O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi


Ushbu maqsadga erishish uchun o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni qo‘ydik


Download 0.51 Mb.
bet4/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1642633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Zumrad dissertatsiya 1

Ushbu maqsadga erishish uchun o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni qo‘ydik:

- istiqlol davri ijod erkinligining yaratilishi, she’riyatning ko‘ngil, ruhiyat lirikasi tomon yuzlanayotganligi;


- yangi o‘zbek adabiyotida Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Guljamol Asqarova ijodining o‘rni va ahamiyatini aniqlash, ayol shoiralar ijodining yangilanish an’analarini tahlil etish.
- zamonaviy she’riyatdagi ifoda, shakl va mazmun yangicha talqin topganligi;
- shoiralarning ijodiy shakllanishini yoritish;
- shoiralar ijodida o‘zlariga xos bo‘lgan badiiy “men” ning o‘rnini aniqlash;
- shoiralar ijodida gul va ranglarning turli xil ko‘rinishlarini ko‘rsatib berish;
- shoiralar ijodida namoyon bo‘lgan poetik an’analardagi o‘ziga xos yangilanish bosqichlarini ifodalashdan iborat.
Dissertatsiyasining obyekti va predmeti. Ishning obektini Halima Ahmedovaning “Ko‘zimning tili” (1986), “Tungi marvaridgullar” (1987), “Erk darichasi” (1996), “Tiyramoh” (2005), “Afsun” (2007), “Umid soyasi” (2008), “Nigoh qiblasi” (2011), “Shafaq ibodati” (2011), “Yosuman gulning soyasi” (2013), “Tashbeh” (2016), “Yashil” (2016), Zebo Mirzoning “Nur kukunlari” (2004), “Ishq” (2011), “Tun malikasi” (1990), “Ajr” (1997) Guljamol Asqarovaning “Oshiqlar tumori” (2012), “Ro‘shnolik” (2000), “Turnalar yo‘li” (2011), “Erkalik imtiyozi” (2012), “Baxt dastxati” (2004), “Bedor qo‘ng‘iroq” (2003), “Gulnoma” (2008), “Dil fasli” (1998) kabi to‘plamlari tashkil etadi.
Tadqiqotimizning predmetini esa, zamonaviy o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillari, ayol shoiralar ijodida ishq mavzusining aks etishi, oshiq va ma’shuq obrazi, mifalogik obrazlar va ertaklar, gul va ranglar tasvirining turli xil ko‘rinishlari, poetik san’atlarning aks etishi va boshqa o‘ziga xos jihatlarini tashkil etadi.
Dissertatsiyasining metodik asosi va tadqiq usullari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev maqola va nutqlarida ma’naviyatimizni yuksaltirish, milliy mafkura adabiyot masalalarini targ‘ib etishga oid dasturiy xarakterdagi fikr-qarashlari hamda hozirgi adabiyotshunoslik fani erishgan yutuqlardan metodologik asos sifatida foydalanildi. Asli metodologiya muayyan bir, hatto “eng muhim metod” ga ham bog‘liq bo‘lmaydi. “Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga bog‘lanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak”, degan fikr ishimizda yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.
Yani ushbu dissertatsiyamizda tadqiqotni amalga oshirish uchun bir necha metodlardan, xususan, qiyosiy, biografik, psixolgik-tahliliy metodlardan foydalanildi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling