Adabiy tildagi F undoshi shevalarda qanday variantlarga ega bo‘ladi? Misollar yozing.
Iflos – [iplās]
Afzal – [ävzäl]
B undoshi v va p ga o‘tishi mumkinmi? Misollar yozing.
Shevamizda “b” undoshining “p” undoshiga o‘tish hodisasi ko‘p uchraydi. “v” undoshiga o‘tish hodisasi esa juda kam.
Maktab – [mäjtäp]
Bob – [bāp]
Sabab– [säbäp]
Sabzi– [sāvzi]
Yubor– [jüvār]
L undoshining so‘z boshida qo‘llanishiga misollar keltiring.
Lobar – [lābär]
Lag‘mon – [läγmān]
Laylak – [läjle]
Loviya – [lāvija]
Lapotka – [läpätkä]
Umlaut hodisasiga (āt - ätä) misol keltiring.
Sān – sänä
Jāš – jäšä
Sheva “j”lovchi shevami yoki “ǯ”lovchimi? So‘z boshida j yoki ǯ undoshlari qatnashgan o‘nta misol yozing.
Shevamiz “j” lovchi sheva bo‘lganligi sababli bunday holat kuzatilmaydi. “j” tovushi doimo o‘z o‘rnida ishlatiladi.
Yuz – jüz
Yedim – jedim
Yo‘l – jöl
Yorug‘ – jorüγ
Yara – järä
Yovuz – jāvüz
Yangi – jäƞi
Yuvdi – jüvdi
Yer – jer
Yaxshi – jäxši
Qo‘shma so‘zlarda fonetik o‘zgarishlar yuz beradimi? Masalan, bu yerda ~ bördä, beshta misol yozing, va fonetik o‘zgarishlarni izohlang.
Mana shu – mäši
Olib bor – ābār
Uzatib yubor – üzätvār
Olib kel – ābke
Shu yerda – šettä
Olib qoʻy – ābqöj
Qilib yubor – qivār
Shevamizda qo‘shma so‘zlarda fonetik o‘zgarishlar yuz beradi. Qo‘shma so‘zlar tarkibida tovush tushishi kuzatiladi va eliziya hodisasi yuz beradi.
So‘z boshida, o‘rtasida va oxirida tovush orttirilishiga misollar keltiring. Masalan: ayvan – häйvan, aql –haql va b.
Soʻz oʻrtasida:
Shoir – [šājir]
Soat – [sāγät]
Do'stlaringiz bilan baham: |