O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.11 Mb.
bet37/107
Sana10.09.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1675200
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Bog'liq
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr

-dek, -day. Bu affiks orqali yasalgan ravishlar harakat va holatning yasash asosida ifodalangan narsa yoki belgi-xususiyat bilan o„xshashligini, qiyoslashni bildiradi: tog‘-dek, ot-dek, lochin-day, qadimgi-day, ilgarigi-dek, avvalgi-dek, bugungi-day, gul-day kabi. Masalan: Bu erda hech o'zgarish yo‘q, hamma narsa avvalgiday. Ota-bobodan qolgan chordevor... somon suvoq qilingan eski tomda hayot yana avvalgidek. (S.Anorboyev).

  • -ona. Bu affiks turli so„zlarga qo„shilib, ish-harakatning belgisini yasash asosidan anglashilgan narsa, voqea-hodisaga taqqoslash, o„xshatish ma’nolarini bildiradi: mard-ona,

    qahramon-ona, olim-ona, kamtar-ona, shoir-ona, xolis-ona, mug‘ambir-ona, oqil-ona, g‘olib-ona kabi. Bu affiks, odatda, tojik tilidan qabul qilingan so„zlar tarkibida qo„llanadi. Masalan: [Elmurod] Zokirjon qassobning siyosat haqidagi mug'ambirona savollariga oq ko‘ngillik bilan javob berishga tirishganini eslab, qizarar edi. (P.Tursun).

    1. -iga (-siga). Bu affiks yordamida yasalgan ravishlar ish- harakatning bajarilishini biror jarayon, holatga o„xshatish yo„li bilan, uning qay tarzda bajarilishini anglatadi: ko‘ndalang-iga, baravar-iga, birdan-iga, qatora-siga, yoppa-siga, sidirg‘a-siga kabi. Bu affiks ham kelib chiqishi jihatidan egalik (i) va jo„nalish kelishigi (ga) affikslari bilan bog„langan. Masalan: Odamlar baravariga qarsak chalishar, Alimardonning raqibini

    olqishlashardi. (O‘.Hoshimov).
    Izoh: -an affiksi ham yuqoridagi affikslar kabi ish-
    harakatning belgi va holatini ifodalovchi so„zlar yasaydi. Lekin u arab tilidan o„zlashgan so„zlar tarkibida keladi va shu so„zlar tarkibidagina ajratiladi. Shuning uchun bu affiks hozirgi o„zbek tilida yasovchi hisoblanmaydi: ruh-an, majbur-an, qat‘iyan, vijdonan tasodifan kabi. Masalan: Xalqimizning eng muhim ma'naviy-axloqiy fazilati o‘z ish joyida vijdonan va fidokorona mehnat qilishdan iboratdir. Arabboy ko‘pchilik kulgisidan bir oz izza tortdi. Lekin u ba'zi birovlarday umum kulgisiga majburan taslim bo‘lib iljaymadi. (P.Tursun).
    Yuqorida ko„rsatilgan affikslardan tashqari, -lay (-layin), -in kabi affikslar ham turli so„zlarga qo„shilib, ish-harakatning belgi, xususiyatini bildiruvchi ravish yasashga xizmat qiladi: butun-lay, tirik-lay, xom-layin, yashir-in, old-in kabi. Masalan: Shu paytda oldin ketayotgan yo‘lovchi tashiydigan avtobus to‘xtadi. (SZunnunova). Sizni kutib turar oppoq paxtaning Bag‘rida yashirin qancha sirli rang. (A.Oripov).
    O„zbek tilida payt, belgi, miqdor, o„rin ma’nolarini bildiruvchi ayrim so„zlar jo„nalish, chiqish va o„rin-payt kelishigi affikslarini olgan holda ravishga aylanishi mumkin: zimdan, tubdan, qo‘qqisdan, birdan, zo‘rg‘a, jo‘rttaga kabi. Bu kabi yasalmalarda kelishik affiksi shakl yasash xususiyatini yo„qotadi va so„zning leksik ma’no anglatuvchi qismiga singib ketadi. So„zning shu kelishik shaklida qotib qolishi natijasida ravishlashish hodisasi yuz beradi. Masalan: Bu uning qalbida birdan uyg‘onib ketgan otalik tuyg‘usi edi. (PQodirov).
    Quyidagi hollarda ravishlashish hodisasi yuz berishi mumkin:

    1. sifat, son va ravishlar chiqish kelishigi shaklida ravishga aylanadi: yangidan, chindan, yolg‘ondan, birdan, qo‘qqisidan, to‘satdan kabi. Masalan: Saida yolg„ondan hayron bo‘lib qoldi. (AQahhor). Qo‘qqisidan berilgan bu savol oldida Qobilbek nima deyarini bilmay, tikilgancha qoldi. (M.Qoriyev);

    2. ayrim fe’l shakllari chiqish kelishigi shaklida ravishga aylanadi: shoshmasdan, qaytadan, oylamasdan, indamasdan, charchamasdan kabi. Masalan: U indamasdan o‘tib ketaverdi. Hamma gap pulda ekan, Oxun, — indamasdan o'tirgan toshkentlik bir mardikor so‘zga aralashdi... (Oybek). Bektemir chuvalgan paytavasini echib, qaytadan askarchasiga ixcham o‘radi. (Oybek).

    Kompozitsiya usuli bilan ravish yasalishi
    Kompozitsiya usuli bilan qo„shma ravishlar yasaladi. Tarkibidagi qismlarining qanday so„zlardan bo„lishiga qarab qo„shma ravish quyidagicha hosil qilinadi:

    1. Har belgilash olmoshi bilan o„rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so„zlarning birikuvidan hosil bo„ladi: har vaqt, har lahza, har gal, har mahal, har on, har zamonda, har yoqqa, har er, har yon, har tomon, har taraf, har dam, har damda, har tomonda, har onda, har choq, har safar, har qachon, har qaerda, har qancha, har lahzada kabi. Misollardan ko„rinadiki, bu so„zlar kelishik shaklida ham keladi. Masalan: Sayhonlikni o‘rmon har yoqdan o‘rab olgandi. (Oybek).

    2. Bir so„zi bilan o„rin, payt va miqdor bildiruvchi so„zlarning birikuvidan hosil bo„ladi: bu so„zlar kelishik shaklida ham kelishi mumkin: bir vaqt, bir mahal, bir yo‘la, bir zumda, bir kuni, bir kun, bir yili, bir dam, bir damda, bir pas, bir pasda, bir muncha, bir pasga, bir nafas, bir nafasga, bir nafasda, bir zum, bir on, bir onda, bir vaqtda, bir gal, bir zamon, bir zamonda, bir boshdan, bir tekis, bir tekisda, bir chekkada, biroz; birmuncha, bir talay, birato‘la, birvarakay kabi. Masalan: Abdujalil boynikidagi ziyofatni Mulla Obid bir muncha taajjub ichida o'tkazdi. (A. Qodiriy). Bir ozdan keyin u kiyinib olib, yo‘lga otlandi.

    (A.Obidjon). Zovur yoqalab biroz yurgach, dala shiyponi
    ro‘parasidan chiqdi. («Yoshlik»).

    1. Ayni bir otni, sonni oraga -ma, ba- elementini qo„shib takrorlash bilan, shuningdek ayni bir sifatni chiqish va bosh kelishikda takrorlash bilan, ayni bir ot va sifatni chiqish va jo„nalish kelishiklarida takrorlash bilan, o‘z olmoshi takrorini egalik va chiqish kelishigi affikslari bilan ham ishlatishdan ravish yasaladi: yuzma-yuz, so‘zma-so‘z, uchma-uch, dam-badam,

    yo‘lma-yo‘l qo‘lma-qo‘l, birma-bir, quruqdan-quruq, to‘g‘ridan- to‘g‘ri, bekordan-bekorga, kundan-kunga, o‘z-o‘zidan, zo‘r- bazo‘r, dam-badam, ochiqdan-ochiq, zo‘rma-zo‘raki, bekordan- bekorga, uzundan-uzoq kabi. Masalan: Darvozadan dam-badam mo‘ralab turgan qizlar tapir-tupur qilib, yugurib ketishdi. (S.Zunnunova). G‘ishtlarni birma-bir olishgan edi, oltin to‘la xumning og‘zi ko‘rindi. (S.Yunusov). Yuzlab kishilar qo‘lma-qo‘l chelak uzatib, maydon o‘rtasidagi hovuzdan olingan suv bilan kitob xonasiga tushgan o‘tni o‘chirishga urinar edilar. (M.Osim). Dam-badam chaqmoq yalt-yult qilar edi. (S.Norboyev).

    Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling