O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi
Download 4.02 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil musammat
Musalsal g’azal - tarkibidagi lirik voqyea, manzara, fikr va kyechinma satrlar silsilasida darajama-daraja rivojlanish xususiyatiga ega bo’lgan g’azaldir. Mumtoz shye’riyatdagi tadrij usulining butun g’azal davomida faol qo’llanishi musalsal (silsilali) g’azalning xususiyatlaridandir. Navoiyning “Yordin ayru ko’ngul mulkyedurur sultoni yo’q”, “Jong’a chun dyerman: “Nye erdi o’lmakim kayfiyati?” misralari bilan boshlanuvchi asarlari musalsal g’azallardir.
Musamman - (arabcha - sakkizlik) har bandi sakkiz misradan iborat musammat shye’r shakli. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-d-a yoki a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-d-d-a-a va h. Musammat - arabcha “tasmit” so’zidan olingan bo’lib, ipga tizilgan marvarid dyegan ma’noni bildiradi. Musammat va uning shakliy elyemyentlari islomgacha bo’lgan shye’riyatda ham uchraydi. Uning janr sifatida shakllanishi, adabiy ijodda ko’proq qo’llanila boshlashi XI asrga to’g’ri kyeladi. Musammat haqida Rashidi Votvot, Qays Roziy, Vohid Tabriziy, Qabul Muhammad, Atoulloh Husayniy asarlarida ma’lumotlar bor. Mustaqil musammat - barcha misralar bir muallif qalamiga mansub musammat. Bunday musammat “tab’i xud” (o’z tab’i) dyeb yuritiladi. Bunday shye’rlar musammatning uchlikdan o’nlikkacha shakliy turi asosida yaratiladi. Mustazod - arabcha «zoid», “zodi” so’zlaridan yasalgan bo’lib, orttirilgan ma’nosini bildiradi. Bir misrasi g’azalning bir yarim misrasiga teng bo’lib, yagona vazngda yoziladigan she’riy janr. Uning to’liq misralari hazaji musammani sadru ibtido axrab, hashvayn makfuf, aruz va zarb mahzuf yoki maqsur vaznida, orttirilgan misralari esa hazaji murabbai sadru ibtido axrab, aruz va zarb mahzuf yoki maqsur vaznida yoziladi. Boshqacha qilib aytganda, misradagi sadr va ibtido, aruz va zarb orttiriladi. Mutakorir musammat - birinchi banddagi so’nggi misra yoki bayt har band oxirida naqorat bo’lib takrorlanib boradigan she’r shakli. Bu holat musammatning barcha xillarida uchraydi. Takrorlanadigan misra yoki misralar “mukarrar”, “takror”, “tarjye’”, “qoplama misra” (V.Rahmonov), hozirgi zamon adabiyotshunosligida “ryefryen” atamasi bilan yuritiladi. Mutassa’ - tasnye’ (to’qqizlik) har bandi to’qqiz misrali juda kam uchraydigan shye’r shakli. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-d-d-a yoki a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-d-d-d-a-a Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling