O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.11 Mb.
bet19/107
Sana10.09.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1675200
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107
Bog'liq
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr

    Bu sahifa navigatsiya:
  • -dosh
-dosh. Yasash asosidan anglashilgan narsa, soha bo„yicha birgalik, yaqinlik, barobar aloqadorlik ma’nosidagi shaxs oti yasaydi: vatan-dosh, qurol-dosh, teng-dosh, fikr-dosh, maktab- dosh, suhbat-dosh, yo‘l-dosh kabi. Bu qo„shimacha orqali yasalgan otlar o„rin, makon jihatidan (sinf-dosh, maktab-dosh), payt jihatidan (zamon-dosh, teng-dosh, asr-dosh), va belgi, holat, xususiyat jihatidan (suhbat-dosh, sir-dosh, ohang-dosh, fikr-dosh) shaxslarining birgaligi, teng aloqadorligi ma’nolarini anglatadi.

-dosh affiksi ma’no jihatidan tojik tilidan qabul qilingan ham- affiksi bilan sinonimik munosabatda bo„ladi: fikr-dosh=ham-fikr, suhbat-dosh = ham-suhbat kabi. Ammo bu affikslarni hamma vaqt parallel holda- biri o„rniga ikkinchisini ishlataverish mumkin emas. Jumladan, musobaqa-dosh, yo‘l-dosh deyiladi, ammo ham- musobaqa, ham-yo‘l deyilmaydi. Yoki ham-shahar, ham-dard deyiladi, lekin shahar-dosh, dard-dosh deyilmaydi.
Bu affiks orqali ayrim ilmiy atamalar ham yasaladi: sifat- dosh, ravish-dosh, un-dosh kabi.

  1. -gar (-kar) .Bu affiks yasash asosida ifodalangan narsa bo„yicha shaxsning kasb-hunarini bildiradigan ot yasaydi: zar-gar, savdo-gar, mis-kar, sovun-gar, kimyo-gar kabi.

  2. -kor. Yasash asosi anglatgan narsani etishtiruvchini, shu narsa bilan shug„ullanuvchini ifodalaydigan ot yasaydi: g‘alla-kor, paxta-kor, san’at-kor, sabzavot-kor, sholi-kor kabi. Mavhum tushunchalarni bildirgan otlarga qo„shilganda, shaxsning belgi, holat, xususiyat kabilarga munosabatini ifodalovchi ot yasaydi: xizmat-kor, madad-kor, tashabbus-kor, ijod-kor, gunoh-kor kabi.

  3. -bon. Yasash asosidan anglashilgan narsaga ega yoki shu narsaning saqlovchisi, qo„riqlovchisi bo„lgan shaxsni bildiruvchi ot yasaydi: bog‘-bon, darvoza-bon, saroy-bon, tarozi-bon kabi.

  4. -dor (tojikcha doshtan - «ushlamoq», «ega bo„lmoq» fe’lidan). Bu affiks shaxsning yasash asosidan anglashilgan narsaga ega yoki aloqadorligini bildiruvchi ot yasaydi: muhr-dor, chorva-dor, mulk-dor, hukm-dor, ayb-dor kabi.


  5. Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling