O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi
"Badoe` ul-bidoya" va "Navodir un-nihoya" devonlari
Download 4.02 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Navodir un-nihoya"
- 3. "Xazoyin ul-maoniy".
2. "Badoe` ul-bidoya" va "Navodir un-nihoya" devonlari.
"Badoe` ul-bidoya" (ajoyib yangiliklarning boshlanishi) deb atalgan birinchi devon 1479-1480 yillarda tuzilgan. Bu devonni tuzishga Sulton Husayn Boyqaro juda ham xayrxoh bo’lgan va, Alisher Navoiyning devonga yozgan debochasida uqtirilganidek, uni tezlashtirishga buyruq ham bergan ekan: "Tilarbiz bu parishon bo’lsa majmu’, Ravon bo’lkim, emastur uzr masmu’… Chu bilding hukm, bor, ishtin ruju’ et, Ravon maqsud sori- o’q shuru’ et. Murattab qilmag’uncha, tinma bir dam, So’z o’ldi muxtasar, Vallohu a`lam". [1-tom, 19]. Shunday qilib, Alisher Navoiy o’z she`riyatining birinchi devonini tartib berishga kirishadi. Bu devon o’zining tuzilishi va boshqa xususiyatlari bilan mavjud turkiy va forsiy devonlardan farq qilib turadi. Bu farqlar quyidagicha: -devonga maxsus debocha yozilgan; -devonga 32 harf bilan tugallangan g’azallar kiritilgan; -har bir harf bilan tugallangan g’azallarni joylashtirishda avvalida hamd, so’ng na`t va undan so’ng esa boshqa mavzudagilari joylashtirilgan; - g’azallarning yakpora bo’lishiga e`tibor berilgan; - oshiqona g’azallar tarkibiga mav`iza, pand va hikmatlar kiritilgan. "Badoe` ul-bidoya"da 11 janrdagi 1041-ta she`r: g’azal, ruboiy, muxammas, mustazod, musaddas, tarje`band, qit`a, lug’z, muammo, tuyuq, fardlar kiritilgan. Bunda "Ilk devon"dagilar ham borligini unutmaslik kerak. "Badoe` ul-bidoya" devoni quyidagi matla`li g’azal bilan boshlanadi: Ashraqat min aksi shams il-ka`s anvor ul-hudo, Yor aksin mayda ko’r deb jomdin chiqdi sado. Devon quyidagi fard bilan yakunlangan: Sel yo’lida fano dashtida mujgonim emas, Ko’z alochuqlarining dud yegon o’qlaridurur. [1-tom, 692] "Badoe` ul-bidoya" dagi she`rlar keyinchalik "Xazoyin ul-maoni"ga kiritilgan. "Navodir un-nihoya" (nihoyat ko’p nodirliklar) devoni 1486-1487 yilda tuzilib, uning 1487 yilda Abuljamil kotib, Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko’chirilgan nisbatan to’liq nusxalari hamda yana bir noto’liq nusxasi ma`lum. Noto’liq nusxa Tehronning Guliston qasri kutubxonasida saqlanadi. Uning boshqa nusxalardan farqi shundaki, unda Alisher Navoiyning o’z dastxati va muhrining aksi bor. Bu dastxat (avtograf) quyidagicha: "Ziyo ul-haq vad-dunyovu vad-din, Berib ikkinchi devonimg’a taz`yin. Savod uzra savod ar qildi mastur, Vale ma`nidadur nurun alan nur. Katabahu al-abd al-faqir Alisher al-mashhur bin- Navoiy (yozuvchi Navoiy tarzida mashhur banda va faqir Alisher ). Alisher Navoiy muhrida esa quyidagi so’zlar bitilgan: "Kun osha fid-dunyo kal-g’arib al-faqir Alisher" (dunyoda g’arib va faqir Alisherdek yasha). "Navodir un-nihoya"ning nisbatan to’liq nusxalari tarkibida asosan 862 ta g’azal mavjud. Alisher Navoiy bu devonga ham debocha yozganini uqtirgan bo’lsa-da, ammo "Navodir un-nihoya"ning bizgacha ma`lum bo’lgan nusxalarida debocha yo’q. "Navodir un-nihoya" quyidagi matla`li g’azal bilan boshlanadi: Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo, Yuzung quyoshig’a zarroti kavn o’lub shaydo. [2-tom, 9] Devon quyidagi bayt bilan nihoyasiga etgan: Ey Navoiy, oni tark aylaki, ko’ptur g’ami ishq, Menki chektim g’amini, tarki ne imkon emdi. [2-tom, 596] "Navodir un- nihoya" devonidagi g’azallar keyinchalik "Xazoyin ul-maoni" tarkibiga kiritilgan. 3. "Xazoyin ul-maoniy". "Xazoyin ul-maoni" (Ma`nolar xazinalari) devonlar turkumi Sulton Husayn Boyqaroning "farmoni vojib ul-iz`oni" (itoat qilishga majbur farmoni) bilan 1491-1498 yillar orasida tuzilgan va shu davrga qadar yozilgan lirik asarlar kiritilgan. "Xazoyin ul-maoni" shoir umrining to’rt fasli asosida to’rtta quyidagi devonlardan iborat: 1. "G’aroyib us-sig’ar" (Kichiklik ajoyibotlari) 7-8 yoshdan 20 yoshgacha bo’lgan davrga xos she`rlarni qamrab oladi. 2. "Navodir ush-shabob" (Yigitlikning nodirliklari) 20-35 yoshlar ga xos she`rlarni qamrab oladi. 3. "Badoe` ul-vasat" (O’rta yoshning ajoyib yangiliklari) 35-45 yoshlar ga xos she`rlarni qamrab oladi. 4. "Favoyid ul-kibar" (Keksalikning foydalari) 45-60 yoshga yaqin vaqtda yozilgan she`rlarni o’z ichiga oladi. "Xazoyin ul-maoni" debocha, g’azal (2600), ruboiy (133), muxammas (10), mustazod (4), musaddas (5), tarje`band (4), qit`a (210), lug’z-chiston (10), muammo (52), tuyuq (13), fard (86), masnaviy(1), qasida (1), musamman (1), tarkibband (1), soqinoma (1), jam`i o’n olti janrdagi she`rdan iborat bo’lib, uning umumiy hajmi 45000 misradir. "Xazoyin ul-maoni" devonlar turkumi "Badoe` ul-bidoya" devoni kabi quyidagi matla`li g’azal bilan boshlanadi: Ashraqat min aksi shams il-ka`s anvor ul-hudo, Yor aksin mayda ko’r deb jomdin chiqdi sado. [3-tom, 25] Devon quyidagi fard bilan tugaydi: Sayl yo’lida fano dashtida mujgonim emas, Ko’z alochuqlarining dud yegan o’g’laridur. [6-tom, 539]. Shuni eslatish joyizki, "Xazoyin ul-maoni" 1498 yilda nihoyasiga etgan bo’lib, Alisher Navoiyning 1498-1500 yillar orasida yozgan she`rlari unga kirmay qolgan. "Xazoyin ul-maoni"ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish sohasida katta ilmiy tadqiqot olib borgan Hamid Sulaymon ana shunday she`rlarni aniqlab, o’zi nashr ettirgan 4 tomlik "Xazoyin ul-maoni"ning (-T.: Fan, 1959-1960) to’rtinchi tomi oxirida "Navoiy tomonidan "Xazoyin ul-maoni"ga kiritilmagan she`rlar" sarlavhasi ostida 24 ta g’azal, ikkita ruboiy, 8 ta qit`a, 4 ta fardni e`lon qilgan edi. Shunday qilib, Alisher Navoiyning o’zbek tilidagi she`riyati to’rtta devonga to’plangan bo’lib, ulardan birini ("Ilk devon") muxlislari tuzgan bo’lsalar, qolgan uchtasini Alisher Navoiyning o’zi tuzgan. Bulardan birinchi ("Badoe` ul-bidoya") va ikkinchisi ("Navodir un-nihoya") bir jildlik tarzida tartib berilgan bo’lsa, uchinchisi ("Xazoyin ul-maoni") devonlar turkumidan, ya`ni to’rt devondan iborat yaxlit asardir. Bu devonlarining har biri o’ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu hol devon tartib berish ishiga Alisher Navoiyning jiddiy munosabatda bo’lganligi, bu ishning katta mas`uliyatini teran anglaganligidan dalolat beradi. Shu tufayli turkiy she`riyat tarixida bu devonlar nodir va takrorlanmas badiiy hodisa bo’lib qoldi. Qayd qilinganidek, "Xazoyin ul-maoni"da Alisher Navoiy tomonidan yozilgan o’n olti janrdagi she`rlar bo’lsa-da, ularning asosini g’azal tashkil etadi. "Xazoyin ul-maoni"dagi g’azallar 2600 ta bo’lib, ular to’rt devonning har birida 650 tadan joylashtirilgan. Alisher Navoiy faqat g’azal emas, balki she`riyatning boshqa janrlarida ham ko’p va xub yozdi. Shuning uchun Xondamir "Makorim ul-axloq"da Alisher Navoiy ruboiylarini eng go’zal va jozibali; muammo va tarix janrlarida "ham ko’p go’zal ibora va yoqimli so’zlar ul hazratning (ya`ni Alisher Navoiyning) xotiriga kelgan",- deb uqtirgan edi. Zahiriddin Muhammad Bobur ham "Hech kim (Alisher Navoiydek) oncha ko’p va xub (she`r) aytqon ermas", - deyish bilan birga "yaxshi ruboiyoti ham bor", - deb qo’shib qo’ygan. Murakkab adabiy va ilmiy-irfoniy asarlarni sharhlash bizda qadimiy an’ana. Ibn Sino, Ibn Arabiy, Jaloliddin Rumiy, Xo’ja Hofiz, Mirzo Bedil asarlari turli davrlarda sharh etilgani ma’lum. Ba’zan alohida asarlar, ba’zan butun-butun devonlar yoxud alohida olingan asarlar (masalan, Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari) ma’no-mazmuni, ibora va istilohlari tushuntirilgan. Bu birinchidan, mashhur asarlar g’oyalari, ma’nosini soddaroq tarzda keng o’quvchilarga taqdim etishga ko’maklashsa, ikkinchidan, shu bahonada yangi-yangi asarlarning yaratilishi, o’lmas insoniy tuyg’ular, tafakkur va aqliy-ijodiy kashfiyotlarning rivoji, to’lishib borishiga sabab bo’lgan. Badiiy asar, jumladan, g’azalni sharhlashning o’z talablari bor. Avval aytish kerakki, sharh bu hamma vaqt asarning o’zini anglash uchun yordamchi vosita, u hech qachon shoir asarining o’rnini bosa olmaydi. Sharh, shu kabi, tom ma’nodagi adabiy tanqid yohud tadqiqot ham emas, garchi unda tadqiqotiy va interpretatsion xususiyatlar bo’lsa ham. Sharhning bosh maqsadi, ta’kidlaganimizday, asarning (jumladan g’azalning) qiyin iboralari, ko’p ma’noli murakkab o’rinlarini soddaroq qilib tushuntirishdir. Shunday bo’lgach, qadimgi sharhlarda ko’proq istilohlar, tasavvufiy-irfoniy iboralarning mag’zini chaqishga e’tibor qilingan. Shu kabi asardan-asarga, davrdan-davrga o’tib kelgan tushunchalarning ma’no o’zgarishlari, timsol va tamsillar izohlangan. Bunda dastlab so’zlarning lug’aviy ma’nosi, so’ngra tamsil (obraz) sifatidagi roli, keyin shu asosda shakllangan ma’no jilolari, original badiiy nafosati, ifodaviylik jozibasi haqida gapirilgan. Alisher Navoiy g’azallarini sharhlaganda shu usuldan foydalanish mumkin, ya’ni: 1) asar tilidagi hozirgi kitobxonga tushunilishi qiyin so’zlar lug’atini berish; 2) baytlarning nasriy bayonini taqdim etish va 3) g’azalning umumiy mazmun-ma’nosi, badiiy xususiyatlari ustida mulohaza yuritish. O’ylaymizki, bu ancha qulay usul bo’lib, amaliy ahamiyati ko’proq. G’azaldagi ma’nolarni tushunish bilan birga g’azalni o’z vazni-ohangi bilan o’qish, talaffuz etish ham juda muhim. Aslini olganda g’azalni tushunmay, undagi satrlarni to’g’ri o’qish amri mahol, shu kabi har bir g’azal o’z vazni bilan o’qilmasa, undagi ma’nolar yorqin va ta’sirchan chiqmaydi. Voqean, g’azal – bu musiqa, shu bois undagi so’z va iboralar ham nozik, nafis, dilrabo. Bitta so’zgina emas, bitta tovush yoki qo’shimcha noto’g’ri talaffuz etilsa, ohangiga tushmasa, butun asarning ohori to’qiladi, g’alizlik va dag’allik yuz beradi. G’azal, ayniqsa, Alisher Navoiy g’azallari g’oyat san’atkorona tikilgan harir matoga o’xshaydi, undagi ayni shu nafislik, kuy maromini ozgina buzsangiz, so’zni belgilangan bahr talabiga rioya qilmasdan talaffuz etsangiz, harir mato chok-chokidan sitilib ketadi. Esdan chiqarmaylikki, Navoiy g’azallarining aksari ramal (foilotun, foilotun…) va hajaz (mafoiylun, mafoiylun…) bahrlarida yozilgan. Muallif buni o’zining “Mezon ul-avzon” asarida alohida qayd etib, har bir bahrning imkoniyat va xususiyatlari, turkiy tilni aruzga tushirish yo’llarini belgilab bergan. Alisher Navoiy asarlarining vazn xususiyatlari haqida professorlar I.Sulton, A.Hojiahmedov, A.A’zamov, D.Salohiy, N.Jabborov, B.To’xliev, dotsent D.Yusupovalar yaxshi tadqiqotlar olib borib, talabalarga yordam beradigan foydali amaliy maslahatlarni bayon etganlar. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, aruz vaznida yozilgan asarlar, ayniqsa g’azallar mayin, ohista o’qilishini talab qiladi, asar so’zlaridagi har bir bo’g’inga urg’u berish, baland ovozda zo’r berib (ba’zan qichqirib) o’qish mumkin emas. Bu aruz vazni tabiatiga ziddir. G’azal-latif va nozik ma’noli janr bo’lganligi uchun uni nafaqat kuyga solib, qo’shiq qilib kuylaganda, balki qiroat qilib o’qiganda ham ana shu mayin, nafis ohang buzilmasligi lozim. Buning uchun esa aruz vazni, uning bahrlaridan yaxshi xabardor bo’lish talab qilinadi. Negaki, aynan, “foilotun”, “mafoiylun”, “mustaf’ilun”, “fao’lun” kabi shartli talaffuz o’lchovlari, ularning o’zaro aloqasi, qanday tovushlardan tuzilganini bilgan odamgina so’zlardagi tovushlarning qisqa va cho’ziqligini anglab etadi va tovushlar kombinatsiyasidan hosil bo’lgan bahrni ilg’ab oladi. Aruzda so’zlardagi tovush va bo’g’inlar ba’zan alohida, ba’zan esa bir-biri bilan qo’shilib talaffuz etiladi. Chunonchi, Navoiyning quyidagi mashhur baytini olaylik: Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling