O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.11 Mb.
|
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr
-li. Bu affiks serunum yasovchi bo„lib, turlicha ma’no anglatgan sifat yasaydi: hurmat-li, maza-li, aql-li, g‘ayrat-li, ma 'no-ii, ma ’lumiot-ii kabi.
Bu affiks orqali yasalgan sifatlar quyidagi ma’nolarni anglatadi: a) yasash asosi otdan anglashilgan narsaga egalikni, o„sha narsaning borligi, mavjudligini bildiradi: uy-ii, miitiq-ii, do‘ppi-ii, paxta-ii, boia-ii, meva-ii, qopqoq-ii, dasta-ii kabi; b) yasash asosidan anglashilgan narsaning odatdagidan ko„ra ko„pligi, mo„lligi, ortiqligi ma’nolarini bildiradi: gavda-ii, aqi-ii, kuch-ii, suv-ii kabi; mavhum otlarga qo„shilganda ham shunday ma’no anglatgan sifatlar yasaladi: hurmat-ii, muruvvat-ii, mushohada-ii, intizom-ii, ishonch-ii, shiddat-ii, unum-ii, biiim-ii kabi; v) yasash asosi fe’lning sifatdosh shaklidan bo„lib, narsaning undan anglashilgan harakat-belgi, holat-xususiyatga ega ekanligini bildiradi: qiziqar-ii, qoniqar-ii, tushunar-ii, etar-ii, achinar-ii, ko‘rinar-ii kabi. Bu tipdagi yasalmalarda -li affiksi sifatdosh yasovchi -(a)r affiksi bilan birikib, bir murakkab affiksga aylanib bormoqda: ajabianar-ii, seziiar-ii, maqtar-ii, aytar-ii, biiinar-ii, zerikar-ii kabi; g) yasash asosi fe’lning harakat nomi shaklidan bo„lib, buyum-narsaning biror ish uchun yaroqli ekanligini, o„sha harakat uchun moslanganligini bildiradi: chopish-ii, minish-ii, yeyish-ii, ichish-ii kabi. -li affiksi egalik, mavjudlik, ortiqlik ma’nolarini anglatgan ayrim yasalmalarda ser-, -dor, ba- kabi affikslar bilan sinonimiya munosabatida bo„ladi: g‘ayratii-serg‘ay-rat, suvii-sersuv, unumii- serunum-unumdor, daviatii-badaviat, serhosii-hosiidor, saviatii- sersaviat, jarangii-jarangdor kabi. -siz. Bu affiks ham juda unumli bo„lib, yasash asosi bilan bog„liq ravishda belgi, xususiyat, holat kabi xilma-xil ma’nolarni bildiruvchi sifat yasaydi. Bular quyidagicha: a) yasash asosidan anglashilgan narsaga ega emaslikni, uning yo„qligi, mavjud emasligini bildiradi: suv-siz, ish-siz, xato-siz, pui-siz kabi; b) yasash asosi anglatgan narsa, holat kabilarning kamligi, etarli emasligini bildiradi: tuz-siz, kuch-siz, harakat-siz, yog‘-siz, tajriba-siz, aqi-siz kabi; v) yasash asosidan anglashilgan buyum- narsa belgisi, holat, xususiyat kabilarning ko„pligi, ortiqligi, shu xususiyat uning doimiy belgisiga aylanganligi ma’nolarini bildiradi: chek-siz (dengiz), poyon-siz; (cho‘l) had-hisob-siz; g) shaxs, narsaning salbiy xususiyatini, salbiy holatini bildiradi: ong- siz, andisha-siz, axloq-siz, shafqat-siz, hayo-siz kabi. Bu yasovchi ba’zan be-, no- affikslari bilan sinonimlik munosabatida bo„ladi: poyon-siz = be-poyon, tartib-siz = be-tartib, o‘rin-siz = no-o‘rin, umid-siz — no-umid, bahosiz-bebaho, o‘rinsiz-noo‘rin kabi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling