«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Sema-leksik ma'no (semema)ni tashkil toptiruvchi komponent va ma'no qirralari.  Atash semalari


Download 445.56 Kb.
bet11/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Sema-leksik ma'no (semema)ni tashkil toptiruvchi komponent va ma'no
qirralari. 


Atash semalari- leksemaning leksik ma'nosidagi ideografik semalar (atash,
nomlash ma'nosini shakllantiruvchi semalar). 


Ifoda semalari- semema tarkibidagi uslubiy ma'no qirralari.

Vazifa semalari- atash, ifodalash bilan birga leksemalarning nutqda o'zaro
birika olishini (valentligini) belgilaydigan semalar. 


Terminlar – fan, texnika, adabiyot, san'at va boshqa sohalarga oid
ixtisoslashgan tushuncha nomlari. 


Ixtisoslanish, chegaralanish- terminlarning ma'nosi va qo'llanishidagi o'ziga
xoslik, ma'lum soha tushunchasini nomlash bilan cheklanish. 


Determinlashish- termilarning ommalashib, umumnutq birligiga aylanishi.


LEKSEMANING UZUAL VA OKKAZIONAL MA'NOLARI 
Uzual ma'no 
Uzual ma'no leksemaning mazmun mundarijasida bor bo'lgan leksik ma'nodir. 
U til egasi bo'lgan xalq tomonidan tan olingan, demak, ko'pchilikka tushunarli
bo'lgan ma'no. Masalan, tozalamoq leksemasining mazmun mundarijasida 
quyidagi leksik (uzual) ma'nolar bor: 1) «kir, chang, ifloslik va shu kabilardan xoli
qilmoq» (tish tozalamoq, idishlarni tozalamoq, uyni tozalab supurmoq kabi): 


Yo'lchi ularga beda tashladi. Keyin kurak va supurgi olib otxonani tozalay 

boshladi. («Qutlug' qon»dan); 2) «aralashmalardan, keraksiz, ortiqcha narsa va
qismlardan xoli qilmoq» (spirtni tozalamoq, dalani g'o'zapoyalardan tozalamoq 
kabi): Anvar gullarni sug'orish, o'tlarni yulib tozalash vazifasini o'zi bajardi 

Mehrobdan chayon»dan). 


Okkazional ma'no 

Okkazional ma'no leksemaning tildagi ma'nosiga xos bo'lmagan, ayrim
shaxsning (muallifning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga 
yangicha «tus» berishi natijasida yuzaga keltirilgan sun'iy ma'nodir. U individual
xarakterda bo'ladi va faqat kontekstda anglashiladi. «Ichak uzar hangomalar»dan 
keltirilgan quyidagi dialogga e'tibor beraylik:



Qattiq kayf qilgan er xotinidan iltimos qilyapti:


-Kostumimni tozalab qo'y. 
-Tozaladim.
- Shimimni tozalab qo'y. 
-Tozaladim.
-Tuflimni tozalab qo'y. 
-Iye, tuflining ham cho'ntagi bormi ?
Yuqoridagi matnda tozalamoq so'zining «ship-shiydam qilmoq» ma'nosi 
kulguga sabab bo'layotganligini anglash qiyin emas. Aslida bu ma'no tozalamoq 
leksemasining mazmun mundarijasida yo'q, u asar muallifining uslubiy maqsadda 
kashf etgan leksik qo'llashidir. Bunday leksik qo'llanishni (okkazional ma'noni) gul 
leksemasi misolida ham uchratib turamiz: gul leksemasining to'g'ri («o'simlik 
guli») va ko'chma («yigitlarning guli», «qizlarning guli») ma'nolari borligi ma'lum,
ular shu leksemaning uzual ma'nolari (leksik ma'nolari) sanaladi, chunki gul 
so'zining bu ma'nolari shu leksemaning semantik tarkibidan barqaror o'rin olgan:
Shoh qiz, shakar qiz, qizlarning guli, 
Qoshlaringni ko'rsatgil, men uning quli.
(«Doxunda»dan). 
Biroq gul leksemasining fa arboblariga nisbatan metaforik qo'llanishi odat
bo'lmagan, atoqli yozuvchi Oybekning quyidagi misralarida esa bu so'z ayni shu 
ma'noda ishlatilgan, demak, uning mazmun mundarijasiga okkazional ma'no tusi
berilgan: Fan, san'atning gullari butun, To'plangandi suhbati uchun. 



Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling