Mavhum tushunchalarni anglatuvchi otlar. Bunday otlar ham katta to„dani tashkil qiladi. Bu to„daga kirgan otlarning ma’nosi va qo„llanish doirasi xilma-xildir. Mavhum otlar ko„pincha kitobiy va ilmiy uslublarda kengroq ishlatiladi. Mavhum otlar asosan o„zbek tilining o„z yasovchi affikslari orqali hosil qilinadi. Boshqa tillardan qabul qilingan affikslar vositasida mavhum otlar deyarli yasalmaydi.
Hozirgi o„zbek tilida quyidagi affikslar mavhum ot yasashga xizmat qiladi:
-lik. Bu affiks turlicha ma’no anglatadigan otlardan
mavhum otlar yasaydi. Bunday yasalmalarda yasash asosi vazifasida har xil turkum so„zlari keladi:
shaxs bildiruvchi otlarga qo„shilib, yasash asosi ma’nosi bilan bog„liq ravishda holat, xususiyat, belgi ma’nolarini anglatgan ot yasaydi: bola-lik, yigit-lik, talaba-lik, o‘spirin-lik, yosh-lik kabi. Kuyov-lik, aka-lik, ona-lik, kelin-lik kabi yasalmalar ham shu xildagi holat, xususiyat bildiruvchi otlarga kiradi;
yasash asosida ifodalangan soha bo„yicha kasb-hunar, mutaxassislik ma’nolarini bildiruvchi ot yasaydi: kosib-lik, tilshunos-lik, chorvachi-lik, temirchi-lik, o‘qituvchi-lik, zargar-lik kabi;
biror ijtimoiy-siyosiy, ilmiy harakat va yo„nalishlarga munosabat anglatuvchi holat oti yasaydi: tinch-lik, tashkilotchi-lik, byurokrat-lik, og ‘mach--lik, so‘l-lik kabi;
ba’zan biror vazifa, maqsad va faoliyat uchun mo„ljallangan, shunga xoslangan narsa oti yasaydi: dars-lik, urug‘-lik, kiyim-lik kabi.
-chilik (-chi+-lik). Bu murakkab affiks yasash asosi anglatgan narsa bo„yicha kasb-hunar sohasi, holat, xususiyat ma’nolarini bildiruvchi ot yasaydi: dehqon-chilik, meva-chilik, o‘rtoq-chilik, quda-chilik, qassob-chilik kabi. Bu affiks ham polisemantik xususiyatga ega bo„lib, xilma-xil ma’noli mavhum otlar yasaydi.
Shuni esalatish kerakki, -chi affiksi bor yasama asosga -lik affiksini qo„shish bilan hosil bo„lgan temirchi-lik, xizmatchi-lik, lug‘atchi-lik kabi yasalmalarni murakkab -chilik affiksi orqali yasalgan uzum-chilik, bog‘dor-chilik, yigit-chilik, sholi-chilik, poliz-chilik singari otlardan farq qilish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |