«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
Terminlar
Terminlar fan, texnika, adabiyot, san'at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo'llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada), to'rtburchak, kvadrat (geometriyada), ega, kesim (tilshunoslikda), qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi. Terminlarning ifoda plani so'zga (hujayra, to'qima) yoki turg'un birikmaga (o'q ildiz, popuk ildiz) teng bo'ladi. Har ikki ko'rinishda ham termin leksema deb hisoblanadi, bunda uning nominativ birlik ekanligi e'tiborga olinadi. 1 Terminlarning mazmun planida muayyan soha tushunchalari ifodalangan bo'ladi: Masalan, boshoq terminining mazmun planida «poya uchida o'sadigan to'pgul yoki to'pmevaning bir xili» tushunchasi ifodalangan. Shaklan so'zga teng termin aslida leksemaning o'zidir, chunki u ko'pincha til sistemasida mavjud bo'lgan yoki shu tilning so'z yasalish modellari asosida shakllangan leksemaning terminlashishi natijasida yuzaga kelgan, natijada terminning ifoda plani ham, mazmun plani ham leksema bazasiga tayanadi. Qiyos qiling: tish (leksema: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»)- tish (termin: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»). Bunda leksemaning mazmun plani (leksik ma'nosi) terminning mazmun planiga (tushunchaga) tengdir. Demak, terminlarda ko'pincha leksik ma'no biln tushuncha o'zaro teng bo'ladi. Ba'zi sohalarda leksema o'zining ko'chma ma'nosida terminlashib qolishi ham mumkin, ammo bu hodisa juda kam uchraydi. Qiyos qiling: gul –botanikada: «o'simlikning urchish (ko'payish) organi»; gul –amaliy san'atda: «biror narsaga chizib, tikib, bosib yoki o'yib tushirilgan naqsh, bezak». Bu misollarda gul leksemasi o'zining bosh ma'nosida botanikada, ko'chmma'nosida esa amaliy san'atda terminlashgan. Ammo bir sohaning o'zida leksemaning ikkita tushuncha nomi sifatida terminlashishi (ko'p ma'noli termin bo'lishi) terminologiyaning izchilligiga xilof bo'ladi. Masalan, urug' leksemasi uzoq yillar davomida ikki tushunchaning nomi bo'lib keldi: 1) «o'simlikning urug'i» (ruscha: sеmya); 2) «turdan katta, oiladan kichik taksonomik kategoriya» (ruscha: rоd). Bunday polisemiya keyigi yillarda taksonomik kategoriya ma'nosidagi urug' terminining turkum termini bilan almashtirilishiga sabab bo'lgan. Ba'zan termin ommalashib, umumtil birligiga aylanib qoladi. Xususan, radio, televizor, telefon so'zlari ham ma'lum soha terminlari sifatida yuzaga kelgan, ammo hozirgi paytda bu terminlar ommalashib, barchaning nutqida 1 Кодухов. В. И. Введение в языкознание.-М.: “Просвещение”. 1979. С. 184 qo'llanadigan, barchaga tushunarli bo'lgan so'zlarga aylangan. Bu hodisa tilshunoslikda determinlashish deyiladi. Tekshirish savollari va topshiriqlar 1. Sema va semema haqida ma'lumot bering. 2. Semalar ma'no xususiyatiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi ? 3. Atash (denotativ) semalari nima ? Ifoda va mazmun semalari-chi ? 4. Ideografik semalarning integral va differensial semalarga bo'linishini tushuntiring. 5. Termin, uning ifoda va mazmun planlari haqida ma'lumot bering. 6.
tushuntiring. Tayanch tushunchalar Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling