Shevaning o‘zbek shevalari tasnifidagi o‘rni.
Bu lаhjа tarixan qarluq urug‘larining rivojlanishi asosida
shakllangan va ular qadimgi tukyu (turk) qabila birlashmasiga mansub bo‘lib, uzoq o‘tmishda Oltoyning g‘arbiy tumanlarida yashaganlar, Turk xoqonligining tashkil topishi bilan (552-yilda) g‘arbiy Oltoydan chiqib, Irtish daryosi sohillarini, Jung‘oriyani, Mo‘g‘ul tog‘ining janubiy yon bag‘ridan to Ile daryosining shimoligacha bo‘lgan hududni egallaydilar. Qarluqlarning katta qismi VI asr o‘rtalarida Sharqiy Turkistonni, Farg‘onani, Toxaristonning ayrim hududlarini tasarrufiga kiritgan edilar. X asrda Yettisuvni ishg‘ol qilgan va katta territoriyada hukmronlik qilganlar. Shunday qilib, VIII-X asrlarda Ile daryosidan to Sirdaryogacha, hozirgi Chimkent shahridan to Sharqiy Turkistongacha bo‘lgan o‘lkada yashagan barcha turkiy qabilalar qarluqlar hukmronligi ostida bo‘lgan. Qarluqlarning tili shu o‘lkadagi barcha qabilalar uchun umumiy bo‘lgan.
O‘zbek tilining qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi shahar shevalarini va ularga yondosh bo‘lgan shahar tipidagi qishloq shevalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur dialekt birligining shakllanishi XI asrdagi Qoraxoniylar harakati bilan bog‘langan. Tarixiy jihatdan qarluq-chigil-uyg‘ur til birligiga Namangan, Toshkent, Andijon va O‘zbekistonning boshqa tumanlaridagi yirik punktlar aholisining shevalari taalluqlidir.
Shevada a, ā unlilarining mavjudligi.
Bizning shevamizda “a” unlisi qo‘llanilmaydi. “ä” va “ā” unlilari esa faol qo‘llaniladi.
Sabzi – [sāvzi]
Bolalar – [bāllä]
Tomorqa – [tāmārqä]
Xomakch– [xāmtāk]
Sochhmoq – [čāčmāq]
Singarmonizmning qaysi turi shevada qo‘llaniladi: a) palatal singarmonizm saqlangan so‘z va grammatik shakllar qatnashgan ikki jumla yozing; b) labial singarmonizm elementlarini saqlagan so‘z shakllaridan beshta misol yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |