O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.11 Mb.
|
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- -lashtirish (-la+sh+tir+ish ).
- Fe’l asosidan yasalgan otlar.
- -gich (-g‘ich, -kich, -qich) .
- -m (-im, -um).
-garchilik (-gar+chi+lik). Bu murakkab affiks turli otlarga qo„shilib, yasash asosi anglatgan narsa bilan bog„liq holat, belgi, xususiyat bildiruvchi otlar yasaydi: odam-garchilik, yog‘in- garchilik, loy-garchilik, oshna-og+iyni-garchilik, serob-garchilik kabi. Bu o„rinda ham -gar affiksi bor yasama asosdan -chilik affksi orqali yasalgan so„zlarni murakkab -garchilik affiksi vositasida hosil qilingan yasalmalardan farqlash lozim. Chog‘ishtiring: savdogar-chilik va nam-garchilik kabi. Bu so„zlar yasash asosining (savdogar va nam), shuningdek yasash vositasining (-chilik va -garchilik) boshqa-boshqa bo„lishi bilan o„zaro farq qiladi.
-lashtirish (-la+sh+tir+ish). Bu murakkab affiks avtomat- izatsiya, gazifikatsiya kabi baynalmilal so„zlar tarkibida «- izatsiya», «-ifikatsiya» kabi qismlarni kalkalash asosida kelib chiqqan: avtomat-lashtirish, radio-lashtirish, elektr-lashtirish, kompyuter-lashtirish kabi. Fe’l asosidan yasalgan otlar. Affiksatsiya usuli bilan ot yasalishida yasash asosi fe’l bilan ifodalangan yasalmalar ham katta to„dani tashkil qiladi. Bunday otlar yasash asosi ifodalagan ish-harakat va holat tushunchalari bilan bog„liq ravishda harakat quroli, natijasi, harakat belgisining tashuvchisi, holat, xususiyat kabi xilma-xil ma’nolarni anglatadi. Fe’l asosidan ot yasalishida quyidagi affikslar qo„llanadi: -gich (-g‘ich, -kich, -qich). Yasash asosidan anglashilgan ish-harakatning qurolini, shu harakatni bajarishga mo„ljallangan asbobni bildiruvchi ot yasaydi. Odatda, unli va jarangli undosh bilan tugagan asoslarga -gich, -g‘ich affiksi, jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga -kich, -qich shakli qo„shiladi: o‘tkaz- gich, ko‘tar-gich, o‘lcha-gich, qashla-g‘ich, elpi-g‘ich, chiz-g‘ich, ko‘rsat-kich, qis-qich, bos-qich, och-qich, erit-kich kabi. -ma. Bu affiks juda mahsuldor bo„lib, yasash asosi anglatgan harakat va holat bilan bog„liq narsani bildiruvchi ot yasaydi: bo‘l-ma, uyush-ma, o‘s-ma, eslat-ma, to‘qi-ma, ko‘rsat- ma, suz-ma, bos-ma kabi. Bu affiks polisemantik bo„lib, eng muhim ma’nolari quyidagilar: aniq narsa oti yasaydi: tug-ma, qo‘lyoz-ma, qo‘llan-ma, o‘s-ma, qotish-ma, gazla-ma, quril-ma, sur-ma kabi; o„rin-joy oti yasaydi: bostir-ma, tort-ma, bo‘l-ma, pistir- ma; v) harakat va holat atamasini bildiruvchi ot yasaydi: yozish- ma, uyush-ma, eslat-ma, ayir-ma, birik-ma; g) ovqat nomlarini yasaydi: qovur-ma, qatla-ma, dimla-ma, cho‘z-ma, qiy-ma, suz-ma kabi; d) mavhum tushunchalarni bildiruvchi ot yasaydi: terla-ma, bo‘g‘-ma, oq-ma, qichi-ma, ustqur-ma, yukla-ma kabi. -m (-im, -um). Bu affiks yasash asosi anglatgan harakat natijasida paydo bo„ladigan narsa otini yasaydi: to‘pla-m, kiy-im, bog‘la-m, bo‘l-im kabi. Bu affiks orqali muayyan narsani bildiruvchi ot ham (kiy-im, to‘pla-m, to‘g‘ra-m), mavhum tushunchalarni bildiruvchi ot ham yasaladi: bil-im, oq-im, ter-im, kes-im, un-um, tuz-um, chida-m, kechir-im kabi. —gi (-g„i, -ki, -qi, g‘u)• Bu affiks yasash asosi anglatgan harakat quroli, holat va narsa oti yasaydi. Odatda, jarangli va sonor undosh bilan tugagan asoslarga -gi, -g„i affiksi, jarangsiz undosh bilan tugagan asoslarga -ki, -qi affiksi qo„shiladi: uzan-gi, supur-gi, chal-g‘i, chol-g‘u, tep-ki, turt-ki, tutat-qi, chop-qi kabi. Bu affiks ham aniq (supur-gi, chop-qi, yoqil-g‘i) va mavhum ma’noli ot yasaydi: sev-gi, sez-gi, tuy-g‘u, ur-g‘u, uy-qi kabi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling