«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Leksik ma’no taraqqiyoti natialari


Download 445.56 Kb.
bet17/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Leksik ma’no taraqqiyoti natialari ikki xil bo’ladi: 1) so’zning semantik
tarkibidagi ma’nolar miqdori ko’payadi, demak, miqdor o’zgarishi yuz beradi, bu 
hol polisemiyaga (ko’p ma’nolilikka) va omonimiyaga olib keladi. Xususan,
metafora, vazifadoshlik (funksiyadoshlik) va sinekdoxa yo’llari bilan ma’no 
ko’chirilishida ko’proq polisemiya yuzaga keladi, chunki bir leksemaning semantik
tarkibida leksik ma’nolar miqdori ko’payadi: ko’z (ko’rish a’zosi) -ko’z (uzukning 
ko’zi) - ko’z (taxtaning ko’zi)-metafora; tish (odamning tishi) - tish (arraning
tishi) - metafora va funksiyadoshlik; gilos (mevaning bir turi)-gilos (gilos daraxti) 
– sinekdoxa. Metonimiya yo’li bilan ma’no ko’chishida natija ikki xil bo’ladi: a)
polisemiya yuzaga keladi (bunda ma’nolar o’rtasidagi bog’lanish saqlanadi); til
(nutq a’zosi)- til (aloqa-aralashuv quroli); b) omonimiya paydo bo’ladi.
Bunda ma’nolardagi bog’lanish kuchsizlanadi, uzoqlashadi va hatto unutiladi, 
natijada shakli bir xil bo’lgan ikki so’z yuzaga keladi. Masalan, issiq (sifat)
leksemasi asosida issiq (ot) leksemasi yuzaga kelgan. Bunda “belgi” kategorial 
semasi “predmet” kategorial semasiga almashgan; sifatdagi semalar tarkibida
“norma (o’lchov)”, “ortiq” semalari tashlangan; “harorat” semasi yana ham 


abstraktlashish tomon taraqqiy qilgan, ana shu abstrakt sema ot leksemasining


semantik mundarijasini tashkil etib qolgan. Demak, sifatdagi semalar tarkibiga 
“harorat” predmet semasi aktuallashib, qolgan semalar so’ngan, shu bilan ot
leksema (semema) yuzaga kelgan. Bu hol issiq (sifat) va issiq (ot) omonimlarining 
yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Bunday omonimlashishni bir so’z turkumidagi
kun (quyosh) va kun (sutkaning ertalabdan kechqurungacha bo’lgan qismi)
so’zlarida ham ko’ramiz; 2) so’zning semantik tarkibida ma’no hajmi o’zgaradi. 
Bunda ma’nolar miqdori ortmaydi, bitta ma’noning hajm ko’lami kengayadi yoki
torayadi, xolos 


Tekshirish savollari va topshiriqlar 
1.

Leksik monosemiya hodisasini qanday tushunasiz ? Leksik polisemiyani-


chi ?

2.
Monosemiya hodisasi qanday lug’aviy birliklarga xos ? 


3.
Polisemiyaning yuzaga kelishi qanday sodir bo’ladi ? 


4.
Ko’p ma’nolilikka olib keluvchi lisoniy (lingvistik) va nolisoniy 


(ekstralingvistik) omillar haqida ma’lumot bering.


5.

Ma’no taraqqiyotining qanday yo’llari bor ?


6.

Metafora yo’li bilan ma’noning ko’chishi.


7.

Vazifadagi o’xshashlik asosida ma’noning ko’chirilishi.


8.

Metanimiya yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi.


9.

Sinekdoxa yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi.


10.Leksik ma’no miqdorining ortishi 
11.Leksik ma’no hajmining o’zgarishi: ma’noning kengayishi va torayishi.
12.Leksik ma’no miqdorining o’zgarishida polisemiya va omonimiyaning 
yuzaga kelishi.


Tayanch tushunchalar 



Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling