«Fe’l+fe’l» tuzilishli qo'shma fe'llar. Qo„shma fe’lning bu turi ikki fe’lning birikuvidan hosil bo„ladi. Birinchi qism odatda fe’lning -a, -y hamda -(i)b qo„shimchali ravishdosh shaklida bo„ladi. Qo„shma fe’l tarkibidagi qismlar o„zaro birikib, ularning ma’nosidan farq qilgan yangi ma’no anglatadi: olib bormoq, olib kelmoq, sotib olmoq, tashlab ketmoq. Masalan: Paxtafurush boylar kuzda kambag‘allarning paxtasini arzon-garovga sotib olib, saroyiga bosib qo‘yar edi. (M.Ismoiliy). Avaz suruvdan qolib ketgan ikkita qo‘zichoqni olib keldi. (P.Qodirov). G‘avvos Me 'morni o‘sha shinam xona sari boshlab bordi. Bunday qo„shma fe’l yaxlitligicha yangi leksik ma’no anglatishi bilan nutqda mustaqil va yordamchi fe’ldan tuzilib, ikkinchi qism tugallanganlik, takror, davom, boshlanish kabi turlicha ma’nolarni ifodalovchi analitik shakllardan farq qiladi: olib kelmoq - qo„shma fe’l, aytib yubormoq - analitik shakl kabi. Hozirgi o„zbek tilida ikki fe’ldan tashkil topgan qo„shma fe’llar u qadar ko„p emas: chaqirib kelmoq, tortib olmoq, qaytarib olmoq kabi. Ammo analitik shakllar nutqda juda ko„p ishlatiladi: ayta boshlamoq, aytib qo‘ymoq, ayta qolmoq, aytib yubormoq kabi.
RAVISH YASALISHI
Ravishlar ham affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan yasaladi. Affiksatsiya usuli bilan ravish yasalishida ot, sifat, olmosh kabi so„z turkumlari yasash asosi vazifasida keladi.
Affiksatsiya usuli bilan ravish yasalishi
Affiksatsiya usuli bilan ravishlar quyidagi affikslar yordamida yasaladi:
-cha. Bu affiks ot, sifat, olmosh, ravish va fe’llarga qo„shilib, ish-harakatning qaytarzda bajarilishini, yasash asosida ifodalangan narsa, belgi, holat va xususiyatga o„xshatilganlikni, qiyoslashni anglatgan ravishlar yasaydi: shoshgan-cha, bola-cha, yigit-cha, yashirin-cha, eski-cha, siz-cha, atrofli-cha, ilgarigi-cha, bulturgi-cha, qisqa-cha, o‘zim-cha, istagan-cha kabi. Hayotga chuqur, keng, atroflicha qarash undan keyin fikrlash va oylash kerak. (Oybek).
Bu affiks ba’zan egalik, kelishik affikslaridan keyin ham qo„shilib keladi: siz-cha — sizning-cha, o‘zim-cha, sen-cha — sening-cha kabi. Anchadan keyin Qalandarov xuddi o‘zicha gapirganday dedi... (A.Qahhor)..
Do'stlaringiz bilan baham: |