O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.11 Mb.
bet29/107
Sana10.09.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1675200
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
Bog'liq
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr

-gi (-ki, -qi). Bu affiks yasash asosidan anglashilgan o„rin va paytga munosabatni, unga xoslanganlikni bildiradi: yoz-gi, kuz- gi, bugun-gi, keyin-gi, qadim-gi, tun-gi, ich-ki, tash-qi, kech-ki kabi. Ba’zan bu affiks fel o„zakka qo„shilib, yasash asosi vazifasida fe’l shakllari keladi, shunday xususiyatga egalik ma’nosini bildiruvchi sifat yasaladi: vaysa-qi, yig‘lo-qi, sayro-qi kabi.

  • -gin (-g‘in, -kin, -g„un, -qin, -qun). Bu affiks fe’l

    shakllariga qo„shilib, harakat va holat bilan bog„liq belgi- xususiyat ma’nolarini bildiradi: jo‘sh-qin, oz-g‘in, so‘l-g‘in, tur- g‘un, tut-qun, kes-kin, jo‘sh-qin, sot-qin, yor-qin, chir(i)-kin kabi.

    1. -gir (-g‘ir, -kir, -qir, -qur). Bu affiks yasash asosi

    anglatgan harakat va holat bilan bog„liq belgi-xususiyatning ortiqligini, shu xususiyatning ko„pligi, kuchli ekanligini bildiruvchi sifat yasaydi: sez-gir, ol-g‘ir, o‘t-kir, top-qir, kes-kir, chop-qir, uch-qur kabi.

    1. -choq (-chiq, -chak). Bu affiks fe’l asosiga daraja shaklidan keyin qo„shilib, belgi-xususiyat, holat ma’nolarini bildiruvchi sifat yasaydi: erin-choq, maqtan-choq, yalin-choq, tortin-choq, cho‘zin-choq, qizg‘an-chiq, kuyun-chakkabi.

    2. -k (-ik, -uk, -ak), -q (-iq, -uq, -oq). Mahsuldor affiks bo„lib, yasash asosi vazifasida ko„pincha fe’l shakllari keladi. Harakat va holat natijasida voqe bo„ladigan belgi, xususiyatni bildiruvchi sifat yasaydi: kes-ik, chiri-k, yugur-ik et-uk, sin-iq, yum-uq, tin-iq, yumalo-q, qol-oq, quvno-q kabi. Bu affiksning variantlari yasash asosining unli va undosh tovushlar bilan tugashiga qarab tanlanadi.

    3. -iy (-viy). Mavhum otlarga qo„shilib, shunday narsaga aloqadorlik, unga xoslanganlik ma’nolarini bildiruvchi sifat yasaydi: zamona-viy, ilm-iy, axloq-iy, iqtisod-iy, tarix-iy, oila-viy, mafkura-viy, omma-viy, markaz-iy kabi. Bu affiks ko„proq arab tilidan qabul qilingan so„zlar tarkibida qo„llanadi. Shunga ko„ra ba’zi arabcha sifatlar tarkibida affiks sifatida ajratilmaydi: oddiy, jiddiy, sun'iy, haqqoniy, ashaddiy, jinoiy kabi.

    4. -i. Yasash asosi anglatgan shaxs, narsa, o„rin, holat kabilarga xoslanganlik, aloqadorlik, tegishli ekanlikni bildiruvchi sifat yasaydi: chapan-i, zardo‘z-i, kashmir-i, xitoy-i, iroq-i kabi.

    5. -ma. Bu unumli affiks fe’l asosiga qushilib, shaxs va narsaning harakat - holat bilan bog„liq turli belgisini anglatuvchi sifat yasaydi: sayrat-ma, ko‘ch-ma, ag‘dar-ma, shildira-ma, qaynat-ma, yasa-ma, ula-ma; qo‘sh-ma, soch-ma, bura-ma, hovliq-ma, saylan-ma, dang‘illa-ma kabi.


    6. Download 1.11 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling