Palatal singarmonizmda so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old unlilar qatnashgan bo‘lsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator unlilar ishtirok etadi. So‘zning dastlabki bo‘g‘inlarida orqa qator unlilar ishtirok etsa, keying bo‘g‘inlarda ham orqa qator unlisi ishtirok etadi.
Labial singarmonizmda so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old qator lablangan unli ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator lablangan unlilar qatnashadi. Aksincha, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida lablangan orqa qator unli ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham orqa qator lablangan unlilar qatnashadi.
Birlamchi va ikkilamchi cho‘ziq unlilar saqlangan so‘zlarga beshtadan misol keltiring.
Tush – [tu:š]
Sandiq – [sändu:]
O‘rtoq – [ortā:]
Suv – [su:]
Sochiq – [čāču:γ]
Quloq – [qülā:]
Pichoq – [pičā:]
Yumshoq – [jümšā:]
Diftong unlilar bormi? Diftonglashishning qanday shakllari uchraydi?
Shevamizda bunday hodisalar kuzatilmaydi.
Adabiy tildagi jarangsiz undoshlar shevada qaysi o‘rinlarda jaranglashadi? Misollar yozib, sharhlab bering.
Qoshiq – [qāšiγ]
Quloq – [qülāγ]
Adabiy tildagi jarangli undoshlar shevada jarangsizlanishiga ham misollar keltiring.
Tuzsiz – [tüssis]
Mansab – [mänsap]
Savob – [sävāp]
Maktab – [mäktäp]
Adabiy tilda so‘z boshida qatnashadigan undoshlar shevada qaysi undoshlar bilan almashishi mumkin? (masalan: doppi – toppi).
Cho‘tka – [šötkä]
Suvoq– [šüvāq]
Soch– [čāč]
H undoshi talaffuzda bormi? U qaysi o‘rinlarda o‘zining adabiy tildagi mavqeyini saqlab qoladi? Misollar keltiring. H undoshi talaffuzda yo‘q bo‘lsa, uning adabiy tildagi o‘rni qanday to‘ldiriladi? Misollar yozing.
Shevamizda “h” undoshi mavjud. Lekin, ba’zi bir o‘rinlarda “h” tovushi o‘rniga “x” tovushi ishlatilib talaffuz qilinadi.
Bahor – [bäxār]
Hikmat – [xikmät]
Nihol – [nihāl]
Hurmat – [xürmät]
Baho – [bäxo]
Rahbar– [räxbär]
Do'stlaringiz bilan baham: |