«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
Vazifa semalari
Vazifa semalari ham semema tarkibiga kiradi, ammo ular atash, iodalash bilan birga leksemalarning nutqda o’zaro birika olishini (valentligini, distributsiyani), shu orqali gapda ma’lum vazifa bajarishini belgilayda. Masalan, choy leksemasining leksik ma’nosi (sememasi) tarkibida «qayta ishlangan», «quruq», «qurutilgan» «suyuqlik», «ichimlik», «choy o'simligi» semalari bor. Bu semalar choy leksemasining o'stirmoq, ichmoq, qaynatmoq, damlamoq fe'llari bilan birika olishini ta'minlaydi: choy o'stirmoq, choy damlamoq, choy ichmoq, choy qaynatmoq kabi. Biroq, choy leksemasi nutqda yemoq fe;li bilan birika olmaydi, bunga choy va yemoq so'zlarining leksik ma'nolaridagi semalar tarkibi yo'l qo'ymaydi. Bir mazmuniy guruhga mansub leksemalarning sememalari qiyoslanganda, ularning semantik tarkiblarida integral (birlashtiruvchi) va differensial (farqlovchi) semalar borligi ham ma'lum bo'ladi. Bunday semalar leksemalrni o'zaro birlashtirish va farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, o'zbek tilidagi amaki, amma, tog'a, xola, jiyan leksemalarining barchasida «qarindosh», «yaqin qarindosh» semalari bor, shu semalar ularni bitta mazmuniy guruhga birlashtiradi, shunga ko'ra integral (birlashtiruvchi) semalar sanaladi; ayni paytda keltirilgan leksemalarning ma'no tarkibida farqlanish belgilari- differensial semalar ham mavjud: amaki sememasida «otaning akasi yoki ukasi» semasi tog'a sememasida yo'q, tog'a sememasidagi «onaning akasi yoki ukasi» semasi esa amaki sememasida uchramaydi, demak, bu ikki sema yuqoridagi ikki so'zning ma'nolarini farqlashga imkon beradi; amaki va amma, tog'a va xola sememalari ham «qarindosh», «yaqin qarindosh» semalari bilan birlashadi, ammo «erkak» va «ayol» semalari bilan o'zaro farqlanadi; jiyan leksemasida esa «yoshi kichik», «akaning yoki ukaning farzandi» semalari farqlash vazifasini bajaradi. Leksik ma'noni (sememani) tarkibiy qismlarga- semalarga parchalab o'rganish semasiologiyada komponent tahlil usuli deyiladi. Bu usul leksmalarning paradigmalarini, mazmuniy, tematik va hokazo guruhlarini aniqlashda qo'l keladi. Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling