«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


bosh ma’no, 2-ma’no esa nisbiy bosh ma’no


Download 445.56 Kb.
bet20/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

bosh ma’no, 2-ma’no esa nisbiy bosh ma’no sanaladi.


Avvalgi leksik ma’nolar 
Avvalgi leksik ma’nolar ham dastlab ikki turga bo’linadi: 1) eski leksik
ma’no; 2) etimologik leksik ma’no. Bulardan birinchisi tarixiy semasiologiyada, 
ikkinchisi esa tilshunoslikning etimologiya bo’limida o’rganiladi.

Eski leksik ma’no leksemaning o’tmishda qo’llangan, hozir esa
arxiaklashgan ma’nosidir. Masalan, yog’och leksemasining “daraxt” ma’nosi eski 
leksik ma’no (semantik arxaizm, arxaizm-ma’no) sanaladi. Bu so’z “daraxt”
ma’nosida eski turkiy til va eski o’zbek tilida qo’llangan: (yig’och); yig’och, archa 


yig’ochi

1

. Hozir esa shu ma’noda deyarli ishlatilmaydi (tarixiy mavzularda
yozilgan badiiy, ilmiy asarlar tili bundan mustasno, albatta). 


Etimologik leksik ma’no- leksemaning kelib chiqishida uning mazmun
planiga asos bo’lgan dastlabki ma’no. U ma’no etimoni deb ataladi. (“Etimon” 
bahsiga qarang).

ETIMON 

Etimon haqida ma’lumot 

Etimon- (yun.: etymon – “haqiqat”) – muayyan leksemaning kelib chiqishiga
asos bo’lgan so’z (tub yoki yasama) yoxud so’z birikmasi: qatun>xatun>xotin 
(etimon- qatun); bu kun> bukun> bugun (etimon- “bu kun” so’z birikmasi);

qыshlag'> qыshlaq> qishloq (etimon-qыshlag') kabi. Demak, a) hozirgi o'zbek
tilidagi xotin leksemasining shakl etimoni qatun, ma'no etimoni esa «yuqori 
martabali kishining umr yo'ldoshi» bo'lgan. Hozir bu so'zning ma'nosi kengaygan;
u «biror erkak kishining umr yo'ldoshi»ni va umuman «ayol»ni ham anglatadi,
2
b)

bugun so'zining shakl etimoni «bu kun» so'z birikmasidir, ammo ma'no etimoni esa
«so'z borayotgan paytda kechirilgan yoki kechirilayotgan kun» haqidagi axborot
d) qishloq leksemasining shakl etimoni «qыshlag’»dir, u quyidagi morfemalardan
tarkib topgan: qыsh (fasl) + la (fe'l yasovchi) +g' (ot yasovchi). Keyinchalik etimon 
tarkibida fonetik o'zgarishlar yuz bergan: qыshlag'> qыshlaq>(«g'» undoshi «q»ga
o'tgan)>qishloq («a» unlisi «o»ga o'tgan, «ы» unlisi qattiqlik belgisini yo’qotgan),
3

bu so'zning ma'no etimoni esa «aholi yozda dalalarga ketib, qishda qaytib kelib 


yashaydigan joy» ma'nosidir. Hozir bu ma'no kuchsizlanib, sezilmas holga kelgan,
so'nib qolgan. 
Ba'zan bir necha til so'zlarinig etimoni bitta bo'ladi. Buni qadimgi hind
tilidagi sakkxara so'zi taqdirida ko'rish mumkin: u shakar (o'zbekcha, forscha), 
1
Bobur Zahriddin Muhammad. Asarlar. Uch jildlik. 2-jild. Boburnoma.-T.: “Badiiy adabiyot”, 1965, 207-b.

2
Qarang: Rahmatullayev Sh. O’zbek tilining qisqa etimologik lug’ati. 4-qism. –T.: “Universitet”, 1999, 8-b. 


3
Rahmatullayev Sh. Ko’rsatilgan lug’at. 105-196-b. 




sheker (turkcha), suker (nemischa), sukor (ukraincha), sukkar (arabcha), saxar 
(ruscha), sakxaron (yunoncha), syukr (fransuzcha), sugar (inglizcha) leksemalari 
uchun «poydevor» bo'lgan; bu so'z (etimon) qadimgi hind tilida «shag'al», «yirik
qum» ma'nolarini anglatgan, keyinchalik, u metafora yo'li bilan ma'no ko'chirilishi 
asosida «shirin ta'mli qumsimon modda», «qumsimon shirinlik» ma'nosiga ega
bo'lgan. Demak, sakkxara so'zining «yirik qum» ma'nosi yuqorida keltirilgan 
barcha so'zlar uchun ma'no etimonidir.
Etimon vazifasini bajargan barcha so'zning shakli va ma'nosi turli omillar 
ta'sirida ko'pincha o'zgarib ketadi, bu hol uning asl «nusxa»si va «ma'no»sini
xiralashtirib qo'yadi, ularni aniqlash va tiklash ishlarini qiyinlashtiradi. Hozirgi 



Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling