O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Download 4.02 Mb.
bet33/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
Orazing yopqoch ko’zumdin to’kilur har lahza yosh,
O’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh.
Ramali musammani mahzuf (foilotun, foilotun, foilotun, foilun) bahrida yozilgan ushbu bayt so’zlarining taqte’i (foilotunlarga taqsimlanishi) quyidagicha:
O – ra – zing – yop G’ qoch – ko’ – zum – din G’ to’ – ki – lur – har G’ lah – za – yosh
Fo – i – lo – tun G’ fo – i – lo – tun G’ fo – i – lo – tun G’ fo – i – lun
O’y – la – kim – pay G’ do – bo’ – lur – yul G’ duz – ni – hon – bo’l G’ g’och – qu – yosh
Fo – i – lo – tun G’ fo – i – lo – tun G’ fo – i – lo – tun G’ fo – i – lun
Ko’rinadiki, vazn chorcho’basiga tushirish uchun yopqoch, paydo, yulduz, bo’lg’och so’zlarining avvalgi bo’g’inlari o’zidan oldingi so’zga qo’shib talaffuz qilishi kerak. Ammo bunda tabiiy va ravon chiqishi, sun’iylik yuz bermasligi kerak.
Endi tovushlarni cho’zib talaffuz qilish hodisasiga kelsak, albatta aruz vaznida yozilgan she’rlarda bu jihatga e’tibor qilish lozim. Lekin bu degani hamma unli tovushlar cho’zib talaffuz qilinadi, degan gap emas. Chunonchi, forsiy va turkiy mumtoz she’riyatda ko’pincha “o”, “i”, “e”, “u” unlilari bahr talabiga qarab ba’zi joyda cho’ziq talaffuz qilinsa (ya’ni bir yarim yoxud ikki bo’g’in o’rnida), ba’zan bir oddiy to’liq bo’g’in tarzida talaffuz qilinadi. Chunonchi, “Bo’lmasa ishq ikki jahon bo’lmasun” misrasida ishq so’zi bir bo’g’in sifatida talaffuz qilinsa, “Ishq erur durru ko’ngul durj anga” misrasida ishq so’zi cho’zib (bir yarim bo’g’in hajmida) talaffuz qilinadi. Shu kabi Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi “Ey ishq, g’arib kimyosen” misrasidagi ishq so’zi ham ikki bo’g’in hajmida cho’zib aytiladi. Aytish kerakki, osmon, ofoq, ostona, mohpaykar, mohro’, oshno kabi so’zlardagi “o” unlisi ko’p hollarda cho’zib talaffuz qilinadi. Shuningdek, yopiq bo’g’inlar va oxirida ikki undosh yonma-yon kelgan so’zlar ham aruziy she’rda cho’zib aytiladi. Masalan, do’st, arjmand, sudmand, mustamand kabi so’zlar shular sirasiga kiradi.
Endi turkiy tildagi “a” tovushi haqida, fors va arab tillarida “a” qisqa unli hisoblansa, turkiy she’riyatda u goh qisqa, gohida cho’ziq unli o’rnida keladi. Ayniqsa, Navoiy devonlarida buni sezish qiyin emas. Shoirning:
Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldum sanga,
Ne balolig’ kun edikim oshno bo’ldum sanga.
Baytning taqte’i:
Foilotun, foilotun, foilotun, foilun. Ya’ni: ramali musammani mahzuf. Bizni qiziqtirayotgan narsa shuki, bayt radifidagi sanga so’zining oxirgi unlisi “a” cho’ziq unli sifatida qo’llanilmoqda. Demak, bunda “a” tovushi “o” o’rnida kelgan. Shunga asosan, sanga so’zini sango deb yozish ham mumkin. Bunday so’zlarda diqqatni tortadigan yana bir narsa shuki, “ng” tarzida ikki undosh bilan yoziladigan tovush aslida bir undosh (ң)dir va u bir tovush sifatida talaffuz qilinadi.
Albatta, bu erda aruz bahrlarining barcha qoidalari ustida to’xtamoqchi emasmiz. Biroq mumtoz she’riyatimizda aruz vazni talabi bilan uzoq yillar an’ana sifatida shakllanib qolgan jihatlarga qisqa to’xtab o’tishni joiz deb hisoblaymiz. Bular quyidagilardan iborat:
1) Ikki xil ko’rinishda talaffuz qilinadigan so’zlar. Chunonchi: gah-goh, shah-shoh, mah-moh, ne-na, bo’lur-o’lur, edi-erdi, dag’a-dog’i, yana-yona, barcha-borcha, Alloh-Olloh, yara-yora, kofir-kofar, bilan-bila-ila, uchun-chun, Muso-Musiy, Iso-Isiy, Faredun-Afredun, Iskandar-Sikandar, Layli-Laylo, barahman-barhaman, guliston-gulsiton va hokazo. Shu kabi tashdid-ikki undosh yonma-yon kelgan ikki, etti, sakkiz, to’qqiz, sirr, durr kabi so’zlar vazn talabi bilan ba’zan iki, eti, to’qiz, sir, dur shaklida yozilishi ham mumkin.
2) Ayrim atoqli otlar va qo’shimchalarni qisqartirish yoki ekvivalentini aytish. Masalan: Jamshid-Jam, Jabroil-Jibril, Habibulloh-Habib, agar-gar-ar, lekin-lek, koshki-kosh, balki-bal kabi.
3) Singarmonizm (unlilar muvofiqligi) hodisasining to’liq amal qilishi: bo’lur, etub, bo’lubtur, ko’zum, o’qunch, ko’ngul va hokazo.
4) Uyushuq bo’laklar ketma-ketligida “va” bog’lovchisi hamma vaqt “u” deb talaffuz qilinadi.
5) Mumtoz adabiyotda Xitoy mamlakati-Xito (yoki Chin), Armaniston-Arman, Evropa-Farang, Uyg’uriston-Xutan, Turkiya-Rum (Rumo) tarzida, qadimgi yunon olimlari nomi arabiylashgan shaklda (Arastu, Aflotun kabi) keltirilgan.
G’azalni o’qish “yoyi vahdat” (e) bilan keladigan so’zlar ba’zan “i” deb, aksincha izofa bo’lib kelgan “i”ni “e” deb o’qish ham g’azal ma’nosinining buzib talqin qilinishiga sabab bo’lmoqda. “Yoyi vahdat” (e) bir kishi yo bir narsaga ishoradir. Izofa bo’lib kelgan “i” esa –ning qo’shimchasi (qaratqich kelishigi)ga to’g’ri keladi. Masalan: “Vahdate bo’lg’ay muyassar jom bila may ichrakim, Jomu may lafzin degon bir so’z ila qilg’ay ado” baytining ma’nosi quyidagicha: “Jom bilan may orasida shunday bir birlashuv, yagonalashuv hosil bo’ldiki, jom bilan may so’zlarini bir so’z bilan ifodalash mumkin bo’ladi, ya’ni ularning ma’nosi bir tushunchada mujassamlashadi”. Agar bu baytning birinchi so’zini “vahdati” tarzida o’qisak, hech bir ma’no chiqmaydi.
Navoiyning “Qaro ko’zum” deb boshlanadigan g’azali Toshkent iroqi kuyida ashula qilib ijro etilishini bilamiz. Ba’zi xonandalar g’azalning “Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang, oning bashoqliq o’qin sham’i anjuman qilg’il” degan maqta’idagi “anjumani shavq”ni “anjumanu shavq”, “sham’i anjuman”ni “sham’u anjuman” tarzida talaffuz qiladilar. Nihoyatda qo’pol xato bu! “Anjumani shavq” shavqu-zavq, ruhiy ko’tarinkilik yig’ini. Anjumanu shavq-chi? Yig’ilish va shavq demak. Ma’no yo’qolgan, g’azal tarovati, shoir hislari butunlay yo’qolgan. Shu kabi sham’u anjuman birikmasi (sham’ va yig’in) hech bir ma’no ifodalamaydi.
Shu tariqa, mumtoz she’riyat, jumladan, Navoiy g’azallarining o’ziga xos tili, tasviriy vositalari va aruziy ohanglarga muvofiqlashtirilgan jihatlari bor. Navoiy g’azaliyotida aruz vaznining ramal va hazaj bahrlari ko’p qo’llanilgan. Ayniqsa, ramal bahrida yozilgan g’azallar ko’pchilikni tashkil etadi, aytish mumkinki, devonlarning qariyib yarmi shu bahrda yozilgan g’azallardan iborat. Shunga qaramay, har bir g’azalning mazmun-ma’nosidan kelib chiqadigan ritmiy xususiyati bor, har biri alohida joziba va ta’sir kuchga ega.





Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling