Mutaqorib - Aruz tizimidagi bahrlardan birining nomi. Mutaqorib bahri fa’uvlun ruknining takrorlanishidan hosil bo’ladi. Bu bahrning Mutaqoribi musammani mahzuf (maqsur) (Fa`uvlun fa`uvlun fa`uvlun fa`ul (fa`uvl)) shakli dostonchilikda qo’llanadi. Bu vazn Firdavsiyning "Shohnoma" asari tufayli mashhur bo'lib, keyinchalik, Nizomiyning "Iskandarnoma" dostonidan boshlab "Xamsa"lardagi beshinchi doston vazni maqomiga ega bo'ldi. Amir Xusravning "Oinai Iskandariy", Jomiyning "Xiradnomai Iskandariy", Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonlari ham shu vaznda yaratilgan. Mazkur vazn jangnoma dostonlarga xos deb qaraladi. Biroq didaktik ruhdagi qator asarlar ham shu vaznda yaratilan. Xususan, turkiy adabiyotdagi ilk dostonlar - "Qutadg’u bilig" (Yusuf Xos Hojib) va "Hibat ul-haqoyiq" (Ahmad Yugnakiy), Sa`diyning mashhur asari "Bo'ston" shular jumlasidan.
Muxammas - (arabcha - byeshlik) har bir bandi byesh misradan iborat bo’lib, musammatning eng ko’p tarqalgan turi. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, d-d-d-d-a va h. O’zbyek mumtoz adabiyotida muxammasning dastlabki namunalari XV asrning birinchi yarmi shoirlari ijodida uchraydi.
Nasib – qasidaning kirish qismi.
Nazira - arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi o’xshash, tyeng, misl dyemakdir. Adabiy istilohda esa, bir shoirning ikkinchi bir shoir asariga javob aytishi, avvalgi asar shakliga o’xshash asar yaratishidir. Biroq nazirada muallif o’z nazirasiga asos qilib olgan asarning g’oyaviy mazmuni orqasidan butunlay ergashuvi shart emas.
Noma – arabcha xat. Adabiy termin sifatida maktub tarzida yozilgan badiiy asar. Turkiydagi ilk noma Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari hisoblanadi (1353).
Orifona g’azallar - yetakchi mavzusi tasavvufiy-falsafiy g’azallardir. Orifona g’azallarning mazmuni vujud butunligi (Tangri) bo’lib, tasavvufning ma’naviy tayanchini tashkil etadi. Vahdati vujud (yoki vujud vahdati) butun g’azaliyotga tafsilot, suratlar, dyetallar baxsh etadi.
Otkunch – hikoya (DLT)
Do'stlaringiz bilan baham: |