O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.11 Mb.
bet38/107
Sana10.09.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1675200
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
Bog'liq
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr

Tayanch tushunchalar
So'z yasalishi - 1) tilshunoslikning so'z hosil qilinishi (so'z hosil bo'lishi) va u bilan bog'liq masalalarni o'rganuvchi bo'limi;
2) tilda bor bo'lgan ma’lum usul asosida yangi so'z hosil qilinishi
Tarixiy (diaxron) yasalish (diaxroniya yun. dia - orqali Qchronos - vaqt) - tarixiy so'z yasalish hodisasi.
Hozirgi (sinxron) yasalish (sinxroniya yun. syn -birga Q chronos - vaqt, ya’ni bir vaqtlilik) - ayrim til hodisalarining, yaxlitligicha til tizimining ma’lum bir tarixiy rivojlanish bosqichidagi holatini lingvistik o'rganish predmeti sifatida shartli ajratib olish.
Asos ma’no - 1) biror ma’noning yuzaga kelishida asos bo'lib xizmat qiladigan ma’no; 2) yasama so'zning asosiga (so'z yasalish asosiga) oid ma’no.
Asoslovchi so'z - so'z yasalish asosi bo'lib kelgan so'z.
Asoslanuvchi so'z - yasovchi asosga ega bo'lgan, ma’nosi yasash asosi va yasovchi affiks ma’nolari orqali ifodalanib turadigan so'z.
Yasama so'z - so'z yasalish asosi va so'z yasovchining birikuvidan hosil bo'lgan birlik, so'z yasalishi birligi.
Yasalish - biror til (nutq) birligining ma’lum vositalar yordamida hosil qilinishi.
Yasalma - yasalish natijasida hosil qilingan birlik (so'z).
Yasama asos - ma’lum vositalar yordamida yasalgan va boshqa so'zning yasalishiga asos bo'ladigan asos.
Yasovchi asos - yasalmaning yuzaga kelishida qatnashuvchi mustaqil ma’noli qism; so'z yasovchi qo'shiladigan qism.
So'z yasalish modeli - yangi leksik ma’noli so'z hosil qilish sxemasi.
So'z yasalish tarkibi - yasama so'zning tarkibi.
So'z yasalish tahlili - yasama so'zning tarkibini, qanday usul bilan hosil bo'lganini aniqlash, o'rganish; shu nuqtai nazardan tahlil qilish.
So'z yasash usuli - so'zning qanday birlik yordamida yasalishi, yasalish yo'li.
So'z yasovchi affiks - yangi leksik ma’noli so'z hosil qiluvchi affiks.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling