So’zning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar dastlab ikkita katta guruhga –
hozirgi leksik ma’nolarga va avvalgi leksik ma’nolarga ajratiladi.
Hozirgi leksik ma’no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga,
avvalgi leksik
ma’nolar esa til taraqqiyotining o’tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun
hozirgi leksik ma’no tavsifiy semasiologiyada, avvalgi leksik ma’nolar esa tarixiy
(diaxron) semasiologiyada o’rganiladi.
Hozirgi leksik ma’nolar
Hozirgi leksik ma’nolar o’z
navbatida bosh ma’no va hosila ma’no kabi
tiplarga bo’linadi, ular kontekst talabiga ko’ra
to’g’ri ma’no va ko’chma ma’no,
nominativ (nomlovchi) ma’no va majoziy, erkin ma’no va bog’
li ma’no (yoki
bog’langan ma’no) nomlari bilan ham ataladi. Tildagi
leksik polisemiya ana shu
bosh va hosila ma’nolar tizimiga asoslanadi. Masalan, “O’zbek tilining izohli
lug’ati”da
bosh leksemasining 15 ta leksik ma’nosi
va yana bir necha ideomatik
ma’nolari (frazemalar tarkibidagi qo’llanishi) izohlangan: 1. Tananing bo’yindan
yuqori (odamda) yoki oldingi (hayvonlarda) qismi... 2.
Ko’chma s. t. Aql-xush,
miya. 3. Boshliq, rahbar.
Yaxshi yigit – davraning boshi... 4. Sft. Boshchilik,
rahbarlik qiluvchi, eng katta yoki yuqori.
Bosh vrach... 5.
Sft. Eng muhim, asosiy.
Bosh masala... 6.
Sft. Eng oldingi, birinchi.
Bosh kelin... 7. Ko’chma. Odam, kishi.
Bir boshga bir o’lim... 8. (Sanoq sonlar bilan) chorva hisobida har bir adad
jonivor.
O’n bosh ot. Ikki bosh qo’y... 9.Tik
narsalarning tepa qismi, uchi,
cho’qqisi.
Shamol bo’lmasa daraxtning boshi qimirlamaydi... va b.lar
Do'stlaringiz bilan baham: