Fonetik usul - so'z tarkibida fonetik o'zgarish yoki urug'uning o'rni o'zgarishi natijasida yangi leksik ma’noli so'z yasash.
Semantik usul - tarixiy rivojlanish jarayonida so'z ma’nosining o'zgarishi, ma’noning ko'chishi.
Affiksatsiya usuli - so'z yasovchi affikslar yordamida so'z yasash.
Kompozitsiya usuli - (lot. composition - tuzish) birdan ortiq yasovchi asosni ma’no va mazmun jihatdan biriktirib so'z yasash.
Sintaktik-leksik usul - aslida so'z birikmasi bo'lgan ikki so'zning o'zaro birikib, yangi ma’noli so'zga aylanishi.
Affiksoid (lo. affixus yun. eitos - tur) - affiks vazifasida qo'llanuvchi morfema.
So'z yasalish strukturasi - so'zning so'z yasalishiga asos bo'ladigan qismi (so'z yasalish asosi) bilan yasovchi qismdan iborat tuzilishi.
Leksema - (yun. lexis- ibora, nutq o'rami) - tilning lug'at tarkibiga xos birlik, til qurilishining lug'aviy ma’no anglatuvchi unsuri.
Savol va topshiriqlar
So'z yasalishi termini tilshunoslikda qanday ma’nolarni ifodalaydi?
So'z yasalish bo'limining o'rganish ob’ekti nimalardan iborat?
Sinxron va diaxron so'z yasalishining farqini tushuntirib bering.
O'zbek tilida so'z yasalishining qanday usullari bor?
Affiksoid nima?
Qo'shma so'z bilan so'z birikmasining farqi nimada? Badiiy asardan misollar toping.
So'zning yasalish strukturasini (tarkibini) qanday qismlar tashkil qiladi? So'zning morfem tarkibi, yasalish tarkibi, morfologik tarkibi bo'yicha tahlil.
Tub va yasama leksemalar haqida ma’lumot bering.
Ot yasovchi affikslarning qanday turlari bor? Badiiy asarlardan misollar toping.
Otlarning kompozitsiya usuli bilan yasalishiga badiiy asarlardan misollar toping.
Sifat yasalishi haqida ma’lumot bering va badiiy
asarlardan misollar toping.
Kompozitsiya usuli bilan sifat yasalishiga badiiy
adabiyotlardan misollar to'plang.
O'zbek tilida affikslarning asosga qo'shilish o'rni haqida nimalarni bilasiz? Mustaqil topilgan misollar orqali izohlang.
Fe’l yasalishi haqida ma’lumot bering. Badiiy asarlardan misollar to'plang.
Qo'shma fe’llar bilan analitik shakllar orasidagi o'xshash va farqli jihatlarni misollar bilan izohlab bering.
Ravish yasalishi haqida ma’lumot bering.
Kompozitsiya usuli bilan yasalgan ravishlarga badiiy asarlardan misollar toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |