O‗zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‗nalishlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana20.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1633896
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
tasavvuf

TASAVVUF VA BADIIY IJOD 
 
Ma‘lumki, badiiy adabiyotning bosh manbai – hayot. hayotdan ajralgan 
adabiyot, albatta, inson hayotidan ham uzoqlashadi. inson taqdiri bilan har jihatdan 
chuqur bog‗lanmagan adabiyot esa o‗z mavjudligini to‗la – to‗kis namoyon 
etolmaganidek, zimmasidagi vazifani ham hakqoniy ado qilolmaydi. lekin u yoki 
bu davr va zamon extiyoji, ma‘naviy-axloqiy, g‗oyaviy – estetik talablari asosida 
adabiyot goh ilm, goh din, gohida boshqa bir ta‘limotlar bilan aloqani 
chuqurlashtirishi mumkin. bunda tashabbus hamma vaqt ham adabiyot tomonidan 
bo‗lmasligini-da inobatga olish lozimdir. tasavvuf va adabiyot munosobati buning 
yorqin bir misolidir.
Tasavvuf va tariqatlar, tasavvuf maslagi zaminida shakllangan ma‘naviy 
hayot bizning madaniyat tariximizda muhim mavqega ega bo‗lgan. Biz nafaqat 
ilm-fan, adabiyot, san‘at va musiqamizni, hatto tilimiz taraqqiyotini ham 


tasavvufdan butunlay ajratib tasavvur eta olmaymiz. Urf-odat, milliy qadriyat va 
muomala-munosabatlarimizning ildiziga yetib bormoq uchun ham tasavvufga 
murojaat qilishga to‗g‗ri keladi. 
Diniy-tasavvufiy adabiyot o‗zbek mumtoz adabiyotining o‗ziga xos bir 
tarmog‗iga aylangani, avvalo, mazkur haqiqat bilan izohlanadi. Biroq bu tarmoq, 
ya‘ni diniy-tasavvufiy yo‗nalishdagi asarlar hech bir davr va zamonda 
adabiyotimizning umum mohiyati, g‗oyaviy-badiiy ta‘sir yo‗llari va asl qiyofasini 
belgilamagan, belgilashi ham mumkin emasdi. Demak, adabiyot va tasavvuf 
munosabati yoki tasavvufning badiiy ijodga ta‘siri xususida bahs yuritganda 
so‗fiyparastlik hissiyotiga berilmasdan, konkret fakt va misollarga tayanib bahs 
yuritilishi nihoyatda zarurdir.
Turkiy tasavvuf adabiyoti, ma‘lum bir ma‘noda arab, fors-tojik adabiyoti 
ta‘sirida vujudga kelgan. Mashhur sharqshunos v. Gibbning yozishicha, ajam 
she‘riyati ilk taraqqiyot bosqichiga erishgandan so‗ng, bir necha asr mobaynida 
she‘r so‗fiylarning qo‗lida qolgan. Ular o‗z xohishlari ila dunyodan aloqani uzib, 
ishq tilida so‗zlashgan. Ruhning olloh uchun hasrat chekishini so‗fiylardan 
o‗zlashtirishgan. «xuddi shu davrlarda eronning tasavvufiy–falsafiy tizimi she‘r 
tizimi kabi to‗lig‗ ishlanib, shakllantirilgan. Turkiylar bu ikki tizimni (she‘r va 
tasavvufni) o‗zlariga muvofiq tarzda kashf etishni istab, har ikkisini ham butunlay 
qabul etdilar». Boshqa bir olimlarga ko‗ra esa, bunda forschaning turkiy til 
xususiyatlariga yaqinligi xam ma‘lum ahamiyat kasb etgan va «turkiy 
she‘riyatning ramzlar xazinasi» yanada boyigan. 
Xorijdagi ayrim yirik tasavvufshunoslar so‗fiylikni uch nuqtai nazardan 
tadqiq etishni tavsiya etishgan. Birinchisi, nazariy tasavvuf. Bu – to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
tasavvufning ahkom va muomalot qismi, ya‘ni zohidlikka asoslangan axloq erur. 
Ikkinchisi, taassuriy-ruhiy tasavvuf. Bu ishq va jazbaga tayanmoq bo‗lib, so‗fiy 
yoki oshiq tasavvufning mazkur jabhasida ehtiros, hayajon ila ko‗ngil va imonni 
kamolga yetkazgan; ranju riyozatdan, zavqu sururni ustun qo‗ygan. Uchinchisi, 
oyin va arkon. Tasavvufning bu qismi – bir tariqatni boshqa tariqatlardan 


ajratadigan yagona omil hisoblanadi. Murshid–murid munosabatlari, sayru suluk 
darajalari tasavvufning xuddi shu qismida hal etilgan. 
Tasavvufning o‗zbek adabiyoti taraqqiyotiga ta‘siri yoki o‗zbek tasavvuf 
adabiyotining xususiyatlarini tekshirishda yaxshi natijalarga erishmoq uchun ushbu 
nuqtai nazarlarning ikkinchisiga suyanmoq lozim. Va bu da‘voni quvvatlaydigan 
dalillar ham yetarli. Masalan, hazrat bahovuddin naqshband tariqatini olaylik. 
Adabiyot rivojiga naqshbandiylikning nechog‗lik ijobiy ta‘sir o‗tkazganligini 
izohlashga hozir hojat ham yo‗q. Lekin bu tariqat aqidaparastlikka chorlaydigan 
quruq ranju riyozatga emas, ishq va zavqu sururga ilhomlantiradigan ilohiy hamda 
hayotiy haqiqatlarni baland ko‗targani uchun ham badiiy ijod ahlining ruhi va 
fikriy izlanishlarini yangi-yangi bosqichlarga yuksaltira olgandi. 
O‗zbek diniy-tasavvufiy adabiyoti nazm va nasrdan tarkib topgan. Nasr 
tarmog‗i: hikoyat, rivoyat, naql, manoqib va avliyolarga doir tazkiralardan iborat. 
Arab tasavvuf adabiyotida nazmga nisbatan nasr oldinroq shakllangan va rivoj 
topgan edi. O‗zbek tasavvuf nasrining tug‗ilishi va taraqqiy etishida arab hamda 
fors tillarida yaratilgan asarlarning ma‘lum hissasi bo‗lgan. Ammo xii asrlardan 
keyin u mustaqil ravishda ilgarilab, e‘tiborga molik salmoqli yutuqlarni ham o‗zida 
mujassamlashtira olgan. Ayrim namunalar chop qilinganligi hisobga olinmasa, 
bizda o‗zbek tasavvuf nasri va tadqiqi bo‗yicha hali jiddiy ishlar amalga 
oshirilganicha yuq. 
Oldin ta‘kidlanganidek, tasavvuf maslagi insonning basirat nigohini qalb va 
ruhga qaratdi. Nafsni bilish va yengish orqali go‗zal axloq sirlarini o‗zlashtirishga 
o‗rgatdi. U mutlaq haqiqatga ko‗ngil yo‗llari ila yetishish maqomlarini kashf etdi. 
Va ruhoniyat tarbiyasi uchun uzluksiz g‗amxo‗rlik qilish choralarini ko‗rsatdi. 
Bular she‘riyatning ideallariga muvofiq keladigan tushuncha va holatlar edi. 
Tariqatga mansub shoirlar o‗zlarining so‗fiyona fikr-qarashlari targ‗ibi uchun 
dastlabki davrlarda she‘rning kichik shakllariga, xususan, ruboiyga ko‗proq 
murojaat etganlar. Tasavvuf ta‘limoti keng quloch yozgan sayin esa she‘riyatning 
tasavvuf haqiqatlariga qiziqishi kuchaygan. Bunda o‗ziga xos bir manfaatdorlik 
mavjud edi. Ya‘ni tariqat va xonaqoh ahli she‘rga ta‘sirbaxsh targ‗ibot vositasi deb 


qaragan bo‗lishsa, she‘riyat vakillari uchun tasavvuf ta‘limoti yangi g‗oyalar, teran 
falsafiy mushohadalar, ramz, majoz, timsollar manbaiga aylangandi. Ayniqsa, 
so‗fiylik mafkurasining markazida turgan ilohiy ishq, vahdat ul-vujud va komil 
inson maslagi, shuningdek, orif, abdol, darvesh kabi tasavvuf qahramonilarining 
fikr-tuyg‗ulari o‗zbek adabiyoti taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgandir. 
Bundan tashqari, bevosita tasavvuf zaminida yuzaga chiqqan «tavhid», 
«me‘rojnoma», «vujudnoma», «shathiya», «qalandariya», «davriya» deb atalgan 
qator janrlar bo‗lganki, bularni ham adabiyot boyligi tarzida qabul qilish va 
o‗rganish kerak.
Tasavvuf adabiyotiga ta‘sir o‗tkazgan bosh maydon – tariqat o‗zbek 
adabiyoti rivojiga ma‘lum ulush qo‗shgan dastlabki tariqat esa abdulqodir giloniy 
asos solgan qodiriya tariqati edi. U turkistonga ikki yo‗l bilan kirib kelgan: ilk 
daf‘a arab tujjorlari vositasi bilan, xii asrning oxirlaridan e‘tiboran bag‗doddan 
volgadagi bulg‗or qirolligi ila farg‗ona vodiysi shaharlari, keyin turkistonga 
tarqalgan. O‗rta osiyoda avval yassaviya, so‗ng naqshbandiya tariqatlari keng 
nufuz topgach, qodiriya faqat farg‗ona vodiysida oldingi mavqeini saqlab qolgan. 
Va xix asrning oxirlarigacha ijodkorlar orasida o‗z vakillariga ega bo‗lgan. Shoir 
haziniyning: 
Sulukim – qodiriya, rahbarimdur piru pironim, 
Saharlar zikri ollohni odat qilmasam bo‗lmas,– 
Degan e‘tirofi mazkur fikrlarni tasdiqlovchi qimmatli bir dalildir.
Tariqat sohibi bo‗lmish favqulodda yorqin va kuchli zotlardan biri, shoir va 
mo‗g‗ul bosqinchilariga qarshi janglarda mislsiz qahramonlik ko‗rsatgan mujohid 
najmiddin kubrodir. Faqat tariqatda emas, she‘riyatda ham najmiddin kubroning 
ko‗plab izdoshlari bo‗lgan. Ulardan xoja abdulvafoyi xorazmiy, husayn xorazmiy 
nomlarini eslatish mumkin. Najmiddin kubroning irfoniy she‘rlari qatori, unga 
bag‗ishlab yozilgan she‘riy va nasriy asarlari ham adabiyotimizning qimmatbaho 
mulki erur.
Bu yerda ahmad yassaviy tariqati, «devoni hikmat» va yassaviy maktabi 
shoirlari ijodiyoti to‗g‗risida kengroq to‗xtalish imkoni yo‗q, albatta. Lekin, diniy-


tasavvufiy adabiyot turkistonda ahmad yassaviy ijodi bilan boshlanganligi, faqat 
yassaviy izdoshlari uchun emas, shariat, tariqat, ma‘rifat va haqiqat sirlari bilan 
qiziqqan keyingi asrlardagi ko‗plab ijodkorlarga «devoni hikmat» ruhiy ta‘lim va 
ilhom manbai bo‗lganligini ta‘kidlamaslik mumkin emas. Shayboniy, ubaydiy, 
so‗fi olloyor kabi shoirlar buni tan olishgan. Turk olimi n.ulusning yozishicha, 
«yunus emro, mavlono jaloliddin rumiy va hoji bektoshlarning kamol topishida, 
bevosita bo‗lsa-da, ahmad yassaviy shaxsiyati va ijodiyotining ta‘siri kattadir». 
Tasavvuf allomalarining hukmlariga binoan, chin komillik maqomi – qirq 
olti maqomdan iborat. Bular: nurlardan zavqlanmoq, poklik, tamiyz, ya‘ni yaxshini 
yomondan xatosiz ajratish, basirat ila olamni ko‗rmoq, g‗ofil bo‗lmaslik, siroyat 
quvvati va nihoyat do‗stlardan yetgan ranju azoblardan o‗ksimaslik. Alisher navoiy 
she‘riyatida ruh maqomlariga tegishli ushbu fikr va tushunchalar shunchalik aniq, 
shunchalik yorqin ifodasini topganki, buyuk shoir hatto bir o‗rinda: 
Shavq tiyg‗i birla solik aylasa ko‗ngilni chok, 
Fayz shahristoni sayriga topar darvoza ruh,– 
Deydi va ruh maqomlariga ko‗tarilishning bir yulini ko‗rsatadi. Ruhiy 
manzara va holatlar tasviri uchun tasavvuf navoiyga keng imkoniyatlar ochgan. 
Navoiy tasavvufni anglashda ham, tasavvufiy g‗oyalar talqinida ham nihoyatda 
ilgarilagandir. 
Ulug‗ mutafakkir naqshbandiylikni oliy haqiqatlar maxzani deb bilgan va 
uni tasavvufdagi deyarli barcha tariqatlardan ustun ko‗rgan. Shunga qaramasdan, 
navoiy uchun tariqat – olam sirlarini teran idrok aylash, tafakkur va ma‘rifatda 
ilgarilash, 
haqqa 
yetishish 
vositasi 
edi. 
Bu 
narsa 
shoirning 
hatto 
naqshbandiylikning bosh shiorlari va tushunchalari talqiniga bag‗ishlangan 
she‘rlarida ham sezilab turadi. 
Bobur, ayniqsa, mashrab va so‗fi olloyor ijodi tasavvufiy hissiyotlar bilan 
to‗lib toshgandir. 
Bizningcha, o‗zbek adabiyotini tasavvuf kontekstida tekshirib, yangi 
yutuqlarga erishmoq uchun quyidagilarga alohida ahamiyat berish zarurga 
o‗xshaydi: «so‗fiylar bir firqaga mansub bo‗lmaganliklari kabi, - deydi 


A.Nikolson, - umumiy bir e‘tiqod sistemasiga ham sohib emasdi. Tariqatlar yoki 
ollohga borish yo‗llari, insonlarning nafaslari soni qadardir va so‗ngsiz farqlarga 
egadir. Ayni paytda barchasida bir yaqinlik ko‗zga tashlanadi».
Demak, masalaning ayni shu jihatini hisobga olmasdan, tasavvuf 
adabiyotiga xolis baho berish dushvordir. Asmo yo‗lini tanlagan ayrim tariqatlarda 
odamlarni zohidlik, tarkidunyochilik, fikriy passivlik mayllariga undash tamoyili 
mavjudligi tarixiy haqiqat, bundan ko‗z yumib bo‗lmaydi. Qolversa, o‗tmishda 
yashab ijod etgan hamma shoiru yozuvchilarning asarlaridan so‗fiyona ma‘no va 
tuyg‗ularni axtarish o‗zini aslo oqlamaydi. Ma‘lumki, so‗fiylar tarix sahnasida 
ko‗rina boshlagan dastlabki zamonlarda zohidlikni va zohidlarning dunyo 
ishlaridan qo‗l siltab, xalqdan uzoqlashishlarini keskin qoralashgan. Ammo vaqt 
o‗tishi bilan zohidlikdagi xato va qusurlar boshqacha shakllarda so‗fiylikda ham 
takrorlangan. So‗fiylar hayot tarzlari, dunyoga munosabatlari va irfoniy qarashlari 
jihatidan o‗zlarini xavos – xos kishilar, axos – xoslarning xosi deb e‘lon qilishgan. 
Amalga oshirilgan marosimlari, xususiy kiyimlari va boshqalar bilan xalqdan 
ajralganlar. «xurosoniylar» deb nom qozongan malomatiylar mana shunday 
ajralish va kiborlikka qarshi o‗rtaga chiqqan toifa edi. Ular boshdanoq ba‘zi 
so‗fiylar tabiatidagi yashirin kibru riyoni fosh aylab, zohiriy toat-ibodatlarga 
bog‗liqligi bo‗lmaganidan, insonni ixlos va beg‗araz ishonch ila komillikka 
yetishuviga qat‘iy ishonganlar. Shu bois «malomatiylik, so‗fiylarga qarshi 
zohidona bir tasavvuf» deb ta‘riflanganki, bandagi «zohidona» kechish, tark etish 
mazmuniga ega. O‗n birinchi asrdan so‗ng paydo bo‗lgan qalandariylik, 
haydariylik, samoviylik kabi tariqatlar – malomatiylikdan quvvat olib, uning 
asoslariga qurilgan tariqatlardir. Javonmardlik va malomatiylik bilan tasavvufdagi 
fikr-qarash vva tushunchalar o‗rtasida yaqinlik, ba‘zan juda o‗xshashliklar bor. 
Bularni farqlash adabiyotni yoppasiga tasavvuflashtirish yo‗lidagi urinishlarga 
to‗siqlik qilishi shubhasizdir. 
E‘tirof etish kerakki, tasavvuf maslagi va mafkurasi nechog‗li jozibali 
tuyulmasin, hech bir haqiqaiy iste‘dod qalb va ruhiyat zavqini so‗ndiruvchi 
so‗fiylik aqidalari targ‗ibi uchun she‘rni xizmat qildirgan emas. Jaloliddin rumiy 


hazratlarining «so‗fiy soqolini taraguncha, orif haqqa yetishur», degan fikrlari 
zamirida ulkan ma‘no bor. 
Mumtoz adabiyotimizning ulkan vakillari asarlari bilan tanishganda, 
ko‗pincha bir jihat kishini hayratlantiradi. Bu – ularning turli ilm sohalaridan 
chuqur xabardorligi. Xususan, tasavvuf adabiyotiga mansub yoki ijodi tasavvuf 
bilan o‗zaro yaqin qalamkashlar asarlarida astronomiya, astrologiya, falsafa, 
mantiq, tib ilmiga doir to‗g‗ri va ramziy ma‘nolarda tatbiq etilgan istilohlar ancha 
keng o‗rin egallagandir. 
Demak, ilmning tasavvufdagi o‗rni, mavqei va tasavvuf ta‘limotining ilm-
fan taraqqiyotidagi xizmatlarini ham hisobga olish lozim. Shuning uchun 
mutasavvif, faqir yoki darvesh haqida gapirilganda tasavvurida darrov zuhd va 
taqvodan boshqani bilmaydigan, tarki dunyo aylagan qandaydir g‗arib, aftodahol 
kimsalar qiyofasi gavdalanmasligi kerak. Tasavvuf ahli orasida zunnun al-misriy
shohin al-xilvatiy kabi kimyo ilmi bilimdonlari, abdurahmon as-so‗fiy, ibrohim 
haqqiy kabi astronomlar va fanning boshqa tarmoqlari bo‗yicha yana qancha 
mutaxassislar yetishib chiqqan. Chin ma‘nodagi so‗fiy va mutasavvif, junayd 
bag‗dodiy fiqh ilmini mukammal bilganligi uchun bag‗dod halifasining qahridan 
qutulib, o‗limdan omon qolgan. 
Imom g‗azzoliyning mutasavvifligi uning astronomiya ilmi bilan mashg‗ul 
bo‗lishiga xalaqit qilmagan. Zohir ilmi peshvolari orasida uchragani singari, botin 
ilmi vakillari safida ham falsafani inkor etib, faylasuflarni kofirlikda ayblaganlar 
bo‗lgan. Ammo bu xarakterli hodisa emas edi.
Xullas, tasavvufni yaxshi o‗rganish tariqatlar tarixi va haqiqatlarni bilish 
jihatidan nechog‗lik muhim yoki zarur bo‗lsa, mumtoz adabiyotimiz sir asrorlarini 
puxta egallash jihatidan ham nihoyatda ahamiyatli.
Yunus emro devonida shunday bayt bor: 
Yunus bir so‗z so‗zlamish so‗zga o‗xshamas, 
Munofiqlar dastidan yopar ma‘no yuzini. 
Darhaqiqat, tasavvuf adabiyoti vakillarining so‗zlari tub mohiyati bilan 
o‗ziga xos, ya‘ni boshqalarnikiga o‗xshamaydi. Fikr va ma‘no «yuzi»ni pardalash 


ham fakat ularga xos bir hunar yoki san‘atdir. Shu boisdan ham haqiqiy so‗fiy yoki 
mutasavvif shoir «asrori nozini sharh etolmas ahli dunyoviy» degan qanoat ila 
yashagan va ijod qilgan. Tasavvuf adabiyoti o‗rganilganda birinchi galda ana shu 
«jumboq»ni to‗g‗ri hal etish shartdir. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling