O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
Download 0.51 Mb.
|
Zumrad dissertatsiya 1
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Inson o‘z ongu tafakkuri, dunyoning betakror manzaralarini his qila olishi, sevishga, sevilishga ega qalbi bilan ham boshqa tirik jonzotlardan farq qiladi. Shu vaqtga qadar yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz insonlar ko‘nglini poklashga, g‘uborlardan tozalashga harakat qilganlar. Inson ko‘ngliga, ruhiyatiga bu qadar katta e’tibor qaratilishining sababi, pok ko‘ngil va toza ruh mujassam bo‘lgan kishidagina ezgulikka, yaxshilikka, samimiyatga mayl bo‘ladi. Toza ruh va pokiza ko‘ngil esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Ularni qaror toptirish va shakllantirish uchun har bir odam tozarish yo‘lini o‘tashi, o‘zgalarning ko‘nglidagi holatlarni ilg‘aydigan darajaga ko‘tarilishi lozim bo‘ladi. Ayni shu jarayonda badiiy adabiyot zimmasiga ulkan vazifa yuklatilgani anglashiladi. Faqat badiiy asargina odamga o‘z kishilarini tushinish, anglash, tuyish imkonini beradi. Chunki faqat badiiy asarlarda o‘zga kishilarning ko‘ngil manzaralari, ruhiyat chizgilari ta’sirli tarzda aks ettiriladi.
Mamlakatimizda ijtimoiy ahvol, huquqiy tenglik, insonni ulug‘lash va ezgulik qaror topgan, yuksak ma’naviyatga, madaniyatga ega, ziyoli, ma’rifatli, jamiyat qurilayotgan tarixiy davrda yurtboshimizning adabiyotimiz rivoji uchun chiqarayotgan qaror va farmonlari yangi, yangilanayotgan O‘zbekistonimizning, uchinchi renessans asoschilari bo‘lgan yosh avlodning ham zimmasiga ulkan mas’uliyat hissini yuklaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mustaqillik davri adabiyoti rivojlanishining asosiy xususiyati sifatida inson ruhiyatining falsafiy-psixologik tahlili orqali shaxsni kamolga yetkazish, komillik alomatlarini ulug‘lash nazarda tutiladi. Bugungi davr adabiyoti falsafiy mushohadakor, publisistik da’vat, psixologik tahlil, lirik e’tirof, kuchli pafos, inkor va iqror kabi usullar she’riyatimizdagi poetik ifoda xilma-xilliklarini namoyon etadi. Bugunning adabiyotshunosi, ijodkori zimmasiga yanada faol, o‘z ishining mazmun-mohiyatini yanada teran anglagan holda yondashmog‘i hamda xalq orasida adabiyotga bo‘lgan qiziqishning, hurmatning ortishi haqida Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev: “Bugun biz yashayotgan internet va yuksak texnologiyalar asrida adabiyot va san’at, madaniyatimizning o‘rni va ta’sirini nafaqat saqlab qolishimiz, balki qanday qilib uni kuchaytirish mumkin, degan to‘g‘ri va oqilona savollar barchamizni, birinchi navbatda, xalqimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lgan ijod ahlini o‘ylantirishi zarur…”, degan chaqirig‘i hammani, ayniqsa, ta’kidlanganidek, adabiyot ahlini yanada sergaklikka chorlaydi. Adabiyot har bir davrning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy muammolarini ko‘tarib chiqishi va ularga javob izlashiga ko‘ra tarbiyaviy ahamiyatga ega. Uning ijtimoiy-ma’rifiy xususiyati, ayniqsa, xalqning milliy ruhini ifodalab berishda ko‘rinadi. XX asr o‘zbek she’riyatini Cho‘lpon, Hamza, G‘.G‘ulom, Oybek, H.Olimjon, M.Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya, U.Nosir, E. Vohidov, A.Oripov, O.Matjon, R.Parfi, Sh. Rahmon singari zabardast vakillar bezab turadi. Bularning har biri bittadan olam, har birining o‘ziga xos uslubi, ovozi bor. Chinakam iste’dod egalari, o‘z so‘zi, o‘z yuragi bilan xalq dilining mohir tarjimonlari bo‘lgan bir qator ayol shoiralarimiz Uvaysiy, Nodirabegim, Saida Zunnunova, Zulfiyaxonim, Halima Xudoyberdiyeva singari nomlarini ko‘plab keltirishimiz mumkin bo‘lgan otash qalb shoiralarimiz borki, ularni faxr va iftixor bilan esga olmasdan bo‘lmaydi. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelayotgan bugungi avlod vakilalari bo‘lgan, zamonaviy o‘zbek shoiralari Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Guljamol Asqarovalarni ham aynan shunday ayol shoiralar safiga qo‘shsak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Shoiralar ijodida ishq-muhabbat mavzusi turlicha talqin qilinadi. Ularning misralarida ko‘ngillarini bezovta etib kelayotgan olov kabi yoniq muhabbatning harorati, dengiz kabi jo‘shin muhabbatning to‘fonlari, vujudiga sig‘magan ishqning bepoyon osmonlari ishq-muhabbat hissiyotining alohida o‘rin tutishini ilg‘ash qiyin emas. Musavvir ranglar tilida, bastakor nota, shoir esa so‘z vositasida ijod qiladi. Yani bo‘yoqlar vositasida su’rat solayotgan musavvirning o‘z asarlaridagi kabi lirik his-tuyg‘ularni bo‘yoqlarga qorishtirib ifoda qiladilar. Ayni damda odamlarga tabiatni huddi o‘zlari ko‘rganday tasvirlashga intiladi. O‘z his-tuyg‘ularini bo‘yoqlarga qorishtirib, ranglarni so‘z vositasida huddi musavvir chizganiday tasvirlab betakror obrazlar bilan boyitib kitobxonlarga havola qiladilar. Shoiralarning ijodi bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularning matonat, qat’iyat, sadoqat, adolat-hammasi bir bo‘lib jamlangan bu tuyg‘ularni o‘z nomi bor. Lekin bu nomni topib joyiga qo‘yish juda qiyin. Tinimsiz o‘ylash, tinimsiz xayol olamiga g‘arq bo‘lishning natijasi yanglig‘ topiladi u nom. Shoiralarning ijodidagi betakror mavzular “Ishq” maqomiga ko‘tarildi. Ishq yurakdan chiqib, she’rga ko‘chadi. Ijodkorlar poetik tafakkurining yangilanishi, an’analarga yondashuvining, lirik qahramon tabiatining, badiiy obrazlar ko‘lamining, janrlar takomili va poetik shakllarning yangilanishiga asos bo‘ladi. Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Guljamol Asqarovalar ijodi ham keng qamrovli, teran mohiyatning, ishq va muhabbatning, hayotning rang-barang ko‘rinishlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xususan, ishq mavzusi, olam, odam va Alloh munosabatlarini o‘zida uyg‘unlashtiradi. Agar ishq va muhabbat tushunchalarini faqat insonning insonga munosabati tarzida anglasak, shoiralarning fikr, g‘oyalaridan yiroqlashib, ularning tafakkuri, dunyoqarashi va hayotiy xulosalarini to‘g‘ri ilg‘ay olmaymiz. Shulardan kelib chiqib, shoiralar ijodini o‘rganishda asarlari zamiridagi ko‘p qatlamli ma’nolar qamrovi, g‘oyaviy rang-baranglik, badiiy mahorat, timsollar ko‘lami va mohiyati, janrlarning betakror takomili, uslub qo‘llanilishidagi o‘ziga xosliklari kabi qator masalalarga e’tibor qaratishini taqozo etadi. Dissertatsiya ishining vazifasi sifatida mazkur muammolarni har tomonlama o‘rganishning qo‘yilishi, uning yangiligini va dolzarbligini belgilaydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling