O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.11 Mb.
|
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr
-parvar. Bu affiksoid yasash asosi anglatgan narsa,
harakat bilan bog„liq belgi, holat, xususiyat bildiruvchi sifat yasaydi: vatan-parvar, sulh-parvar, ma 'rffat-parvar, taraqqiy- parvar kabi. -kor, -gar. Yasash asosidan anglashilgan narsa, holat, xususiyatga egalikni, o„sha bilan band bo„lish ma’nolarini bildiruvchi sifat yasaydi: fido-kor, xalos-kor, isyon-kor, da vo-gar, javob-gar, ig‘vo-gar kabi. -mand. Yasash asosi ifodalagan narsa va holatga egalikni bildiradi: ayol-mand, orzu-mand, dard-mand, ixlos-mand. ildoq (il+doq). Bu kamunum affiks taqlidiy so„zlardan sifat yasaydi: liq-ildoq, qaq-ildoq, shaq-ildoq, bij-ildoq, shiq- ildoq. -vor. Kamunum affiks bo„lib, turli so„zlardan qiyoslash ma’nosidagi sifat yasaydi: afsona-vor, tantana-vor, mardona-vor, ulug‘-vor. -parast (tojikcha parastidan — «itoat qilmoq», «ta’zim qilmoq» fe’lidan). Yasash asosi anglatgan narsaga, holatga o„ta berilganlik, unga e’tiqod qilish ma’nosidagi sifat yasaydi: mansab-parast, shuhrat-parast, maishat-parast, mol-parast, amal-parast kabi. ba-. Yasash asosi orqali ifodalangan narsaga ortiq darajada egalikni bildiradi: ba-davlat, ba-g‘ayrat, ba-quvvat, ba- tafsil, ba-tartib, ba-haybat, ba-ma ’ni kabi. Bu affiks -li, -dor, ser- yasovchilari bilan sinonimiya munosabatida bo„lishi mumkin: badavlat = davlatli, bahaybat, = haybatli, basavlat = savlatli = sersavlat = savlatdor kabi. be-. Otlarga qo„shilib, yasash asosidan anglashilgan narsaga ega emaslikni yoki uning bir oz kamligini, yetishmasligini bildiruvchi sifat yasaydi: be-g‘ubor, be-qiyos, be-pul, be-vatan, be-maza, be-g‘alva, be-farzand, be-xabar, be-farosat kabi. Bu affiks orqali yasalgan sifatlar kishilarga xos belgi-xususiyatni (be- mehr, be-hayo, be-parvo, be-g‘am, be-obro‘, be-nomus) hamda umuman narsalarga xos belgi-xususiyatni bildiradi: be-xato, be- ruxsat, be-poyon, be-hisob, be-sabab, be-davo, be-takror, be-ta‘sir kabi. Bu affiks ba’zan -siz va qisman no- yasovchilari bilan sinonimlik munosabatda bo„ladi: be-pul=pul-siz, be- poyon=poyon-siz, be-takalluf=takalluf-siz, be-tob=no-tob, be- tayin=no-tayin kabi. Ammo be- affiksi hamma vaqt ham -siz, no- yasovchilari bilan almashavermaydi: bejirim, ammo jirimsiz, nojirim deyilmaydi; bemalol, bemahal, betaraf, beso‘naqay, behud kabilar ham malolsiz, (shevada) nomalol, mahalsiz, nomahal, tarafsiz, notaraf, so‘naqaysiz, nohud, hudsiz kabi tarzda ishlatilmaydi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling