O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.11 Mb.
|
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr
no-. Turli so„zlarga qo„shilib, yasash asosi anglatgan narsa, belgiga ega emaslikni, unga zid ekanlikni bildiradi: no- qulay, no-o‘rin, no-rozi, no-ma‘lum, no-to‘g‘ri, no-umid, no-insof kabi. Bu affiks ham -siz yasovchisi bilan sinonimlik munosabatida bo„ladi: nohaq = haqsiz, noo‘rin = o‘rinsiz, noinsof = insofsiz, noumid = umidsiz. Tojik tilidan qabul qilingan ayrim so„zlar tarkibida bu affiks ajralmaydi: noyob, nodon, notob, nochor, noshud kabi.
ser-. Bu affiks yasash asosi anglatgan narsa, holat va xususiyatning ko„pligini, ortiqligini bildiradi: ser-chiqim, ser- zavq, ser-suv, ser-shox, ser-tashvish, ser-g‘alva, ser-hosil, ser-gap kabi. - don. Yasash asosidan anglashilgan narsani ortiq darajada «biluvchi», «suyuvchi» ma’nosidagi sifat yasaydi: gap-don, bilim- don, qadr-don kabi. bad-. Bu affiksoid shaxs va narsalarning yasash asosi anglatgan ma’no bilan bog„liq salbiy belgisini bildiruvchi sifat yasaydi: bad-jahl, bad-bashara, bad-qovoq, bad-nom, bad-boy, bad-hazm, bad-fe ’1, bad-nafs, bad-mast, bad-axloq kabi. -dor. Bu affiks ham otlarga qo„shilib, yasash asosidan anglashilgan narsaning me’yoridan ortiqligini bildiruvchi sifat yasaydi: pul-dor, go‘sht-dor, bo‘y-dor, salmoq-dor, elka-dor, dimog‘-dor kabi. Bu affiks o„rni bilan yasash asosi anglatgan narsa, belgi-xususiyat kabilarning mavjud ekanligi, borligi ma’nosini ham bildiradi: joziba-dor, qarz-dor, do‘kon-dor, bayroq-dor, kungura-dor. Bu yasovchi shunga o„xshash ma’no bildiruvchi -li affiksi bilan sinonimiya munosabatida bo„ladi: jarangdor = jarangli, unumdor = unumli, shirador = shirali, jozibador = jozibali kabi. Umuman, o„zbek tilida -li, -dor, ser-, ba- affikslari orqali yasalgan sifatlar ma’no jihatidan bir-biriga ancha yaqin turadi: go‘shtli = go‘shtdor = sergo‘sht, savlatli = savlatdor = sersavlat = basavlat, ma ’noli = ma ’nodor = serma ’no, unumli = unumdor = serunum kabi. Ammo bu affikslardan har birining o„ziga xos ma’no va uslubiy xususiyatlari ham bor. xush-. Yasash asosida ifodalangan narsa va holat bilan bog„liq bo„lgan belgini bildiruvchi sifat yasaydi: xush-xabar, xush-bichim, xush-vaqt, xush-suhbat, xush-surat, xush-xat, xush- bo‘y kabi. Xushyoqmas, xushchaqchaq kabilar ham asos anglatgan ma’no bilan bog„liq belgi bildiradi. -namo. Yasash asosi ifodalagan narsa, xususiyat va holat kabilar bilan qiyoslash, o„shaning xususiyatiga ega ekanlik ma’nolarini bildiruvchi sifat yasaydi: garang-namo, kasal-namo, mulla-namo, olim-namo kabi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling