O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni


Download 4.02 Mb.
bet21/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
- oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat semestrda bir marta o‘tkaziladi va shakli (yozma yoki test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmiga ko‘ra belgilanadi;
- yakuniy nazorat (YN) – semestr yakunida fan bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma-og‘zaki” sinov tarzida o‘tkaziladi. Shunda talabalarning ham og‘zaki, ham yozma nutqi sinovdan o‘tkaziladi.
- fan bo‘yicha saralash bali 60 balni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi;
- Fan bo‘yicha oraliq nazoratlardan qoniqarsiz (3) natija ko‘rsatgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
- YaB (yakuniy nazorat) natijasi talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali sifatida qayd etiladi.
- ON va YN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi.
- ON da saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi nazorat turigacha, so‘nggi oraliq nazorat uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
- Talaba semestr davomida ON turlari bo‘yicha qoniqarsiz (2) baholansa yoxud YaB turi bo‘yicha 60 balldan past natija ko‘rsatsa u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Talabalarning ON da to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari
Oraliq baholash uchun variantlar test savollari va yozma topshiriqlari shaklida tuzilib o‘quv yili boshida tasdiqlanadi. Bunda test savollarining har bir to‘g’ri javobi 0,5 baldan, yozma topshiriqlar nol (0) dan besh (5) gacha baholanadi.


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling