O’zbek estrada san’atining shakllanishi


Kurs ishining dolzarbliligi


Download 0.71 Mb.
bet8/14
Sana27.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1130809
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Normurodova Mavluda Kurs ishi original

Kurs ishining dolzarbliligi:Estrada san’ati yo’nalishlari va ularning musiqiy ijodiyotidagi o’rnini o’rganish va vocal estradasidagi asarlarini tahlil qilish. O’zbekiston Respulikasida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan 2017–2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishning bo’yicha harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 17 noyabrdagi PQ-3391-sonli qarori imzolandi. Ushbu qaror xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo’lgan milliy maqom san’ati o’zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o’rin egallashini yana bir bor belgilab bergan bo’lsa, 2020 yil 20 mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 7 avgust kuni muhokama qilingan va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 23 sentyabrь kuni imzolangan O’RQ-637-son bilan tasdiqlangan. 
Kurs ishining maqsadi:O’rta Osiyoda qolaversa jahon miqyosida vocal Estrada janrining kirib kelish tarixi va ularning rivojida o’z hissasini qo’shgan xonandalar va kompozitorlar ijodini o’rganish va tahlil qilish .
Kurs ishining vazifalar:
1.Mavzuga oid ilmiy pedagogik-metodik adabiyotlarni tahlil qilish.Shu o’rinda o’zbek musiqa estradasining ijtimoiy hayotda tutgan o’rnini o’rganish.
2.O’rta Osiyoda vocal Estrada janrlarini o’rganish tahlil qilish va tegishli xulosa va takliflarni tayyorlash.
3.Vokal Estrada janrida ijod qilgan xonandalar va kompozitorlar hayoti va ijodini tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqorish.
Kurs ishining predmeti: O’zbek vocal Estrada janrida yozilgan asarlar bilan tanishish va tahlil etish.Kurs ishining obyekti: O’zbek vocal Estrada janrida ijod qilgan xonandalar va kompozitorlar hayoti va ijodiy faoliyatini o’rganish.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling