodlaming musiqa sarchashmalari Markaziy Osiyo hududida yashagan qardosh xalq lar ijodi bilan mustahkam bogiangan. Bu musiqa asarían X-XI asrgacha (ya’ni, bu xalqlar faol chegaralangunlarigacha) o‘zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o‘zbek va tojik musiqa madaniyatlarining shakllanishi uchim umumiy asos bo‘lib xizmat qildi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o‘troq dehqonlar (sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko‘chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) qabilalar edi. Ular haqidagi ma’lumotlar “Avesto”da ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san’atining boshlanishi o‘sha davrlarga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san’ati dastlab sinkretik holatda bo‘lgani to‘g‘risida “Avesto” kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklar, turmushi, ulaming urf-odatlari, to‘y-tomoshalarining elementlaridanl guvohlik beradi. Yuksak salohiyati yunon, rim va xitoy manbalaridaj ham yakdillik bilan e’tirof etilgan. Ayrim ilmiy qarashlarga ko‘ra, Xorazm ko‘hna zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”ning vatani hisoblanadi. Tadqiqotlaming dalolat berishicha, “Aryanim Veyjo” deb ataluvchi “Avesto” makoni o‘zining qahraton sovug‘i, jazirama issig‘iga ega bo'lgan hamda yerlari tars yoriladigan va ilonlari ko‘p o‘lka, deb ta’riflanadi. Darhaqiqat, Orol fojeasidan oldingi davrlarda, yuqorida aytilgan keskin kontinental iqlimni, taqir yerlaming xuddi qovun to‘riga o‘xshab yorilishini, ilonlar uy hayvonlaridek tom-u omborlarda yashab yurishini butun mintaqa bo‘yicha ko‘proq Xorazmda kuzatish mumkin edi. Zardushtlik urf-odatlarining qiyofasi biroz o‘zgargan holda Xorazm vohasining bugungi hayot tarzida ham ko‘plab kuzatiladi. Ulaming hammasi qo‘shimcha dalil sifatida ko‘zlayotgan fikrimizning isbotiga xizmat etishi mumkin. “Avesto”ning o‘zi aslida ijro vositasida og‘zaki tarqalib, faqat keyinchalik kitob shakliga keltirilgan arkonlar majmuasidir. Uning oyatlari va, ayniqsa, madhiyalar qismini tashkil etuvchi - xatlar (bunda so‘z oxiridagi “t” harfi juda yumshoq talaffuz etilib, so‘nggi davrlarda “goh” shakliga aylanganligi ham ehtimoldan xoli emas: - yakgoh, dugoh, segoh va h.k.) maxsus kuy tizimini tashkil etuvchi ohanglarda yoqimli ovoz bilan tarannum etilgan, deb topilmoqda. “Avesto”da “sruna” deb ataluvchi “sirli eshitish” tushunchasi boigan ekan. Tinglash, quloq orqali vujudga ozuqa olishni zardushtiylar muqaddas tuyg‘u hisoblaganlar. Dini islomda esa eshituvchilik (some’) hissi Ollohning sifatlaridan biridir. Qizig‘i shundaki, zardushtiylar faqat unli tovushlar go‘zalligidan ;mas, balki olov hovri (kuyi), hattoki jimlikni eshitib lazzatlanishga odatangan ekanlar. Musiqa badiiyat, san’at sifatida tom ma’noda ijro etish a uni eshitishdan boshlanadi. Sozanda kuyning yaratuvchisi bo‘lsa, shituvchi uning qabul qiluvchisidir. Xalqimizda “Sozandaga chinakam iho beruvchi, uning ustozi va talabgori - eshituvchi” degan gap bor. ILOVALAR Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling